Qayrat Umarov
Qayrat Umarov | |
---|---|
qozoqcha: Қайрат Ермекұлы Омаров | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1963-yil 12-yanvar Fargʻona, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Qozogʻiston |
Taʼlim | Olma-Ota pedagogika instituti |
Kasbi | elchi |
Ilmiy unvoni | siyosat fanlari nomzodi |
Mukofotlari |
Qayrat Ermekovich Umarov (qozoqcha: Қайрат Ермекұлы Омаров ; 1963-yil 12-yanvar, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — qozoq davlat arbobi, diplomat.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1979-yilda Olmaota chet tillar pedagogika institutini ingliz va fransuz tillari mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1985-yildan 1987-yilgacha — Sovet armiyasida xizmat.
1987-yildan 1988-yilgacha — Olma-Ota chet tillar pedagogika instituti oʻqituvchisi.
1988-yildan 1989-yilgacha — Qozogʻiston Fanlar akademiyasining Tarix, etnografiya va arxeologiya instituti ilmiy xodimi.
1989—1991-yillarda Qozogʻiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Badiiy tarjima bosh tahririyatining ingliz tilidan tarjimalar boʻlimi bosh muharriri.
1991-yildan 1992-yilgacha — Kazsovprof referenti.
1992-yildan 1994-yilgacha — Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikkinchi, birinchi kotibi, Yevropa va Amerika boʻlimi boshligʻi.
1994—1996-yillarda — Qozogʻiston Respublikasining AQShdagi elchixonasining birinchi kotibi, maslahatchisi.
1996—1998-yillarda — Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa departamenti bo‘limi boshlig‘i, direktor o‘rinbosari.
1998-yildan 2004-yilgacha — Qozogʻiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi vazir maslahatchisi.
2004-yil yanvardan aprelgacha — Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining alohida masalalar boʻyicha elchisi.
2004-yil apreldan avgustgacha — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashqi siyosat markazining bosh inspektori. 2004-yil 27-avgustdan 2009-yil 9-sentyabrgacha — Qozogʻiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[1].
2008-yil 22-maydan 2009 -yil 9-sentyabrgacha — Qozogʻiston Respublikasining Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2009-yil 9-sentyabrdan 2013 -yil 4-yanvargacha — Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari[2].
2013-yil 4-yanvardan 2017-yil 4-yanvargacha — Qozogʻiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi[3][4].
2017-yil 4-yanvardan 2020-yil 30-sentyabrgacha — Qozogʻiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili[5].
Diplomatik daraja — 1-darajali favqulodda va muxtor elchi.
2020-yil 30-sentabrdan 2022-yil 6-oktabrgacha — Qozog‘iston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi, Qozog‘iston Respublikasining Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili[6][7]
2022-yil 6-oktabrdan — Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari[8].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Parasat ordeni (2016)[9]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Указ Президента Республики Казахстан от 27 августа 2004 года N 1427“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-yanvar.
- ↑ „Распоряжением Главы государства Умаров назначен зам. МИД РК“. 2014-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-yanvar.
- ↑ „Указом Главы государства Умаров назначен Чрезвычайным и Полномочным Послом РК в США“. 2017-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-yanvar.
- ↑ „Указом Главы государства Умаров Кайрат Ермекович освобожден от должности Чрезвычайного и Полномочного Посла РК в США“. 2017-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-yanvar.
- ↑ „Указом Главы государства Умаров Кайрат Ермекович назначен Постоянным представителем РК при ООН“. 2017-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-yanvar.
- ↑ Kayrat Umarov osvobojden ot doljnosti predstavitelya RK pri OON i naznachen poslom
- ↑ „Назначен первый заместитель министра иностранных дел“. kapital.kz (2022-yil 6-oktyabr).
- ↑ „Кайрат Умаров назначен первым заместителем министра иностранных дел РК“. https://www.inform.kz (2022-yil 6-oktyabr).
- ↑ „В Министерстве иностранных дел Казахстана к 25-летию независимости наградили дипломатов и ветеранов дипломатической службы“. 2016-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-dekabr.