Kontent qismiga oʻtish

Qurlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qurlar

Qurlartovuqsimonlar turkumiga mansub qushlar urugʻi. 2 ta turi bor. Narining vazni 2 kg gacha, modasi 1 kg gacha. Yevropa va Osiyoning oʻrmonli va oʻrmonli dasht qismida tarqalgan. Nari qora. Koʻk va yashil tovlanadi, dumidagi chetki patlar uzunroq, ikki chetga lirasimon qayrilgan. Modasi kichikroq, qizgʻish qora holli. Uyasini yerga yasaydi. 4—13 ta tuxum qoʻyib, 23—25 kun bosadi. Joʻjalari iyun boshlarida tuxumdan chiqadi. Oʻsimlik meva va boshqa bilan oziqlanadi. Kavkaz Q.i faqat Katta va kichik Kavkaz, Turkiya, Eronga xos; birmuncha kichik. Qishda togʻdan vodiyga koʻchadi. Ovlanadi. Hozir soni kamayib bormoqsa. Kavkaz quri regional Qizil kitoblarga kiritilgan.