Kontent qismiga oʻtish

Qirantav qabristoni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qirantav qabristoni — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus tumani hududida, Nukus shahridan 20 km shimoli-gʻarbida joylashgan. U Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, uning uzunligi 5 km dan ortiq. Arxeologlar tepalikni uch qismga ajratadi. Qirantavning janubiy qismi amudaryo boʻylab 2 km gacha choʻzilgan. Bu yerda Qalmaq qal’a, Rustam bobo, Aqilbek ayim, Imom eshon va Bektemir eshon nomlari bilan bogʻliq ziyoratgohlar joylashgan[1].

  1. J. HÁKIMNIYAZOV, I. SEYTBAEV, R. ISMETOV. QARAQALPAQSTAN AYMAǴÍNDAǴÍ ZÍYARAT ORÍNLARÍ. «BILIM», 2023-yil.