Qoratumshuq
Qiyofa
Qoratumshuq - Sharqiy Pomirning janubi-sharqiy qismidagi Oqsuv daryosining oʻng sohilida joylashgan mezolit davriga oid makon (miloddan avvalgi 8— 5-ming yillik). Makonda yashagan qad. odamlar mayda toshlardan qurollar yasashgan. Q.dan 200 dan oshiq buyumlar (chopqi parchalari, nuk.; yeuss i mon kuraklar, nuk-leus-oʻroq, randalar. qirgich va boshqalar) topiltan, shulardan 80 tasi mehnat qurollari ekanligi aniklangan. Q. topilmalari ichi-da, ayniqsa. qirquvchi qurol-ponasimon tigʻ ajralib turadi. Qurollarning ancha qismini keskich buyumlar tashkil qiladi. qurollar va toshlarga ishlov berish texnikasi oʻziga xos xarakterga ega. Tosh qurollar tayyorlashning asosiy texnik usullari paleolit davri qurollariga oʻxshab ketadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |