Pyotr Shevsov
Pyotr Shevsov | |
---|---|
Tavalludi |
25-iyul 1912-yil Buxoro, Buxoro amirligi |
Vafoti |
17-yanvar 1944-yil (31 yoshda) Dubrovka, Rudnyanskiy tumani, Smolensk viloyati, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Xizmatdagi yillari | 1930—1944 |
Unvoni | SSSR havo kuchlari darajasi polkovnik |
Pyotr Fedorovich Shevsov (25-iyul, 1912-yil, Buxoro, Buxoro amirligi — 17-yanvar, 1944-yil) — sovet harbiy uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1937), polkovnik.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shevsov Buxoro shahrida temiryo‘lchilar oilasida tug‘ilgan. 1920-yildan Turkiston ASSR Sirdaryo viloyati Chimkent tumani Tyulkubas stansiyasida yashagan. Shu yerda 4-sinfni tamomlagan. 1928-yilda Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuziga oʻtgan. 1929-yilda Orenburgga koʻchdi. Lokomotiv taʼmirlash zavodida qozonchi[1] boʻlib ishladi.
1930-yilda Qizil Armiya safiga kirdi. 1932-yil fevral oyida Orenburgdagi 3-harbiy uchuvchilar maktabiga oʻqishga yuborildi. 1933-yilda tamomladi[1]. Bryanskda joylashgan 107-alohida qiruvchi aviatsiya eskadronida xizmat qilish uchun yuborildi.
1936-yil noyabrdan 1937-yil avgustigacha internatsionalist koʻngillilar safida Ispaniya fuqarolar urushida qatnashgan. I-16 eskadroniga qoʻmondonlik qilgan. Uchuvchilik uslubi ortidan unga Kamarado Pedro taxallusi berildi.
1937-yil 16-mart holatiga koʻra, havo janglarida 1 ta dushmanni oʻzi, 1 tasini esa guruh boʻlib oʻldirgan. Ispaniya osmonidagi gʻalabalarning umumiy soni turli manbalarda turlicha koʻrsatilgan: 4 ta (shaxsan 3 ta va guruh bilan 1 ta) yoki 5 ta (shaxsiy 2 ta va guruh bilan 3 ta)[2].
Avgust oyi boshida Shevsovning xorijdagi xizmat safari yakunlandi va vataniga chaqirildi. Ispaniyada koʻrsatgan jasorati uchun 1937-yil 22-oktyabrda unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
1938-yilda 1-maxsus maqsadli armiya qoʻshma polkining qoʻmondoni boʻldi, keyin oʻsha yilning avgust oyida Belorussiya maxsus harbiy okrugining 66-havo brigadasi komandiri etib tayinlandi. 1938-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi boʻlgan[1]. 1939-yilda Shevsov Bosh shtab Harbiy akademiyada Qoʻmondonlik tarkibini takomillashtirish kursini tamomlagan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Shimoliy-Gʻarbiy va Gʻarbiy frontlarning Harbiy havo kuchlarida jang qilgan. 1942-yil 19-yanvarda 510-qiruvchi aviatsiya polkining eskadron komandiri lavozimini egalladi. 1942-yil 20-iyuldan 1942-yil 4-dekabrgacha 627-qiruvchi aviatsiya polkining uchuvchisi, keyin esa navigator boʻlgan. 1943-yil 6-iyulda 272-qiruvchi aviatsiya polkining eskadronlaridan birini, 26-dekabrdan esa polkning oʻzini boshqargan[1].
1939-yil 23-noyabrda Qizil Armiya Harbiy-havo kuchlarining inspektori-uchuvchisi lavozimiga oʻtkazildi[1].
1939—1940-yillarda Sovet-fin urushida qatnashgan[1].
1943-yil 17-oktyabr holatiga koʻra, Shevsov jami 168 marta parvoz qilgan, 23 ta havo jangida qatnashgan, 7 ta dushman samolyotini shaxsan yoʻq qilgan[3][4].
1944-yil 17-yanvarda Dubrovka aerodromida La-5 samolyoti halokatida vafot etdi va Smolensk viloyatining Rudnyanskiy tumaniga qarashli Dubrovka qishlogʻida dafn qilindi. Keyinchalik Rudnya shahridagi ommaviy qabrga dafn qilindi.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rudnya shahridagi koʻchaga, Tyulkubas shahar tipidagi posyolkadagi maktab va koʻchaga uning nomi berilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oltin Yulduz“ medali № 58 (22.10.1937[5]);
- Lenin ordeni (22.10.1937[5]);
- Qizil Bayroqning uchta ordeni (01.02.1937[6]; 07.04.1937[7]; 10.02.1943[8]);
- 1-darajali Vatan urushi ordeni (21.09.1943[3]).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.
- Orenburjsi — Geroi Sovetskogo Soyuza: bibliograficheskiy ukazatel / Bibliogr. otd.; sost. N. A. Kuznesova. — 1. — Orenburg: Oblastnaya nauchnaya biblioteka imeni N. K. Krupskoy, 1987. — S. 135. — 155 s.
- Zolotie zvyozdi Orenburjya: biograficheskiy spravochnik / V. P. Rossovskiy; red. Ye. A. Urbanovich; res. U. A. Batirov, N. M. Rumyansev. — izd. 2-e, pererab. i dop. — Orenburg: IPK „Yujniy Ural“, 2005. — S. 96—97. — 595 s. — ISBN 5-94461-009-3.
- Geroi Sovetskogo Soyuza — kazaxstansi / pod red. N. Zvereva. — Alma-Ata: Kazaxstan, 1968. — T. 2. — S. 399—400. — 25 600 ekz.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Сведения в учётно-послужной картотеке“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, учётно-послужная картотека; расположение документа: шкаф 681, ящик 70). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- ↑ „Pyotr Shevsov“ (ru). Герои страны.
- ↑ 3,0 3,1 „Наградной лист представления к ордену Отечественной войны“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, фонд: 33, опись: 686044, дело: 385, лист: 69). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- ↑ „Подвиг народа“. podvignaroda.ru. 2010-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ 5,0 5,1 „Сведения о наградных документах представления к званию Герой Советского Союза“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, картотека награждений; расположение документа: шкаф 97, ящик 20). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- ↑ „Сведения о наградных документах представления к ордену Красного Знамени“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, картотека награждений; расположение документа: шкаф 97, ящик 20). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- ↑ „Сведения о наградных документах представления к ордену Красного Знамени“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, картотека награждений; расположение документа: шкаф 97, ящик 20). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- ↑ „Наградной лист представления к ордену Красного Знамени“. в электронном банке документов «Память народа» (архивные материалы: ЦАМО, фонд: 33, опись: 686044, дело: 811, лист: 8). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Шевцов Пётр Фёдорович“ (ru). airaces.narod.ru. 2020-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- Харин В.В. „Шевцов Пётр Фёдорович“ (ru). allaces.ru. 2020-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- „Герой Советского Союза Пётр Фёдорович Шевцов“ (ru). tulkubas2007.narod.ru. 2019-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.