Raʻnojon Zaripova
Raʼnojon Zaripova | |
---|---|
Tavalludi |
6-mart 1951-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | jurnalist |
Mukofotlari | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist |
Raʼnojon Zaripova — (1951-yil, 6-mart, Xorazm, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raʼnojon Zaripova 1951-yil 6-martda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. U 1973-yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida O’zbekiston televedeniyesi muharriri (1974—1987), „Qishloq haqiqati“ gazetasi muxbiri (1987—1990), „Sihat-salomatlik“ jurnali muharriri (1990—1992), Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi ilmiy-ommabop va maʼrifiy koʻrsatuvlar bosh tahririyati katta muharriri (1992—1996), „Saodat“ va „Sogʻlom avlod uchun“ jurnali boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, mas’ul kotib, (1996—2000), „Sogʻlom avlod“ gazetasining bosh muharriri (2000—2005), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi (2004—2010), „Sogʻlom avlod“ gazetasi loyiha rahbari (2010—2017), 2017-yildan „Sogʻlom ona va bola“ markazi nodavlat-notijorat tashkiloti rahbari, „gujum.uz“ internet nashri rahbari kabi lavozimlarda ishlab kelmoqda[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raʼnojon Zaripovaning „Ayol, oila, jamiyat“, „Davr va qayta qurish“, „Boychechak“, „Ayolga ehtirom“, „Chashma“, „Barhayot nomlar“, „El eʼzozlagan ayollar“, „Bola-aziz, ona- moʻtabar“, „Barhayot nomlar“ nomli toʻplamlari, „Harorat“, „Onaginam“, „Yurt qoʻshiqlari“ kabi asarlari nashr etilgan. U „Qissasi Rabgʻuziy“ asari tabdilini tayyorlagan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raʼnojon Zaripova „Ayol buyuk zot“, „Istiqlol: zamonamiz qahramonlari“, "Eng aziz va eng ulugʻ, „Atirgul“ kabi tanlovlar gʻolibi, shuningdek, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi laureati, 2004-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoni, „Oʻzbekiston mustaqilligiga 10 yil“, „Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil“ estalik mukofoti va 2021-yil „Mo‘tabar ayol“[2] ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5.
- ↑ “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni egalariga topshirildi