Kontent qismiga oʻtish

Qatardagi Karnegi Mellon universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Qatardagi Karnegi Mellon Universiteti
Fayl:Carnegiemellonqatar building entrance.jpg
Front entrance at sunset
Qisqa nomi CMU-Q (Carnegie Mellon University in Qatar)
Shior "Mening yuragim ish bilan uradi!" (Endryu Karnegi)
Tur Xususiy, Filial kampus
Asos solingan 2004; 19 yil oldin (2004)
Prezident Farnam Jahanian
Rektor Jeyms Garrett
Dekan Michael Trick
Ilmiy xodimlar
64
Administratsiya xodimlari
90
Bakalavriat 400
Manzili
Doha,

Qatar


25°18′59″N 51°26′20″E / 25.31639°N 51.43889°E / 25.31639; 51.43889Coordinates: 25°18′59″N 51°26′20″E / 25.31639°N 51.43889°E / 25.31639; 51.43889
Timsoli (maskot) Shotland teryeri (Scotty)
Vebsayti www.qatar.cmu.edu

Qatardagi Karnegi Mellon universiteti (inglizcha: Carnegie Mellon University in Qatar) Karnegi Mellon universitetining Qatarning Doha shahrida joylashgan ilmiy daraja beruvchi filiallaridan biridir[1]. Bu Karnegi Mellonning birinchi bakalavriat filiali boʻlib, Qatar fondi aʼzosi hisoblanadi. Ushbu kampus ilk bitiruvchilari 2008-yil mayda yetishib chiqqan.

Hozirda Karnegi Mellon Qatar universitetida 400 ga yaqin talaba, 60 nafar fakultet va postdoktorial tadqiqotchilar, shuningdek, 90 nafar xodim mavjud.

Karnegi Mellon universitetining Qatardagi kampusi 2004-yilda tashkil etilgan. Bu Qatarda filiali tashkil etilgan AQShning to'rtinchi oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. Bu kabi filial kampuslarining tashkil etilishiga Qatarning amaldagi amiri Tamim bin Hamad al-Taniyning onasi Shayxa Moza bint Nosir boshchilik qilgan.

Karnegi Mellon Qatar Doha chekkasida joylashgan Ta'lim Shaharchasining (Education City) bir qismi boʻlib, hozirda bu shaharchada Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yevropadan sakkizta boshqa universitet kampuslari joylashgan. Ta'lim Shaharchasining boshqa institutlari orasida Jorjtaun universitetining xorijiy xizmatlar maktabi, Vayl Kornel tibbiyot kolleji, Virjiniya Hamdoʻstlik universiteti, Texas A&M, Shimoli-gʻarbiy universitet, HEC Parij va London Universiteti Kolleji mavjud.

Karnegi Mellon Qatar tomonidan beriladigan ilmiy darajalar va ta'lim dasturi Pitsburg kampusidagi bilan bir xil hisoblanadi va tan olinadi. Bakalavr darajasi kompyuter fanlari, biznes boshqaruvi, axborot tizimlari va biologiya ilmlari (ushbu daraja Qatardagi Vayl Kornel tibbiyot kolleji bilan birgalikda taqdim etiladi) yo'nalishlari bo'yicha taqdim qilinadi.

Moliyalashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kampus jihozlari va ularni ta'mirlash butunlay Qatar fondi tomonidan qoplanadi. Ushbu fond Karnegi Mellonga har yili kampusni boshqarish va o'qituvchilarga maoshi uchun ham pul ajratib keladi. Taxminlarga ko‘ra, Karnegi Mellon kampusni boshqarish uchun Qatardan yiliga $50-60 million olgan[2][3]. Xususan, 2015-yilda universitetdagi o'qish xarajatlari (kontrakt va qo'shimcha xarajatlar) $49,610 ni tashkil etgan[2].

2015-yil dekabr holatiga ko‘ra, kampusda 62 nafar o'qituvchilar (professorlari) mavjud bo'lgan[2]. Universitetning Qatar kampusi dekani Ilker Baybars Washington Post gazetasida chop etgan maqolasida professorlarni ishga olishni “o‘z ishining eng qiyin qismi” deb atagan va buni professorlarni Amerikadan Dohaga kelishga ko‘ndirish qiyin ekanligi bilan izohlagan. Professorlarni Doha kampusida dars berishga ko'ndirish uchun universitet ish haqi mukofotlari, yaxshi sharoitli uy-joy va tadqiqotni moliyalashtirish kabi imtiyozlarni taqdim etgan[4].

Fayl:Carnegiemellonqatar building atrium.jpg
Universitet shiori bilan Karnegi Mellon Qatar atriumi

Karnegi Mellon Qatar Legorreta + Legorreta arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan binoda joylashgan. Universitet 2008-yil avgust oyida ishlay boshlagan. Barcha akademik dasturlari, talabalar ishlari, operatsiyalar va tadbirlar binoda o'tkaziladi.

  1. „Carnegie Mellon University - Qatar (CMU-Q)“. 2013-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Doha’s Education City by the numbers: Enrollment, diplomas, faculty, finances“. Washington Post. Qaraldi: 2016-yil 21-oktyabr.
  3. Stoltzfus, Justin. „Advocate questions motive behind Qatar's financial ties to U.S. colleges“. Gulf News Journal. Qaraldi: 2016-yil 21-oktyabr.
  4. „In Qatar’s Education City, U.S. colleges are building an academic oasis“. Washington Post. Qaraldi: 2016-yil 21-oktyabr.