Qutayba Ibn Muslim ziyoratgohi
Qutayba Ibn Muslim | |
---|---|
Joylashuv | Andijon viloyati |
Material | pishgan g'isht |
Balandligi | 20 m |
Qurila boshlagan | 1973 |
Qurilish tamomlangan | 1975-yilda |
Xarita | |
Koordinatalari | 40°43′49.217″N 72°36′37.469″E / 40.73033806°N 72.61040806°E |
Qutayba Ibn Muslim ziyoratgohi – Andijon viloyati Jalaquduq tumani Qilichmozor qishlogʻida joylashgan ziyoratgoh[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qutayba Ibn Muslim 661-yilda hozirgi Iroq davlati qadimgi Shomda Boksilida tugʻilgan. U eng qadimiy arab qabilasining Bahiliy qavmidan boʻlgan. 704-yilda Xurosonga hokim etib tayinlanadi. Xalifalik hududi bilan yangi boʻysunmagan yerlar orasidagi yerlarni uzoq vaqt ajratib turgan Amudaryodan oʻtib, Qutayba qoʻshinlari 708-yilda Keshni, 709-yilda Buxoroni, 712-yilda Xorazm va Samarqandni, 713-yilda Choshni (hozirgi Toshkent) egalladi. Keyinchalik 714-yilda Qutayba Ibn Muslim Fargʻona vodiysini egallaydi[2].
Xuroson va Movarounnahr oʻlkalarida Islom dinini mustahkamlash yoʻlida jonini qurbon qilgan. U Xurosonda vafot etgan va dafn etilgan. Uning dahmasi Fargʻona vodiysida joylashgan. Qutayba Ibn Muslim 715-melodiy yili muqaddam Jalaquduq tumani Qilichmozor qishlogʻiga dafn qilingan. 1935—1936-yillarda maqbara dahriylar tomonidan buzib tashlangan. Qutayba Ibn Muslim ziyoratgohi atrofida topilayotgan meʼmoriy bezak qoplamalarining boʻlaklari tayyorlanish texnikasi va oʻlchamlariga koʻra ikki, yaʼni X—XIII va XIV—XV asrlarga tegishli ekanligini anglatadi. Ziyoratgohdan topilgan kvadrat shaklidagi pishgan gʻishtlar oʻlchamlariga koʻra Qoraxoniylar va Temuriylar davriga oid qurilish materiallari foydalanilgani bildiradi[3].
Qadimgi tarixchi Narshaxiyning qoʻlyozmasida arab sarkardasining qabrlaridan biri „Mozor-buva“ nomi bilan qayd etilgani keltirib oʻtilgan.
Fargʻona vodiysidagi Qutayba Ibn Muslim dafn etilgan joyga samarqandlik ustalar Amir Temurning buyrugʻi bilan katta maqbara barpo etishgan. Oʻsha paytda maqbaraning maydoni 5 gektar hududni egallagan boʻlib, maqbaraning oʻzi 20 metr balandlikka yetgan. Qabr ustida eng dastlabki paxsadan koʻtarilgan toʻrtburchak supasimon inshoot qayd etgan. Sifatli loydan yaxshi pishirilgan paxsa yordamida tiklangan. Paxsa juda qattiq va yaxshi saqlangan. Supasimon inshoot pishirilgan somonli loydan bir necha marta suvalib taʼmirlangan. 1935—1940-yillarda qayta taʼmirlangan. 1975-yilda Andijon viloyati rahbari Bektosh Raximov boshchiligida qabr ustiga maqbara qurdirgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Andijon viloyatidagi ziyoratgohlar“. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.