Kontent qismiga oʻtish

Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qora dengiz iqtisodiy hamkorligiYevropadagi davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 1992-yil 25 iyunda 11 ta mamlakat davlat va hukumatlar boshliqlarining Istanbul uchrashuvida imzolangan Hamkorlik toʻgʻrisida Deklaratsiya asosida tashkil topgan. Albaniya, Armaniston. Bolgariya, Gretsiya, Gruziya. Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Ruminiya, Turkiya, Ukraina aʼzo.

Tashkilotning asosiy maqsadlari doʻstona va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirish yoʻli bilan Qora dengizni tinchlik va taraqqiyot dengiziga aylantirish; ikki tomonlama va koʻp tomonlama Qora dengiz iqtisodiy hamkorligini chuqurlashtirish; iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy taraqqiyotga, shuningdek, erkin tadbirkorlikka yordam koʻrsatish; ishtirokchi mamlakatlar, ainiqsa, bozor iqtisodiyotiga oʻtish bosqichida turgan mamlakatlarning oʻziga xos iqtisodiy manfaatlariga eʼtibor berish; iqtisodiyot, sanoat, fan, texnologiyalar, atrof muhitni muhofaza qilishda hamkorlikni rivojlantirish va diversifikatsiyalash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish va boshqa Shtab kvartirasi Istanbul shahri (Turkiya)da.