Qizilqum alxari
Qizilqum alxari | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Sut emizuvchilar |
Oila: | Bovidae |
Urugʻ: | Arhar |
Turlari: | Qizilqum alxari |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Ovis severtzovi Nasonov, 1914 |
Qizilqum alxari[1][2], yoki Seversov qoʻyi[3][4] (lotincha: Ovis severtzovi) — — kuvushshoxlilar oilasiga mansub sutemizuvchi jufttuyoqlilar turiga kiruvchi qoʻylar turkumidan, ilgari arxarlarning (Ovis ammon) kenja turi hisoblangan. U mazkur lotincha atamasini zoolog va sayohatchi Nikolay Alekseyevich Seversov sharafiga berilgan. Oʻzbekiston uchun endemik boʻlib, yoʻqolib ketish xavfi arafasida – hozirgi vaqtda tabiatda kenja turlar soni 200 dan oshmaydi. Yovvoyi populyasiyasi Oʻzbekiston Nurota davlat qoʻriqxonasi[5] hududida (Nurotau tizmasining markaziy qismi) sun’iy yoʻl bilan boqiladi, bu yerda alxarlarning soni 2000 taga yetdi. Biroq, qoʻriqxonada hudud cheklangani tufayli kelgusi koʻpayishi mutlaqo mumkin emas.
Ilgari (1980-yillarda) u Qozogʻistonning Qizil kitobiga kiritilgan va Qoratov togʻlari hududida topilgan, ammo bu tur yagona boʻlsa ham ayni kunda Qozogʻiston hududida u qirilib ketgan, Oʻzbekistondan migrasiya qilingan yakka holdagi alharlar vaqti-vaqti bilan qayd etib turiladi.
Ov qilish taqiqlangan, ammo 2012-yildan boshlab Oʻzbekiston chet ellik ovchilarga kubok ovlash uchun alohida ruxsatnomalar berdi, bu esa mahalliy aholi tomonidan brakonerlik bilan bogʻliq vaziyatni yanada kuchaytirmoqda.
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtmishda – markaziy va gʻarbiy Qizilqumning qoldiq togʻlarida, Nurota, Qoratogʻ, Molguzar, Turkiston, Zarafshon tizmalarida. Hozirda – Nurota, Oqtogʻ tizmalarida, Tomditogʻ qoldiq togʻlarida, Turkiston tizmasida, ehtimol, Molguzar tizmasida saqlanib qolgan. Oʻzbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qirgʻiziston. Oʻtmishda Qozogʻiston gʻarbi. Oʻrta Osiyoning qolgan hududlarida, Farbiy Sibir janubida, Xitoy, Afgʻoniston, Pokiston, Hindistonda – boshqa kenja turlari mavjud.
Yashash joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dengiz sathidan 500–2000 metr balandlikdagi togʻlarning oʻrta va yuqori qismlarida uchraydi. Yil fasllari, kunning vaqti, ob-havo va ozuqa sharoitiga, antropogen ta’sir darajasiga koʻra togʻ yonbagʻirlarining turli balandliklarida uchraydi. Qishlash uchun togʻ etaklari va vodiylarga tushadi.
Soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umumiy soni 1800–2000 tani tashkil etadi. Asosiy qismi Nurota qoʻriqxonasi hududidagi Nurota tizmasining markaziy qismida boʻlib, soʻnggi 10 yil ichida soni ancha barqarorlashgan (1600 taga yaqin). Nurota tizmasining gʻarbiy qismida – 150 ga yaqin, Nurota va Qoʻytosh tizmasining sharqiy qismida – 100 ta. Oqtogʻda 1960-yillarda 120–150 tasi qayd etilgan, hozirda oʻnlab jufttuyoqlilar saqlanib qolgan. Tomditogʻda oʻtmishda 100–120 ta qayd etilgan. Hozirda 50 tadan oshmaydi. Turkiston tizmasidagi soni esa ma’lum emas.
Hayot tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poda boʻlib yashaydi, mavsumiy koʻchadi. Juftlashish davri – oktabr– noyabr; aprel–may oylarida bolalaydi (1–2); bolalari bir–ikki yoshgacha onasidan ajralmaydi, 2–4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Asosan oʻtsimon oʻsimliklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yashash joylarining oʻzlashtirilishi, brakonyerlik, arealining uzilganligi.
Koʻpaytirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yildan buyon Nurota qoʻriqxonasining parvarishxonasida koʻpaytirilmoqda[6].
Muhofaza choralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ovlash taqiqlangan. SITESning II Ilovasiga kiritilgan. Mavjud yashash joylari muhofazasini tashkil qilish va parvarishxonalarda koʻpaytirish lozim.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Красная книга СССР: Редкие и находящиеся под угрозой исчезновения виды животных и растений. Том 1 / Главная ред. коллегия: А. М. Бородин, А. Г. Банников, В. Е. Соколов и др. — 2-е изд. — М.: Лесная промышленность, 1984. — С. 82. — 392 с.
- ↑ Данилкин А. А. Млекопитающие фауны России и сопредельных территорий. Полорогие (Bovidae). — М.: Товарищество научных изданий КМК, 2005. — С. 331—390. — 550 с. — ISBN 5-87317-231-5
- ↑ Castello J. R. (2016) Bovids of the World: Antelopes, Gazelles, Cattle, Goats, Sheep, and Relatives Архивная копия от 4 апреля 2017 на Wayback Machine. — Princeton University Press. — Pp. 382—383. — 664 p. — ISBN 978-0-691-16717-6
- ↑ Groves C., Grubb P. 2011. Ungulate Taxonomy Архивная копия от 10 ноября 2021 на Wayback Machine. — The Johns Hopkins University Press. — Pp. 237. — 310 p. — ISBN 1-4214-0093-6
- ↑ Северцова — Письма о Ташкенте|nashriyot=mytashkent.uz[sayt ishlamaydi]
- ↑ ҚИЗИЛҚУМ АРХАРИ (Wayback Machine saytida 2022-08-23 sanasida arxivlangan) Redbook.uz