Kontent qismiga oʻtish

Rajabquli Otayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rajabquli Otayev
Tavalludi 1920-yil 18-aprel
Kurt, Xiva xonligi
Vafoti 1972-yil 11-dekabr (52-yosh)
Turkmaniston SSR
Fuqaroligi sovet
Partiyasi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi
Mukofotlari

Lenin ordeni, Oktyabr Inqilobi ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, Stalin mukofoti,

Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Otayev Rajabquli (1920-yil 18-aprel, Xiva xonligi – 1972-yil 11-dekabr Turkmaniston SSR)[1] – Sovet davlatining iqtisodiy va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

1920-yilda Xiva xonligining Kurt qishlogʻida tugʻilgan. 1948-yildan KPSS(Kommunisticheskaya partiya Sovetskogo Soyúza) yaʼni Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi.

1940-yildan – SSSR davlatining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faoliyatidagi muhim shaxslardan bir hisoblanadi. 1940—1972-yillarda Ilyalin tumanidagi Stalin nomidagi kolxoz ombor mudiri, hisobchi, Tashauz kolxozi ijroiya qoʻmitasi raisi (1959—1961-yillarda), Turkmaniston Kommunistik partiyasi Ilyalinskiy tuman qoʻmitasining birinchi kotibi, Bolshevik kolxozi raisi, Kalinin kolxozi raisi lavozimlarida ishlagan[2].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1950-yil 30-iyundagi farmoni bilan unga Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali bilan birgalikda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.

Vaqtinchalik sugʻorish kanallaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga yangi sugʻorish usullarini joriy qilganiligi uchun 1951-yilda jamoa tarkibida qishloq xoʻjaligi boʻyicha 3-darajali Stalin mukofoti bilan taqdirlangan.

Turkmaniston SSR Oliy Kengashining 3, 4, 5, 7-chaqiriqlarida deputat sifatida ishtirok etgan. KPSS 19-syezdida esa delegat sifatida ishtirok etgan[3]. Toshoʻgʻuz viloyatining Oqtepa rayonida Otayev Rajabquli nomidagi shaharcha bor.

1972-yil 11-dekabrda Kurt qishlogʻida vafot etgan. Oilali, 2 oʻgʻil va 4 qizi boʻlgan.

Lenin ordeni (1950-yil 30-iyun; 1957-yil 14-fevral)

Oktyabr Inqilobi ordeni (1971-yil 8-aprel)

Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1965-yil 16-mart)

O‘roq va Bolg‘a oltin medali (1950-yil 30-iyun)

Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1950-yil 30-iyun)

3-darajali Stalin mukofoti (1951-yil)[1]

  1. 1,0 1,1 „Атаев Реджепкулы. Сайт «Герои страны».“.
  2. Turkmenskaya Sovetskaya Ensiklopediya : [V 10-ti t.] / AN TSSR, Gl. red. N. V. Atamamedov. – Ashxabad : Gl. red. Turkm. Sov. Ensikl. – 26 sm. – T. 1. – S. 218
  3. „Делегат XIX съезда КПСС.“.