Rakat koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yakkasaroy |
Uzunligi | 1.5 km |
Avvalgi nomlari | Shopoʻlat Abdullaev koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Tarixiy nomi |
Koʻchada joylashgan binolar |
Mirzo Ulugʻbek nomidagi xalqaro maktab 135-maktab 6-bogʻcha |
Rakat koʻchasi — Yakkasaroy tumanining „Rakat“ va Abdulla Avloniy mahallalari hududida. Bobur va M. Hojinova koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 1,5 km atrofida. Askiya, Jamshid Shoshiy, Imom at-Termiziy, Botir Boboev koʻchalari bilan kesishgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XX asrning 1-yarmida tashkil topgan. 1971-yil 22-oktabrdan Shopoʻlat Abdullaev nomi bilan atalgan. 2008-yil 2-sentabrda joyning tarixiy nomi sifatida hamda joydagi asosiy koʻcha nomini mahalla nomi bilan uygʻunlashtirish maqsadida „Rakat“ nomi berilgan[1].
Binolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoʻnalishida 135-maktab, 6-bogʻcha, Mirzo Ulugʻbek nomidagi xalqaro maktab, engil sanoat kasb-hunar kolleji, tuman xalq banki filiali, savdo shoxobchalari, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, "Askiya" bozori, Doʻstlik (sobiq Bobur) nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, „Tabassum“ kafesi joylashgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rakat koʻchalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.