Kontent qismiga oʻtish

Qirgizboy jome masjidi

Koordinatalari: 40°49′51″N 72°22′27″E / 40.83083°N 72.37417°E / 40.83083; 72.37417
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Qirgizboy jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Andijon viloyati
Shahar Buloqboshi tumani
Manzil Buloqboshi shaharchasi Andijon MFY.
Yoʻnalishi suniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Masjid turi Jome masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi, sharqona
Binokorlik 19041912
Asosiy sana:
1991-yil
Soʻngi imom -
Maqomi Ishlaydi
Hajmi 2000 kishi
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Qurilish materiali Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

40°49′51″N 72°22′27″E / 40.83083°N 72.37417°E / 40.83083; 72.37417


Qirgizboy jome masjidi – Andijon viloyati, Buloqboshi tumani Andijon mahallasida joylashgan masjid[1]. 1991-yil 25-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan[2]. 1998-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Masjid binosi 1904-1912-yillarda mahalliy aholi tomonidan uddaburon, tadbirkor, ishbilarmon Qirgʻizaliboy boshchiligida hashar yoʻli bilan qurilgan [3]. Namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida 1958-1959-yillarda masjid yoniga qoʻshimcha xonaqoh qurilgan. 1979-yilda darvozaxona hamda kutubxona binosi qurilib, ishga tushirilgan. 2004-yilda esa xonaqoh oldiga qoʻshimcha ayvon va boloxonalar qurilgan. Shundan soʻng yangi masjid binosi qurilishi uchun kerakli boʻlgan barcha hujjatlar, loyiha-smeta tayyorlandi. Nihoyat 2013-yil 7 iyun kuni masjidning tarixiy binosi saqlanib qolgan holda, yangi masjid binosining qurilishi boshlandi. Koʻpchilikning mehnati bilan qurilish ishlari 2014-yil mart oyida yakuniga yetdi.

„Qirgʻizboy“ masjidining dastlabki qurilgan honaqosi hozirgi kunda madaniy meroslar roʻyxatiga kiritilgan. Masjid hozirgi kunda bir vaqtning oʻzida 2000 nafar namozxonni oʻz ichiga sigʻdira oladi. Masjidda ikkita minora boʻlib, har birining balandligi 8 metrni tashkil qiladi.

Masjidga 1959-yildan 2004-yilga qadar Muhammad Yusuf Boyboʻta oʻgʻli imomlik qilgan[4]. U kishining farzandlari zamonamizning yetuk mujtahid olimi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hisoblanadi.