Kontent qismiga oʻtish

Farogʻat Rahmatova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahmatova Farogʻatdan yoʻnaltirildi)
Farogʻat Rahmatova
Tavalludi 25-may 1926-yil
Vafoti 2014-yil
Toshkent
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Kasbi xonanda
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Farogʻat Rahmatova (1926-yil 25-may — Qarshi, 2014-yil — Toshkent) — aktrisa va xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1964).

Konservatoriyaning tayyorlov kursini tugatgan (1944—45). Ijodiy faoliyatini Qashqadaryo teatrida „Yoriltosh“ spektaklida Oymomo rolini ijrosi bilan boshlagan (1940). Keyinchalik Buxoro teatrida (Shirin, „Farhod va Shirin“; Muhabbat, „Davron ota“), Toshsovet nomidagi Yangiyoʻl teatrida (Oksana, „Qoʻchqor Turdiyev“; Guloyim, „Muqanna“; Zuhra, „Tohir va Zuxra“, Guljon, „Nasriddin Buxoroda“; Oftobxon, „Oftobxon“ va boshqalar)’ ishlagan. 1948-yil Toshsovet teatri Muqimiy teatriga qoʻshilgandan buyon, shu teatr aktrisasi. Teatr sahnasida rang-barang obrazlar yaratib elga tanildi: Sarvi (Uygʻun; M. Leviyev, „Oltin koʻl“,) Oybarchin (S. Abdulla; T. Jalilov, „Alpomish“), Darijon (T. Sobirov; M. Yusupov, „Uch bahodir“), Sanam (A. Bobojon; M. Yusupov, „Aziz va Sanam“), Obidaxon (S. Abdulla; T. Jalilov, G. Mushel, „Mavlono Muqimiy“), Zulxumor (Komil Yashin; T. Jalilov, „Ravshan va Zulxumor“), Kumush (D. Fayziy, „Zarafshon qizi“), Risolat pari (H. Gʻulom; M. Leviyev, „Toshbolta oshiq“), Hayotxon (M. Ismoiliy; D. Soatqulov, „Fargʻona tong otguncha“), Ona (X. Rasul; M, Yusupov, „Muqaddas diyor“; R. Maʼdiyev; B. Lutfullayev, „Takdir“), Zubayda (R. Maʼdiyev; F. Olimov, „Devona“) va boshqa Uning qaxramonlari hissiyotlarga boyligi, holatlarining anikligi, taʼsirchanligi, nozik oʻynoqi qochirimlari, oʻziga xos talqin1; bilan ajralib turadi. R. xonanda sifatida ham el orasida mashhur. „Diyorimsan“, „Goʻzal“, „Tuprogʻim mening“, „Yoring unutma“, „Yordan salom kelibdir“, „Vafo qilsa“, „Onajon“, „Unutma“, „Gul mavsumi“, „Dugoh“ kabi qoʻshiq va ashulalarning betakror ijrochisi. „Mehnat shuxrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1992)[1].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1926-yil 25-may sanasida Qarshi shahrida tugʻilgan. Otasi kosib boʻlib oila boqqan[2].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Rahmatova, Farogʻat „Farogʻat Rahmatova“. arboblar.uz. Qaraldi: 15-may 2023-yil.

https://arboblar.uz/uz/people/rakhmatova-farogat