Qahramon Olimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qahramon Tanzilovich Olimov
Tavalludi 1967-yil
Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Qahramon Tanzilovich Olimov (1967-yil, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qahramon Olimov 1967-yilda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida tugʻilgan[1][2]. 1991—2005-yillarda Buxoro muhandislik texnologiya instituti assistenti, dotsent, kafedra mudiri, 2005—2013-yillarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektor, 2013—2018-yillarda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, 2018—2020-yillarda Maktabgacha taʼlim vazirligi pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i[3], 2020—2021-yillarda Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan[2][4]. 2021-yildan Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali ijrochi direktori[1][5].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qahramon Olimov 220 dan ortiq ilmiy va metodik ishlar, jumladan, 3 ta monografiya, 17 ta darslik muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:OʻTOE