Ramon de Kampoamor
Ramon de Kampoamor | |
---|---|
Tavalludi |
1817-yil 24-sentyabr |
Vafoti |
1901-yil 11-fevral Madrid, Ispaniya |
Fuqaroligi | Andoza:SPA |
Ramon Mariya de las Mersedes de Kampoamor-i-Kampoozorio (isp. Ramón de Campoamor y Campoosorio; 1817-yil 24-sentyabr, Naviya, Asturiya – 1901-yil 11-fevral, Madrid) – taniqli ispan shoiri, dramaturg, faylasuf, davlat va jamoat arbobi. Qirollik ispan tili akademiyasi aʼzosi[1].
Ispaniya adabiyotida realizmning taniqli vakili. Ispaniyadagi eng mashhur romantik shoirlardan biri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kampoamor dvoryan oilasida tugʻilgan, iyezuitlar maktabida oʻqigan. Keyin Madrid universitetida tibbiyotni oʻrgangan.
Bir necha marta kortes deputati etib saylangan, turli yuqori davlat maʼmuriy lavozimlarida ishlagan. Castellón de la Plana, Alicante va Valenciada gubernator boʻlib ishlagan.
Siyosatda konservativ mafkura tarafdori edi. U gazetalarda demokratiya koʻrinishlariga qarshi faol kurash olib bordi. Alohida kitobda chop etilgan bir qator munozarali maqolalar muallifi: „Polemicas con la Democracia“ (1862).
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kampoamorning merosi keng, u turli janrlarda oʻzini sinab koʻrgan. Shoirning „Kolumb“ (1853) va „Jahon dramasi“ (1869) epik dostonlari bor. Uning lirik merosi, odatda, ikki qismga: she’r va masalga boʻlinadi.
R.Kampoamorning poetik qarashlari romantizm (avvalo, J.Bayron va V.Gyugo) taʼsirida shakllangan: „Muhabbat va gullar“ („Ternezas y floras“ 1840), „Koʻngil yigʻisi“ („Ayes del alma“ 1842) va boshqa sheʼriy toʻplamlari mavjud.
Shoir sifatida R.Kampoamorning oʻziga xos xususiyatlari – oʻziga xoslik va tahlilga katta moyillik, sheʼriyatga metafizik va falsafiy tus berish, falsafiy intilishlardir.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kosta-blankadagi koʻcha va aholi punkti Kampoamor nomi bilan atalgan[2].
Shoirning vatanida unga atab yodgorlik oʻrnatilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Рамон де Кампоамор“. 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.
- ↑ „Кампоамор (Саmpоamor) — целое поле любви“. 2016-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.