Kontent qismiga oʻtish

Tursunali Qoʻziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoʻziyev Tursunali Karimovichdan yoʻnaltirildi)
Tursunali Qoʻziyev
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri
Mansab davri
2011-yildan – 2013-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Anvar Jabborov
Vorisi Bahodir Ahmedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-noyabr 1954-yil
Mukofotlari Andoza:Doʻstlik ordeni (Vyetnam)Andoza:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi

Tursunali Karimovich Qoʻziyev (1954.18.11, Surxondaryo viloyati Surxon qishlogʻi) — grafik rassom, kandakor, foto sanʼati ustasi. Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi aʼzosi. (1997), Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1999).

Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1976) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1982)ni tugatgan; badiiy kandakorlikni usta O. Azizovdan oʻrgangan. Qoʻziyev ish faoliyatini Jarqoʻrgʻon shahar bosh rassomi sifatida boshlagan. Surxondaryo viloyati madaniyat fondi raisi (1987—92), Respublika rassomlik bilim yurti direktori (1993—95), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni masʼul xodimi (1995—96), Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari (1996—97); 1997-yildan Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi raisi, ayni bir vaqgda Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi, 1998-yildan Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti professori. 2011-2013-yillarda — Oʻzbekiston Madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimida ishlagan. 2013-2017-yillarda Jahon tillari universiteti professori, 2017-2021-yillarda Islom Karimov yodgorlik majmui direktori oʻrinbosari, 2021-yilda madaniy meros agentligi direktori boʻlgan[1][2][3].

Qoʻziyev asarlariga borliqni shoirona talqin etish, ranglar yorqinligi, nafisligi xos. „Jarqoʻrgʻonlik bogʻbon“, „Ona yurtim“, „Olimlar“, „Naqshbandiyga bagʻishlov“ uchligi (tritpixi), „Toʻlinoy“, „Qiz portreti“, „Munojot“, „Shoira portreti“ kabi rangtasvir, „Alisher Navoiy“ (mis), „Tib qonunlari“ (mis), „Afsona“ kabi kandakorlik asarlarini yaratgan. Grafik rassom sifatida Mirtemir asarlariga hamda oʻzbek, rus, gruzin ertaklariga bezaklar, „Yoshlik qoʻshigʻi“ devoriy rasm (1979, hamkorlikda, Jarqoʻrgʻonda), „Turnalar“ yodgorligi (1982, Sherobod tumanida) kabi monumental asarlar ishlagan. Badiiy foto asarlari mavzu jihatidan rang-barang, ularda ona yurt madhi, jahon madaniy merosi, oʻziga xos tabiati, tarixiy obidalari, xalqning milliy urf-odati poetik talqinini topgan. „Oʻzbek fotografiyasi. 125 yil“ antologiyasi, „Langar“, „Ijodimiz haqida gapirsak“ albomlari muallifi. Qoʻziyev Respublika va xorijiy mamlakatlar (Hindiston, Yaponiya, Koreya, Misr, Pokiston, Fransiya, Italiya, Germaniya) koʻrgazmalarida asarlari bilan ishtirok etgan. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (2000). "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2003).[4]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nafosat maktabi, T., 1995; Kompozitsiya asoslari, T., 2003; Rangtasvir (hamkorlikda), T., 2004; Kamoliddin Behzod va tamaddun, T., 2004.
  3. Tursunali Qoʻziev Madaniy meros agentligiga rahbar etib tayinlandi
  4. https://centrasia.org/person2.php?st=1065365134