Qoratepasoy
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qoratepasoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 39 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Qoratepasoy — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi soy. Uzunligi 39 km, suv toʻplash havzasi (irmoqlari Teraksoy va Sevazsoy bilan) 24,6 km². Qoratepa qishlogʻi yaqinida Omonqoʻtonsoyga Qoʻzichisoy qoʻshilib Q.ni hosil qiladi. Dargʻom kanaliga quyiladi. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Vodiy kengligi 700 m, bir-biridan ajralib turgan uch allyuvial terrasaga ega. Selga qarshi kurashish maqsadida Qoratepa qishlogʻidan 2 km quyida Qoratepa suv ombori qurilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |