Kontent qismiga oʻtish

Qorasuv (soy, Qashqadaryo viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorasuv
Tavsif
Uzunligi 33
Davlat Oʻzbekiston

QorasuvQashqadaryo viloyatidagi soy. Oqsuv daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 33 km, havzasi maydoni 139 km2. Mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,43 m3/sek. Koʻp suvli yillarda suv sarfi 2,85 m3/sek. (1969-yil), kam suvli yillarda 0,75 m3/sek.gacha oʻzgaradi (1965-yil). Eng koʻp suv sarfi (30,6 m3/sek.) 1954-yil 9 aprelda qayd etilgan. q. suvidan ekin maydonlarini sugʻorishda foydalaniladi.