Kontent qismiga oʻtish

Qodir Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qodir Yusupov
Qodir Yusupov
Tavalludi
Qodirjon Yusupov

18-dekabr 1951-yil (1951-12-18) (73 yosh)
Vafoti 14-noyabr 2024
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (1970)
Kasbi diplomat
Faoliyat yillari 1982-2018

Qodir Yusupov (oʻzbekcha: Қодиржон Юсупов, ruscha: Кадыржан Юсупов, 1951-yil 18-dekabrda tugʻilgan) – hozirda davlatga xiyonat qilganda ayblanib, Oʻzbekiston qamoqxonasida saqlanmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va bir qancha nufuzli xalqaro nodavlat tashkilotlari uni zudlik bilan ozod qilish va reabilitatsiya qilishga chaqirgan[1]. Yusupov oʻzbekistonlik isteʼfodagi diplomat boʻlib, 2006-yildan 2009-yilgacha oʻz mamlakatining Avstriya, Slovakiya va Vengriyadagi muvaqqat ishlar vakili boʻlib faoliyat olib borgan. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekistonning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Venadagi doimiy vakili lavozimini egallagan.

Qodir Yusupov 1951-yil 18-dekabrda Toshkent shahrining (Oʻzbekiston SSR) tashqarisidagi Olmazor qishlogʻida ishchi oilasida tugʻilgan. 1970-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida oʻqishni boshlab, 1976-yilda arabshunoslik fakultetini tamomlagan. 1976-yildan 1982-yilgacha Liviya va Iroqdagi diplomatik vakolatxonalarda tarjimon boʻlib ishlagan.

Qodir Yusupov 1982-yili Toshkentdagi oʻsha paytdagi viloyat Tashqi ishlar vazirligining diplomatik xizmatiga ishga kiradi. 1987-yildan 1991-yilgacha Sudanning Xartum shahridagi elchixonada birinchi kotib lavozimida ishlagan. Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan 1991-yili hozirgi mustaqil Oʻzbekistonga qaytadi. Keyinchalik Moskvadagi Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasiga oʻqishga kirib, 1993-yilda u yerni tamomlaydi.

Hibsga olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yusupovlar oilasi

Yusupov shizofreniya alomatlari natijasida uzoq muddatli ruhiy kasalliklardan aziyat chekib kelgan. U 2018-yilning 3-dekabr kuni psixotik epizoddan keyin Toshkentdagi "Pushkin" bekatida metro poyezdi ostiga tushib, oʻz joniga qasd qilishga uringan[2].

Uning yoqa suyagi sinib, miya jarohati bilan tirik qolgan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati 10-dekabr kuni Yusupovni Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 157-moddasida nazarda tutilgan davlatga xiyonat qilganlikda ayblab, hibsga oladi. U ayblovlarni rad etgan. 2019-yil 24-iyun kuni Toshkentda yopiq sud jarayoni boshlanadi.

2020-yil 8-yanvar kuni Qodir Yusupov besh yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Hozirda Navoiy shahridagi 4-sonli koloniyada saqlanmoqda. Bu koloniya mahkumlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganligi bilan mashhur[3].

  1. Norwegian Helsinki Committee. „Uzbekistan: NGOs join the UN WGAD in calling for the immediate release of former diplomat Kadyr Yusupov“. Norwegian Helsinki Committee (2021-yil 17-iyun). Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.
  2. „Мужчина упал на рельсы в метро в Ташкенте“. Gazeta.uz (2018-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 20-iyun.
  3. Bayram. „UZBEKISTAN: Torture, prayer bans, but "No problems in Uzbekistan's prisons"“. Forum 18. Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.

Qoʻshimcha oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]