Bu maqolada manbalar<ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.(2023-10)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (2023-10)
Bu maqola avtomat tarjima qilingan yoki mashina tarjimasi tayinli oʻzgartirishsiz chop etilgani eʼtirof etilmoqda. Tarjimani tekshirib chiqish hamda maqoladagi mazmuniy va uslubiy xatolarini tuzatish kerak. Siz maqolani tuzatishga koʻmaklashishingiz mumkin. (Shuningdek, tarjima boʻyicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.) DIQQAT! BU OGOHLANTIRISHNI OʻZBOSHIMCHALIK BILAN OLIB TASHLAMANG! Maqolaning originali koʻrsatilinmagan.(2023-10)
Qor xat – birinchi qor yoqqan kuni oʻziga yaqin kishilarga yozilgan maktub. Qadimdan qor xat yozish anʼana boʻlgan. Qor xatning sharti shundan iboratki, qor yoqqanini 1-boʻlib koʻrgan odam oʻziga yaqin, koʻngli tortgan kishiga maktub yozib, oʻziga sezdirmasdan qoʻliga berishi (yoki choʻntagiga solib qoʻyish) va qochishi kerak. Maktubni „bilmay“ qabul qilgan kishi xat muallifini quvib yetib, uning qoʻliga tutqaza olmasa, u xatda yozilgan shartni bajarishi kerak boʻladi. Agar xat darhol egasiga qaytarilsa, unda xat muallifining oʻzi maktubdagi shartlarni bajaradi. 1-qor yoqqanidan foydalanib, yigitlar qizlarga, oshiqlar oʻz mahbubasiga xat yozishga intilishadi. Qor xat „suyunchi“ uslubida yoziladi. Muallifning oʻzi xat yozayotgan kishini 1-qor bilan tabriklaydi, unga sogʻlik, baxt va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi. Soʻng oʻzining istak, shartini bayon qiladi. Qor xat yozishdan maqsad „raqib“ni ziyofatga tushirishdir. Shu sababli, Qor xatda ziyofat qachon, qayerda, necha kishiga berilishi lozimligi albatta yoziladi. Baʼzi hollarda qor xatda ziyofat emas, balki sovgʻa olib berish ham soʻraladi. Xalq ogʻzaki ijodi va adabiy-badiiy asarlarda „Birinchi qor“ va „Qor xat“ga oid koʻplab namunalar mavjud.