Rainbow
"Rainbow" kemasi
| |
Tarix | |
---|---|
AQSH | |
Nomi: | Rainbow kemasi |
Egasi: | Howland & Aspinwall |
Quruvchisi: | Smith & Dimon, New York |
Dengizga tushirilishi: | 1845-yil |
Qismati: | 1848-yil 17-martda yoki undan keyin g'oyib bo'lgan |
Umumiy tavsif | |
Sinfi va turi: | yuk tashuvchi kema |
Vazni: | 757 tonna |
Uzunligi: | 159 ft 0 in (48.46 m) |
Eni: | 31 ft 10 in (9.70 m) |
Suvga botishi: | 18 ft 4 in (5.59 m)[1] |
Harakatga keltiruvchi kuch: | Dengizchilar |
„Rainbow“ yuk tashuvchi kemasi 1845-yilda New Yorkda yaratilgan yelkanli kemaning bir turi. „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasi „Howland & Aspinwall“ firmasi tomonidan yaratilgan.
Yuk tashuvchi kema
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Rainbow" yuk tashuvchi kema hisoblangan. Kema 1845-yilda John W. Griffitsning gʻoyalariga muvofiq qurilgan va keyingi yili „Sea Witch“ nomli yuk tashish kemasi bilan birgalikda dengizga chiqarilgan. Ikkala kema ham AQShning dengiz savdosidagi qudratiga yetarllicha taʼsir koʻrsatgan[2]. Dastlabki taxminlarda, „Rainbow“ yuk tashish kemasi birinchi safari chogʻida ketadi degan boʻlsa-da, kemaning keyingi muvaffaqiyati Boston, New York, Filadelfiya va Britaniya ishlab chiqarish kompaniyalaridagi kemasozlik sohasida yangi dizayn sifatida qabul qilinishiga olib keldi[3].
Dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Rainbow" yuk tashish kemasining dizayni yuk tashish hajmini tezlik foydasiga ishlatish konsepsiyasi asosida yaratilgan. Griffitsning gʻoyalariga koʻra, "Rainbow" yuk tashish kemasi suv ustidagi kamonning choʻzilishi, oldinga tanasining tortilishi va oʻtkirlashishi va eng katta enini orqaga (oldingi dizaynlarga qaraganda orqaga, oldinga emas) oʻz ichiga oladi[4]. Yuqoridagi oʻzgarishlar "Rainbow" yuk tashish kemasining suvga chidamliligini minimallashtirishga taʼsir koʻrsatdi. "Rainbow" yuk tashuvchi kemasini John W. Griffits oʻzining oldingi kemasining („Ann McKim“) dizaynnini oʻrganib chiqqanidan soʻng yaratgan[5].
Dengizga chiqarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Rainbow" yuk tashuvchi kemasi har jihatdan ajoyib kema ekanligini isbotlangan, eng muhimi, u juda tez edi[6].
Birinchi dengiz safari davomida „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasini kapitan Land boshqargan. „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasi New Yorkka 1845-yil 19-sentyabrda qaytib kelgan. „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasi oʻzining birinchi dengiz safarida 7 oy va 17 kun dengizda boʻlgan[7].
Xitoyga ikkinchi safarida „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasi atigi toʻqson ikki kun ichida shimoli-sharqiy mussonga qarshi chiqdi va 1848-yil 29-fevralda New York shahriga qaytib keldi va shamolda yaxshi suzish qobiliyatini namoyish etdi. Oʻshandan beri juda kam sonli yuk tashish kemalari „Rainbow“dan koʻra yaxshiroq natijaga erisha olishgan[8].
Gʻoyib boʻlish
[tahrir | manbasini tahrirlash]1848-yil 17-martda „Sea Witch“ nomli yuk tashish kemasi New Yorkka yetib keldi va Kantondan AQShgacha boʻlgan masofani 77 kunda bosib oʻtish rekordini oʻrnatdi.
Oʻsha kuni „Rainbow“ yuk tashish kemasi New Yorkdan Valparaiso va Xitoyga beshinchi safarini kapitan Hayes boshchiligida boshlagan edi. „Rainbow“ yuk tashish kemasi New Yorkni tark etganidan soʻng qaytib kelmagan va uni hech qayerdan topishning iloji boʻlmagan. Uni Keyp Horn yaqinida gʻoyib boʻlgan deb taxmin qilishadi[9].
Rangi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshqa kemalardan farqlash uchun „Rainbow“ yuk tashuvchi kemasining pastki qismi yashil rangga boʻyalgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bruzelius, Lars „Sailing Ships: Rainbow (1845)“. The Maritime History Virtual Archives (1996-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 25-mart.
- ↑ Crothers, William L (1997), The American-Built Clipper Ship, 1850-56: Characteristics, Construction and Details, Camden, ME: International Marine, ix-bet
- ↑ Van Metre, Thurman William (1921), Economic history of the United States, New York: H. Holt and Company, 367–368-bet
- ↑ THE CLIPPER SHIP ERA, Clarke, Arthur H., 1912
- ↑ McNeese, Tim. Clippers and whaling ships. New York : Crestwood House; Toronto : Maxwell Macmillan; New York : Maxwell Macmillan International, 1993 — 10-11-bet. ISBN 0896867358.
- ↑ Clark, A H (1912), „Early Clipper Ships, 1842-1848“, The clipper ship era; An epitome of famous American and British clipper ships, their owners, builders, commanders and crews, 1843-1869, New York: G.P. Putnam's Sons, 67-bet, ISBN 9780598281166
- ↑ Cutler, Carl C. (1967) [1930], „The New China Packets“, Greyhounds of the Sea, the Story of the American Clipper Ship, Annapolis, MD: United States Naval Institute, 119–120-bet
- ↑ Cutler, Carl C. (1967) [1930], „The New China Packets“, Greyhounds of the Sea, the Story of the American Clipper Ship, Annapolis, MD: United States Naval Institute, 131-bet
- ↑ Clark, A H (1912), „Early Clipper Ships, 1842-1848“, The clipper ship era; An epitome of famous American and British clipper ships, their owners, builders, commanders and crews, 1843-1869, New York: G.P. Putnam's Sons, 67–68-bet, ISBN 9780598281166