Kontent qismiga oʻtish

Qonunchilik tashabbusi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qonunchilik tashabbusi - qonun loyihalarini qonun chiqaruvchi organlar muhokamasiga taqdim etish huquqi; mazkur organlar qonun loyihasini muhokama qilishga va shu loyiha yuzasidan qaror qabul qilishga majbur. Zamonaviy davlatlarda Qonunchilik tashabbusi huquqiga, odatda, parlament deputatlari, parlament qoʻmitalari, hukumat, davlat boshligʻi va umummilliy kompetensiyali alohida idoralar egadir. Qt. huquqi qanday idoralar va shaxslarga berilishi Konstitutsiyada belgilab qoʻyiladi. Mas, Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir. Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli. (98-modda). Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan tashkilot va ayrim fuqarolar ham muayyan qonunlar tayyorlanayotganda oʻz takliflarini berishi mumkin (ular qonun tayyorlanish jarayonida koʻrib chiqiladi va inobatga olinadi)