Rafael Nektalov
Rafael Borisovich Nektalov | |
---|---|
Tavalludi |
1956-yil |
Fuqaroligi |
SSSR → Oʻzbekiston → AQSh |
Kasbi | musiqashunos, publitsist, jurnalist, „The Bukharian Times“ gazetasi bosh muharriri |
Rafael Borisovich Nektalov — sovet, oʻzbek va amerikalik jamoat arbobi, musiqashunos, publitsist va jurnalist. Buxorolik-yahudiy yozuvchilar uyushmasi raisi boʻlgan. Hozirda Nyu-Yorkda haftalik nashr etiladigan „The Bukharian Times“ gazetasi bosh muharriri. Buxorolik-yahudiylarining mashhur vakillaridan biri hisoblanadi.
Rafael Nektalov 1956 yilda Samarqand shahrida, buxoriyalik yahudiylar oilasida tug‘ilgan. 1980 yilda Toshkent konservatoriyasini tamomlagan. Samarqand davlat pedagogika institutida dars bergan. SSSR parchalanganidan soʻng, buxorlik yahudiylar va boshqa yahudiylarning sobiq SSSR respublikalaridan ommaviy immigratsiyasi munosabati bilan 1993 yilda Rafael Nektalov doimiy yashash uchun AQShga koʻchib oʻtdi. Hozirgacha u yerda yashaydi. 1994-1997 yillarda AQShda Nyu-Yorkdagi Most gazetasida, 2000-2001 yillarda rus tilidagi „Vosxod“ gazetasida, 2001 yilda Beth Arachon gazetasida muharrir boʻlib ishlagan. 2002 yildan buyon buxoriyalik yahudiy jamiyatining dunyodagi eng yirik gazetalaridan biri — The Bukharian Times haftalik gazetasining bosh muharriri.
Mashhur xonanda va sozanda Gavriel Aronovich Mulloqandovga bagʻishlangan „Gavriel Mulloqandov“ (1993), „Avner Mulloqandov“ (2004) va „Qoʻshiq uchun tugʻilganlar“ (2006) kitoblari muallifi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Osiyo-Isroil Jahon portali. Nektalov Rafael Borisovich[sayt ishlamaydi] Arxivnaya kopiya -da
- „Bukharian Times“ning 558-soni: Nektalovlar oilasining ikki asri. (Wayback Machine saytida 2018-11-23 sanasida arxivlangan)
- „Amerika Ovozi“ oʻzbek xizmatining The Bukharian Times gazetasidagi reportaji va Rafael Nektalovning intervyusi (oʻzbek tilida)