Rakurs
Qiyofa
Rakurs (fransuzcha: „raccourcir“ — qisqartirmoq) — tasviriy sanʼatda turli narsalarni perspektiv qisqartirib aks ettirish. Bezak rassomligida rakurs fazoviy kenglik va harakatni oʻta samarali koʻrsatish uchun qoʻllanadi. Meʼmoriy inshootlar (shift, gumbaz kabilar)ning rasmi chizilayotganda bino toʻgʻrisida kishida toʻgʻri tasavvur hosil qilish uchun rakurs meʼyoriga alohida eʼtibor beriladi. Kino sanʼatida — bir joyda turgan yoki harakatdagi kinokamera orqali bir obʼyektning turli tomonlardan suratga olinishi. Voqeani, kishini har tomonlama koʻrsatish imkonini beradi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |