Kontent qismiga oʻtish

Qatʼiyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qatʼiyat

Teatral chiqarilish posteri
Rejissyor(lar) Damien Chazelle
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Damien Chazelle
Qaysi asarga
asoslangan
Whiplash (2013-yilgi film)
Rollarda
Operator(lar) Sharone Meir
Studiya(lar)
Distribyutor Sony Pictures Classics
Chiqarilgan sanasi Andoza:Film sana
Davomiyligi 106 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $3.3 million
Daromadi $49 million

Qatʼiyat (inglizcha: Whiplash) – 2014-yilda suratga olingan Amerika psixologik drama janridagi film boʻlib, ssenariysi yozuvchi va rejissyor Damien Chazelle tomonidan yozilgan. Filmda bosh rollarni Miles Teller, J. K. Simmons, Paul Reiser va Melissa Benoistlar ijro etishgan. Filmning voqealari Nyu-York shahridagi oʻylab topilgan Shaffer konservatoriyasida tahsil olayotgan yosh, jaz barabanchisi boʻlishni orzu qilgan, intiluvchan talaba haqida. Teller jaz barabanini chaluvchi xonanda boʻlishni orzu qiladi, ammo oʻzining tajovuzkor va talabchan oʻqituvchisi Simmons tomonidan juda murakkab sinov qilinadi.

„Whiplash“ filmini „Bold Films“, „Blumhouse Productions“, va „Right of Way Films“ ishlab chiqargan. Tarqatish huquqlari „Sony Pictures“ kompaniyasiga tegishli boʻlib, filmni Shimoliy Amerika, Germaniya va Avstraliyada „Sony Pictures Classics“ orqali, boshqa xalqaro hududlarda esa „Stage 6 Films“ orqali chiqarishga tayyorlagan[2][3].

Chazelle 2013-yilda ssenariyni yozishni yakunlagan, unda maktabda qatnashgan jaz ansamblidagi tajribalaridan ilhomlangan. Koʻp oʻtmay, „Right of Way va Blumhouse“ Chazellega ssenariyning oʻn besh sahifasini oʻn sakkiz daqiqalik qisqa metrajli filmga aylantirish taklifini berdi, bu film ham Whiplash deb nomlangan. Qisqa metrajli film 2013-yilgi „Sundance“ film festivalida namoyish etilgach, katta eʼtibor va maqtovlarga sazovor boʻldi, bu esa ssenariyning toʻliq versiyasini suratga olish uchun investorlarni jalb qildi. Suratga olish jarayoni 2013-yil sentabr oyida Los-Anjelesda yigirma kun davomida olib borildi. Film rejissyorlari fidoyilik va muvaffaqiyat tushunchalarini chuqur oʻrganishadi hamda ulkan maqsadlar konsepsiyasini tahlil qilib chiqishadi.

Whiplash filmi 2014-yilning 16-yanvarida 2014-yilgi „Sundance“ film festivali tanlov doirasida premyera qilingan va festivalning ochilish filmi sifatida namoyish etilgan; film dramaturgiya boʻyicha tomoshabinlar mukofoti va Katta hakam mukofotini qoʻlga kiritgan[4]. Film 2014-yilning 10-oktyabrida AQSh va Kanadada cheklangan doirada ommaga taqdim etildi. Film ssenariy, rejissyorlik, montaj, ovoz aralashuvi va aktyorlik ijrolari boʻyicha yuqori baho oldi. U $3,3 million budjetda $49 million daromad keltirdi, bu Chazellening eng koʻp daromad olgan filmi edi, to La La Land chiqarilgunga qadar. Film koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi. Jumladan, Oscarda E ng yaxshi montaj va Eng yaxshi ovoz aralashuvi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlag kiritdi. Shuningdek, Eng yaxshi film va Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy boʻyicha nomzod boʻldi. Simmonsning ijrosi unga Oskar, BAFTA, „Critics' Choice Movie Award for Best Supporting Actor“, Oltin globus, va Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor mukofotlarini olib keldi. Film hozirda XXI asrning va barcha davrlarning eng yaxshi filmlaridan biri deb baholanmoqda[5][6][7][8][9].

Jaz barabanchisi Andrew Neyman Nyu-York shahridagi nufuzli Shaffer konservatoriyasida tahsil oladi va bolaligida oʻzining ilhom manbai boʻlgan Baddi Rich kabi meros qoldirishni orzu qiladi. Shaffer konservatoriyasining studiya orkestri dirijyori Terens Fletcher uni bosh barabanchi Karl Tannerning oʻrinbosari sifatida orkestrga qabul qiladi. Fletcher Andrewga bosim oʻtkazib, uning yuksak maqsadlarga yetishishiga undaydi. Neyman oʻzining ilk ansambl mashgʻulotida Xank Levining „Whiplash“ asarini chalishda tempni saqlay olmagach, Fletcher unga stul uloqtiradi, yuziga tarsaki tushiradi va uni haqorat qiladi.

Fletcherga taʼsir oʻtkazish niyatida, Andrew kun-u tun qattiq shugʻullana boshlaydi, hatto qoʻllari qadoq boʻlib, qonab ketguncha. Ularning birinchi musobaqasida Tannerning baraban tayoqchalari yoʻqolib qoladi. Tanner tayqochalarsiz chala olmagach, Andrew va Tannerni almashtiradi. Chunki Andrew „Whiplash“ kuyini yoddan ijro qila olar edi. Shu sababli Fletcher uni asosiy barabanchi qilib tayinlaydi. Biroq, Andrew oʻz pozitsiyasini tezda Ryayn Konnoliga, Shafferning pastroq ansamblidagi barabanchiga yoʻqotib qoʻyadi. Andrew musiqaga qattiq berilib ketgani sababli oilasi bilan janjallashadi va oʻz sevgilisi Nicole bilan ham ambitsiyalari uchun ajrashadi. Bir kuni Fletcher mashgʻulotni boshlab, orkestrning sobiq aʼzosi Shon Keysi avtohalokatda halok boʻlganini eʼlon qiladi. Fletcher uchta barabanchini „Caravan“ asarini juda tez tempda chalishga majburlab, besh soat davomida qiynoqqa soladi va yakunda Andrew asosiy oʻrinni qaytarib oladi.

Navbatdagi musobaqaga borganida, Andrewning avtobusi buzilib qoladi. U mashina ijaraga olib, kechiksa-da, yetib keladi, biroq baraban tayoqchasini ijaraga olingan mashinada unutib qoldiradi. Fletcher sabr qilib kutishga rozi boʻlsa-da, Andrew qaytib kelayotganida uning mashinasi yuk mashinasiga uriladi. Ogʻir jarohat olgan Andrew sahnaga qon va ogʻriq ichida zoʻrgʻa keladi va kuyni xatolik bilan chaladi. Fletcher ijroni toʻxtatib, uni orkestrdan haydab yuboradi. Xafa boʻlgan Andrew Fletcherga sahnada hujum qiladi va xavfsizlik xizmati tomonidan tashqariga olib chiqiladi. Shafferda oʻqishdan chetlatilgan Andrew oʻzining advokati orqali Keysi oʻz joniga qasd qilgani va buning Fletcherning tazyiqlari bilan bogʻliq ekanligini biladi. U Fletcherga qarshi maxfiy guvohlik berishga rozi boʻladi va natijada konservatoriya Fletcherni ishdan boʻshatadi.

Andrew barabanchilikdan voz kechadi, lekin bir necha oy oʻtgach, Fletcherni bir jaz klubda pianino chalayotganini koʻrib qoladi. Ular birga ichimlik ichishadi va Fletcher uning oʻquvchilarni intizomli tarbiya qilish usullari juda shafqatsiz boʻlganini tan oladi, ammo ularni muvaffaqiyatga undash uchun zarur deb bilganini aytadi. Jo Jonesning Charlz Parkerga tass uloqtirganini misol qilib keltiradi va bir talabaning eshitishi mumkin boʻlgan eng yaxshi soʻzlar „yaxshi ish qilding“ ekanligini aytadi. Fletcher Andrewni JVC Jaz festivalida oʻzining guruhida oʻynashga taklif qiladi va Andrew ikkilangan holda rozi boʻladi. Andrew sobiq sevgilisi Nicolega qoʻngʻiroq qiladi, ammo u boshqa bir kishiga turmushga chiqqanini bilib oladi.

JVC festivalida Fletcher Andrew bilan yuzma-yuz uchrashib, uning guvohlik berganini bilishini aytadi. Qasos olish uchun, Fletcher ansamblni Andrew bilmaydigan asar bilan boshlaydi. Muvaffaqiyatsiz ijrodan soʻng, Andrew sahnani tark etadi. Uning otasi uni quchoqlab oladi, ammo Andrew qaytib kelib, „Caravan“ asarini oʻzi boshlaydi. Dastlab gʻazablangan Fletcher uni qoʻllab-quvvatlaydi va ijroni davom ettiradi. Asar tugagach, Andrew kutilmaganda uzoq solo ijro etadi. Fletcher taʼsirlanib, unga yordam beradi va yakuniy akkordni boshqaradi.

  • Miles Teller – Endryu Neyman, Shaffer konservatoriyasidagi iqtidorli yosh jaz barabanchisi
  • J. K. Simmons – Terens Fletcher, Shaffer konservatoriyasidagi qattiqqoʻl jaz oʻqituvchisi
  • Paul Reiser – Jim Neyman, Andrewning otasi, yozuvchi va maktab oʻqituvchisi
  • Melissa Benoist – Nicole, qisqa muddat Andrew bilan uchrashib yurgan kino teatr xodimi
  • Austin Stowell – Rayan Konnoli, Fletcher guruhidagi boshqa barabanchi
  • Nate Lang – Karl Tanner, Fletcher guruhidagi boshqa barabanchi
  • Chris Mulkey – Amaki Frank Neyman, Andrewning amakisi
  • Damon Gupton – Janob Kramer, Andrew Fletcher tomonidan jalb qilinishidan oldingi birinchi ustoz

Ishlab chiqarish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozuvchi va rejissyor Damien Chazelle va prodyuser Jason Blum

„Princeton High School“da tahsil olayotganida, yozuvchi va rejissyor Damien Chazelle Studio Band musobaqasida ishtirok etgan va oʻsha yillarda boshdan kechirgan qoʻrquvdan ilhomlangan[10]. U dirijyor Terens Fletcher obrazini sobiq oʻqituvchisiga asoslangan holda yaratgan (u 2003 yilda vafot etgan), lekin obrazni yaratayotib, Buddy Rich va boshqa oʻqituvchilarning qattiqqoʻllik elementlarini qoʻshgan[10]. Chazelle filmni dastlab La La Land musiqiy filmini suratga olishdagi qiyinchiliklar sababli yozgan[11].

„Right of Way Films“ va „Blumhouse Productions“ Chazellega original ssenariysining oʻn besh sahifasini filmga aylantirishda yordam bergan, ushbu filmning nomi ham Whiplash (2013-yilgi film) edi[12]. 18 daqiqalik qisqa film 2013-yilgi „Sundance“ film festivalida namoyish etilgandan soʻng muvaffaqiyatga erishdi va qisqa metrajli badiiy filmlar boʻyicha hakamlar hay’ati mukofotini qoʻlga kiritdi va bu toʻliq filmni ishlab chiqarish uchun investorlarni jalb qildi[13][14][15]. Toʻliq metrajli film Bold Films tomonidan 3,3 million dollarga moliyalashtirildi[2].

2013-yil avgust oyida Miles Teller Johnny Simmons ijro etgan rolni oʻynashga imzo chekdi; J. K. Simmons esa oʻz rolini saqlab qoldi[16]. Chazelle J. K. Simmonsga „norma chegarasidan oshib ket“ deb yoʻl-yoʻriq koʻrsatgan va „men ekranda insonni koʻrishni xohlamayman, men bir yirtqich hayvonni koʻrmoqchiman“ degan. Koʻpchilik guruh aʼzolari haqiqiy musiqachilar yoki musiqa talabalari boʻlib, Chazelle Simmons ularga bosim oʻtkazganda yuzlaridagi qoʻrquv va tashvish ifodalarini tushirishga harakat qilgan. Ular orasidagi suratga olish jarayoni noqulay boʻlib qolmasligi uchun, Chazelle Simmonsni oraliq tanaffuslarda kasbdoshlariga nisbatan samimiy boʻlishga chaqiradi[10].

Suratga olish jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy suratga olish ishlari 2013-yilning sentyabr oyida boshlangan, Los-Anjeles shahrining turli joylarida, jumladan, Barclay mehmonxonasi, Palace teatri va Orpheum Teatrida suratga olingan[17].

Bastakor Justin Hurwitz

Saundtrek albomi 2014-yil 7-oktabrda Varèse Sarabande leybli orqali chiqarilgan[18]. Saundtrek uch qismga boʻlingan 24 ta trekdan iborat: film uchun yozilgan original jaz asarlari, film uchun yozilgan original partituralar va Stan Getz, Duke Ellington kabi musiqachilar tomonidan yozilgan klassik jaz standartlari. Asl barabanchi esa Bernie Dresel boʻlgan[19].

2020-yil 27-martda ikki CD va 2-LP gatefold sleeve vinil bilan kengaytirilgan deluxe nashri yangi muqova bilan chiqarilgan boʻlib, Justin Hurwitzning original musiqasi, bonus treki va Timo Garcia, Opiuo, Murray A. Lightburn tomonidan tayyorlangan remikslari oʻz ichiga olgan[20].

Shimoliy Amerikada film 2014-yil 10-oktabrda cheklangan tarqatilishda oltita kinoteatrda namoyish etilib, 135388 dollar ($22 565 har bir kinoteatr uchun) daromad qildi va kassa boʻyicha 34-oʻrinni egalladi[21]. Film keyinchalik 88 ta joyga, keyin esa 419 ta kinoteatrga kengaytirildi[22]. Uch oylik namoyishdan soʻng film $7 million daromad qilgan edi va beshta Oskar mukofotiga nomzod boʻlganidan soʻng, mmamlakat miqyosida 1000 joyda namoyish etildi[23]. 2024-yil 15-avgust holatiga koʻra, Whiplash filmi AQSh va Kanadada $13,1 million, boshqa hududlarda esa $35,9 million daromad qilgan boʻlib, jahon boʻylab umumiy daromadi $49 millionni tashkil etgan. Filmning budjeti esa $3,3 million boʻlgan[21].

Tanqidiy munosabat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rejissyor Damien Chazelle 2014-yilgi „Sundance“ kinofestivalida

Sharhlarni toʻplovchi veb-sayt Rotten Tomatoesda film 307 ta sharhga asoslanib 94% ball oldi, oʻrtacha reytingi 8,6/10 boʻldi. Saytdagi tanqidiy yakdilikda shunday deyilgan: „Intensiv, ilhomlantiruvchi va yaxshi ijro etilgan Whiplash rejissyor Damien Chazelledan ajoyib ikkinchi ish boʻlib, J. K. Simmons va Miles Teller uchun zoʻr imkoniyat boʻldi“[24]. Metacriticda film 49 nafar tanqidchining sharhlariga asoslanib, 100 dan 89 ball oldi va bu esa ijobiy maʼnoni bildiradi[25]. Simmonsning ijrosi keng eʼtirofga sazovor boʻlib, u 2015-yilda Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor uchun Oskar mukofotini qoʻlga kiritdi[26][27].

Variety jurnalida yozuvchi Piter Debruge filmni musiqiy daholar haqidagi janrning klishesini sindirganini va filmni „jang maydoni yoki sport arenasi darajasidagi psixologik intensivlik bilan toʻldirilgan“ deb taʼrifladi[28]. The Hollywood Reporter nashridan Todd McCarthy Teller va Simmonsning ijrolarini maqtadi va shunday deb yozdi: „Teller … koʻproq tinchroq boʻlgan ijro bilan yana bir bor hayratlantiradi … Simmons esa kuchli personaj roli bilan koʻplab qiziqarli imkoniyatlarni qoʻlga kiritgan aktyor sifatida oʻziga xosdir“[29]. Whiplash 87-Oskar mukofotlarida Eng yaxshi ovoz aralashmasi va Eng yaxshi film montaji mukofotlarini ham qoʻlga kiritdi[30].

The Daily Telegraph nashridan Amber Wilkinson filmning rejissyorligini va montajini maqtadi: „Chazellening filmi oʻtkir va qiziqarli ritmga ega, Tom Cross tomonidan goʻzal tarzda tahrirlangan sahnalar bilan boyitilgan… tez-tez Andrew barabanlari zarbasiga kesilgan kadrlar bilan toʻldirilgan“[31]. IndieWiredan James Rocchi filmni ijobiy baholadi va „Whiplash jur’at va oʻziga xoslik bilan toʻlgan, kerakli joyda yon berishga tayyor boʻlmagan, ajoyib ijrolar va oʻz qahramonlariga hamda ular uchun muhim boʻlgan narsalarga sabr bilan munosabatda boʻlgan film“ deb taʼkidladi[32]. The Guardiandan Henry Barnes ham filmni ijobiy baholadi va uni musiqaga va uning qahramonlariga birday muhabbat bilan yondashgan nodir film deb atadi[30].

  1. „Whiplash“. British Board of Film Classification (2014-yil 5-avgust). 2014-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-noyabr.
  2. 2,0 2,1 Horn, John „Sundance 2014: Sony grabs international rights to 'Whiplash'“. Los Angeles Times (2014-yil 16-yanvar). 2014-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-yanvar.
  3. „Sundance: Sony Pictures Worldwide Acquisitions Nabs International Rights To Fest Opener 'Whiplash'“. Deadline Hollywood (2014-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
  4. Cohen, Sandy. „Sundance Film Festival 2014 opens with the premiere of 'Whiplash,' Damien Chazelle's tale of a brutal drumming instructor and his protege“. The Oregonian. Associated Press (2014-yil 17-yanvar). 2018-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-yanvar.
  5. „100 Greatest Movies of All Time“.
  6. Bajgrowicz, Brooke „The 10 Best Music Films of All Time (According to IMDb)“. Screen Rant. Valnet Publishing Group (2020-yil 8-fevral).
  7. Shoard, Catherine. „The 10 best films of 2014: No 4 – Whiplash“ (2014-yil 9-dekabr).
  8. „The 100 Greatest Movies Of The 21st Century“. Empire (2020-yil 18-mart). 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  9. Bergeson, Samantha „'Whiplash' Named Top Sundance Film of All Time in Festival Poll of Over 500 Filmmakers and Critics“ (en-US). IndieWire (2024-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  10. 10,0 10,1 10,2 Dowd, A.A „Whiplash maestrosi Damien Chazelle barabanchi, rejissyorlik va J.K. Simmons haqida“. The A.V. Club (2014-yil 15-oktyabr). 2015-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-dekabr.
  11. Hammond, Pete „Damien Chazelle La La Land musiqali filmi haqida“. Deadline Hollywood (2016-yil 30-avgust). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-sentyabr.
  12. Dowd, A. A. „Whiplashning ikki xil talqini J.K. Simmonsning qo'rqinchli obraz ekanini ko'rsatdi“. The A.V. Club (2016-yil 21-sentyabr). 2018-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  13. „2013 Sundance Film Festivali qisqa metrajli filmlar boʻyicha hakamlar hay'ati mukofotlarini eʼlon qiladi“. www.sundance.org (2013-yil 23-yanvar). 2017-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
  14. https://www.vanityfair.com/hollywood/story/whiplash-anniversary-damien-chazelle-miles-teller-jk-simmons
  15. Fleming, Mike Jr. „Cannes: Bold, Blumhouse, Right Of Way Whiplash filmining to'liq talqini uchun hamkorlik qiladi“. Deadline Hollywood. Penske Media Corporation (2013-yil 14-may). 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-yanvar.
  16. Fleming, Mike Jr. The Spectacular Nowning Miles Telleri Whiplash filmida o'ynaydi“. Deadline Hollywood. Penske Media Corporation (2013-yil 5-avgust). 2014-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-yanvar.
  17. McNary, Dave „Jake Gyllenhaalning Nightcrawler filmi Kaliforniya imtiyozlarini oldi (Eksklyuziv)“. Variety. Penske Media Corporation (2013-yil 19-sentyabr). 2013-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-yanvar.
  18. Whiplash Soundtrack Details“. filmmusicreporter.com. 2017-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-aprel.
  19. Van de Sande, Kris „Talking animals with Zootopia's Creative Minds“. Endor Express (2016-yil 5-fevral). 2020-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
  20. Micucci, Matt „Listen to a Bonus Track from New Expanded "Whiplash" Soundtrack Album“. JAZZIZ Magazine (2020-yil 20-fevral). 2020-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-iyun.
  21. 21,0 21,1 „Whiplash (2014)“. Box Office Mojo. 2015-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-noyabr.
  22. Ray Subers. „Weekend Report: 'Dumb' Sequel Takes First Ahead of 'Big Hero 6,' 'Interstellar'“. Box Office Mojo (2014-yil 16-noyabr).
  23. Ray Subers. „Forecast: Bombs Away for 'Mortdecai,' 'Strange Magic'“. Box Office Mojo (2015-yil 22-yanvar).
  24. „Whiplash (2014)“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
  25. „Whiplash“. Metacritic. CBS Interactive. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
  26. Smith, Nigel M „J. K. Simmons on His Whiplash Oscar Buzz and Abusing Miles Teller“. indieWire (2014-yil 15-oktyabr). 2014-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-oktyabr.
  27. Riley, Jenelle „J. K. Simmons on Playing a 'Real' Villain in Whiplash. Variety (2014-yil 3-sentyabr). 2014-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-sentyabr.
  28. „Sundance Film Review: Whiplash. Variety (2014-yil 17-yanvar). 2014-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-yanvar.
  29. „Whiplash: Sundance Review“. The Hollywood Reporter (2014-yil 17-yanvar). 2014-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-yanvar.
  30. 30,0 30,1 „Whiplash: Sundance 2014 – first look review“. The Guardian (2014-yil 17-yanvar). 2014-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-yanvar.
  31. „Sundance 2014: Whiplash, review“. The Telegraph (2014-yil 18-yanvar). 2014-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-yanvar.
  32. „Sundance Review: Whiplash Starring Miles Teller Leads With The Different Beat Of A Very Different Drum“. indieWire. 2015-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-yanvar.