Qurʼon xronologiyasi
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Sahifada anʼanaviy islomiy manbalarga koʻra Qurʼon bilan bogʻliq turli voqealar xronologiyasi keltirilgan.
Voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 609-yil 22-dekabr. Islom anʼanalariga koʻra Jabroil farishta Hiro gʻorida Alaq surasini nozil qilganidan keyin Muhammad birinchi marta Qurʼon surasini oʻqigan.
- 610-yil. Muhammad ikkinchi vahiy sifatida Muddassir surasini olgan[1].
- 622-yil. Hijratdan keyingi birinchi sura Baqara nozil boʻlgan[2].
- 624-yil. Badr jangi haqida Anfol surasi nozil qilingan[3].
- 632-yil. Oxirgi sura Moida surasi nozil boʻlgan[4].
Muhammaddan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 633-yil. Abu Bakrning buyrugʻi bilan Qurʼon kitob holiga keltirilgan.
- 645-yildan avvalroq. 2015-yilda Birmingem universitetida saqlanayotgan qo‘lyozma radiokarbon tekshiruvidan oʻtkazilishi natijasida milodiy 568—645-yillar oraligʻida (islom taqvimiga ko‘ra, hijriy 56—25-yillar oralig‘ida) yozilgani aniqlangan.
- 653-yil. Qurʼon Usmon ibn Affon tomonidan kanonizatsiya qilingan[5].
- 657-yil. Siffin jangida Qurʼon sahifalari Muoviya qoʻshinlari tomonidan qilichlarga oʻralgan.
- 661—671-yillar. Qurʼonning saqlanib qolgan eng qadimiy nusxalaridan biri Sana qoʻlyozmasining radiokarbonli tekshiruvda aniqlangan taxminiy sanasi[6].
- 769-yil. Muqatil ibn Sulaymon ibn Bashiral Balxiyga oid deb hisoblanadigan ilk toʻliq tafsir. Abu Zakariya al-Farra (hijriy 207-yil) tomonidan Maoniy al-Qurʼonning (Qurʼon maʼnosi) yozilishi.
- 859-yil. Qaroviyyin universitetida eng qadimgi Qurʼon maktabi (madrasa) ochilgan[7].
- 883-yil. Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi va yirik tafsir toʻplamlaridan biri boʻlgan Tafsir at-Tabariy yozib tugallangan.
- 884-yil. Qur'onning chet tiliga birinchi toʻliq tarjimasi[8].
- 1609-yil. Toj Mahaldagi Qurʼon xattotligi Abdul Haq, aka Amanat Xon tomonidan yaratilgan.
- 1649-yil. Qirol Charlz I ruhoniysi Aleksandr Ross tomonidan Qurʼonning maʼlum boʻlgan ingliz tilidagi birinchi tarjimasi[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ When The Moon Split - Page 35
- ↑ Encyclopedia of World Religion, Johannes P. Schadé - 2006
- ↑ Saddam's Word : The Political Discourse in Iraq: 1998 Page 189
- ↑ 110. Surah An Nasr (The Help) - Sayyid Abul Ala Maududi
- ↑ Does archaeology support the Qur'an? [IsaAlMasih.net]
- ↑ Sadeghi, Behnam; Bergmann, Uwe (1 January 2010). "The Codex of a Companion of the Prophet and the Qurān of the Prophet". Arabica 57 (4): 343–436
- ↑ „Forum“. 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-may.
- ↑ „English Translations of the Quran » Crescent“. 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-may.
- ↑ "From scholarship, sailors and sects to the mills and the mosques". The Guardian (Guardian News and Media Limited). 2002-06-18