Kontent qismiga oʻtish

Qozogʻistonning davlat ramzlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

[1]

Davlat Ramzlari – davlat mustaqilligini bildiruvchi ramziy belgilar. Davlat ramzlari maʼlum maʼnoni ifodalaydigan, oʻzaro uygʻunlikda joylashtirilgan maʼlum bir narsalarning tasvirlaridan tuziladi. Bunday ifodalar uygʻunligidan davlatning, yurtning orzu-maqsadlarini, oʻzligini anglashidan dalolat beradi.

Qozogʻistonning davlat ramzlari sifatida bayrogʻi, gerbi va madhiyasi oʻz ichiga olinadi.

Davlat ramzlari mustaqillik belgisi sifatida alohida qadrlanib, ularga yuksak maqom beriladi, shu bois davlat insonlarga davlat ramzlariga hurmat bilan qarash farzimiz ekanligini taʼkidlaydi. Ularning rangi, shakli va rasmiy foydalanish tartibi Konstitutsiya yoki konstitutsiyaviy qonunda belgilanadi (bu davlat ramzlariga yuqori maqom beradi) va qonun bilan himoyalanadi. Davlat ramzlarini qadrlash fuqarolarning davlat mustaqilligiga hurmat-ehtiromini mustahkamlab, oʻsmirlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantiradi.

Davlat ramzlari qadimda qabilalarning himoyachisi boʻlib hisoblangan totemik hayvonlar va qushlar tasvirlaridan, urugʻ va oilalar mol-mulkiga tushirilgan ramzlaridan kelib chiqqan. Minglab qoʻshinlar jang maydonida oʻz askarlarini dushmandan farqlash uchun oʻsha belgilardan foydalanganlar. Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada yuzlarigacha temir zirh bilan qoplangan ritsarlarning kimligini farqlash zaruratidan sulolaviy ramzi kelib chiqqan. Undan oldin koʻplab qadimiy shahar, davlatlarning oʻz ramzlari boʻlganligi tarixdan maʼlum. Miloddan avvalgi III ming yillikda Shumer davlatlarining sher boshli burgut tasvirlangan ramzlari boʻlgan. Gretsiyadagi Afina boyqushlari, Korinfning qanotli oti, Rodos atirgullari, Samos tovus qushlari va Vizantiyaning ikki boshli burgutlari davlat ramzlariga kiradi. Oʻzini koʻk boʻrining avlodimiz deb hisoblagan turkiy xalqlar qoʻllariga boʻri boshi tasvirlangan koʻk bayroq ushlashgan.

Qozoq xalqida har bir urugʻning oʻz mol-mulkiga tushirilgan oʻziga xos belgilari boʻlishgan. Urush paytida har bir urugʻning qoʻshinlari belgilangan joylariga oʻz urugʻining ramzi tushirilgan bayroqni koʻtarib, xon bayrogʻi ostida toʻplanishgan.

Qozogʻiston gerbi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston Respublikasining Davlat gerbi – Qozogʻiston Respublikasining asosiy davlat ramzlaridan biri. Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy yuridik kuchga ega boʻlgan „Qozogʻiston Respublikasining davlat ramzlari toʻgʻrisida“gi farmoni bilan (24.1.1996) belgilangan. Ramziy nuqtai nazardan, Qozogʻiston Respublikasi davlat gerbining asosi – shanaraq. Bu – gerbning yuragi. Shanaraq – davlat poydevori, oila timsoli. Shanaraq – Quyosh aylanasi. Aylanib harakat qilayotgan quyosh tasviri singari, Shanaraq koʻchmanchi turklar uchun uyning, oʻchoqning va oilaning timsoli. Tulpor – dala oti, erkak kishining minar oti, shamoldek chopuvchi tezkor ot, gʻalaba uchun tugamas gʻayrat, tinimsiz mehnat, mustaqillik va ozodlikka intilgan ishtiyohning timsoli. Qozoq sheʼriyatida qanotli ot keng tarqalgan obrazlardan biridir. U keng tasavvurning, ezgulikka intilishning timsoli. Qanotli ot vaqt va fazoni birlashtiradi. Bu abadiy hayotning tasviridir. Unda bir oila ostida ahil-inoq yashayotgan qozogʻistonliklarning yuksalishi, maʼnaviy boyligi, koʻp qirrali ekanligi ochib berilgan. Besh qirrali yulduz goʻyo gerb toji kabi. Har bir insonning yoʻl koʻrsatuvchi yorqin yulduzi bor. Qozogʻiston Respublikasi Davlat gerbi mualliflari – Jandarbek Malibekov va Shotaman Ualixonov.

Qozogʻiston bayrogʻi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston Respublikasining davlat bayrogʻi – Qozogʻiston Respublikasining asosiy davlat ramzlaridan biri. Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining „Qozogʻiston Respublikasining davlat ramzlari toʻgʻrisida“gi farmoni bilan (24.1.1996) tashkil etilgan. Davlat bayrogʻi moviy rangdagi toʻrtburchak shaklidagi mato. Uning markazida yorqin quyosh va quyosh ostida parvoz qilayotgan burgut tasvirlangan. Yogʻoch tutqichga bekitilgan qismida milliy naqshlar bilan tik chiziq boʻylab bezalgan. Quyosh, burgut va milliy naqshlar bilan bezatilgan bezaklar oltin rangda boʻladi. Bayroqning kengligi uning uzunligining yarmiga teng. Qozogʻiston Respublikasi davlat bayrogʻi muallifi – rassom Shaken Niyazbekov . Yagona moviy koʻk rang tepadagi bulutsiz musaffo osmonning baland gumbazini ifodalaydi va Qozogʻiston xalqining birlik, hamjihatlik yoʻliga sodiqligini koʻrsatadi. Bulutsiz moviy osmon barcha xalqlarda azaldan osoyishtalik, tinchlik va ezgulik timsoli boʻlib kelgan. Geraldika (gerbshunoslik) tilida – koʻk rang va uning turli tuslari halollik, ishonchlilik, umid kabi axloqiy fazilatlarga mos keladi. Qadimgi turkiy tilda „koʻk“ soʻzi osmon maʼnosini bildiradi. Moviy rang turkiy xalqlar uchun muqaddas tushunchadir. Turklar va dunyoning boshqa xalqlarida koʻk rangning madaniy-semiotik tarixidan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkinki, davlat bayrogʻidagi koʻk rang Qozogʻiston xalqining yangi davlatchilikka intilishlarining sof niyat, tilagini va olijanobligini koʻrsatadi. Nurli oltin quyosh tinchlik va boylikni anglatadi. Quyosh – harakat, rivojlanish, oʻsish va hayotning belgisi. Quyosh – vaqt, zamon tasviri. Qanotlari keng yoyilgan burgut – hamma narsaning boshlanishi kabi kuch-qudrat, ulugʻvorlik, jasorat ramzidir. Bepayon osmonda parvoz qilayotgan burgut Qozogʻiston Respublikasining erkinlik sevar ruhini, qozoq xalqi qalbining kengligini ochib beradi.

Qozogʻiston madhiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

right|thumb|200x200px|Qozogʻiston Respublikasining davlat madhiyasi Qozogʻistonning „ Mening Qozogʻistonim“ nomli hozirgi davlat madhiyasi 2006 yilning yanvar oyida qabul qilingan. U xuddi shu nomdagi mashhur sheʼrga asoslangan edi. Madhiya matni muallifi – Jumeken Najimedenov, bastakori – Shamshi Kaldayakov. right|thumb|200x200px|Jamal Omarovaning ijrosidagi „Mening Qozogʻistonim“ qoʻshigʻi

Ramzlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993 yil Qozogʻiston Konstitutsiyasi boʻyicha „respublika fuqarosi davlat ramzlarini – Gerb, Bayroq, Madhiyani hurmat qilishi shart“ (31-modda). 1995 yil yangi Konstitutsiya qabul qilingandan soʻng, 1996 yil 24 yanvarda Prezident farmoni sifatida respublika ramzlari toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi, u 2007 yil 4 iyunda yangi „Davlat ramzlari toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonunga almashtirildi.

Jinoyat kodeksida davlat ramzlarini haqorat qilganlik uchun javobgarlik belgilangan:

317-modda. Qozogʻiston Respublikasining davlat ramzlarini haqorat qilish

Qozogʻiston Respublikasining davlat ramzlarini haqorat qilish – bir mingdan ikki ming oylik hisob-kitob koʻrsatkichi miqdorida jarima yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

– Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat kodeksi [2]

  1. „Мемлекеттік рәміздер туралы“ (Qozoq). akorda. Qaraldi: 8-aprel 2023-yil.
  2. "Qazaqstan Respublikasiniң memlekettіk rәmіzderі turali". Qazaqstan Respublikasiniң 2007 jilgʻi 4 mausimdagʻi N 258 Konstitutsiyaliq zaңi