Qeshm Air

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qeshm Air
هواپیمایی قشم
Hevapimaii-ye Qâshm
IATA ICAO Identifikatori
QB QSM QESHM AIR
Tashkil topgan 1993
Boshlangan amaliyotlari 1996
Baza aeroporti
Fokus shaharlari
Park hududi 18[1]
Parvoz yoʻnalishlari 45[2]
Egasi Eron Neft vazirligi
Bosh qarorgohi Ekbatan majmuasi, Tehron, Eron
Muhim shaxslar
  • Capt. Hassan Gʻasemiy, Rais & CEO
  • Babak Zanjoniy (Asoschisi)
Sayti qeshm-air.com

Qeshm Air (forscha: هواپیمایی قشم, Hevapeimayi-ye Qeshm) – Eron aviakompaniyasi; bosh ofisi Tehronda joylashgan boʻlib, mahalliy va xalqaro yoʻlovchilarga muntazam qatnovlar hamda charter reyslarini amalga oshiradi. Aviakompaniya 1993-yilda Faraz Qeshm Airline sifatida tashkil etilgan[3].

Qeshm Air Fars Air Qeshm aviakompaniyasidan farq qiladi[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qeshm Air aviakompaniyasi 1993-yilda tashkil etilgan va oʻz xizmatlarini boshqa aviakompaniyalardan lizingga olingan samolyotlar orqali yoʻlga qoʻygan. Kompaniyaning dastlabki parvoz yoʻnalishlari Tehrondan Qeshmga va Tehrondan Dubayga boʻlgan. 2000-yilga kelib, Qeshm Air oʻz parkida yettita samolyotga ega edi.

Aviaparki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joriy holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil may holatiga koʻra, Qeshm Air aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat[5][6]:

Persepolis F.C. liverasidagi Airbus A300-600 samolyoti
Qeshm Air floti
Samolyot Miqdori Buyurtmalar Yoʻlovchilar Eslatmalar
C Y Jami
Airbus A300-600R 5 24 283 307
Airbus A320-200 3 12 144 156
Avro RJ100 6 110 110
Fokker 100 4 117 117
Jami 18

Avval foydalanilgan samolyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qeshm Airlines ilgari ushbu samolyotlardan foydalangan[7]:

  • Airbus A300B4
  • Airbus A319-100[8]
  • Airbus A321-100
  • Fokker 50
  • McDonnell Duglas MD-83
  • Tupolev Tu-154M
  • Yakovlev Yak-40
  • Yakovlev Yak-42D

Baxtsiz hodisalar va falokatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2001-yil 17-mayda Faraz Qeshm Airlinesning Yak-40 samolyoti Tehrondan Goʻrgon aeroportiga 30 kishi, jumladan Eron transport vaziri Rahmon Dadman, ikki vazir oʻrinbosari va yana yetti nafar parlament aʼzosi bilan uchib ketdi. Samolyot yomon ob-havo sharoiti tufayli yoʻnalishini oʻzgartirishga majbur boʻlgani va keyinchalik Eronning Sari shahri yaqinidagi Elburs togʻlarida qulagani aniqlangan. Bortdagilarning hammasi halok boʻlgan[9][10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „شرکت هواپیمایی قشم“.
  2. „Qeshm Air Air Route Map“. qeshm-air.com. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  3. Golestani. „Qeshm Air Official Website“. www.qeshm-air.com. Qaraldi: 2018-yil 30-mart.
  4. „هواپیمایی قشم“, ویکی‌پدیا، دانشنامهٔ آزاد (fors), 2021-06-04, qaraldi: 2021-06-21
  5. „Qeshm Airlines Fleet Details and History“. www.planespotters.net. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  6. „Qeshm Air Official Website“.
  7. „Qeshm Airlines Fleet Details and History“. Planespotters.net. Qaraldi: 2018-yil 13-may.
  8. „Iran's Qeshm Air adds maiden A319“. Qaraldi: 2018-yil 30-mart.
  9. „ASN Aircraft Accident Yakovlev 40 EP-TQP Sari“. Aviation Safety Network. Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
  10. Detailed Aircraft Information.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]