Kontent qismiga oʻtish

William Ramsay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ramzay Uilyamdan yoʻnaltirildi)
William Ramsay

William Ramsay (talaffuzi: Uilyam Ramsay) (1852.2.10, Glazgo — 1916.23.7, Xau-Uikom) — ingliz kimyogari va fizigi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1988). Bristol (1880—87) va London universiteti professor (1887—1913). Ilmiy ishlari fizik, anorganik va organik kimyoga oid. Suyukliklarning mol.m. ni ularning sirt tarangligiga koʻra aniqlash usulini (1883) taklif qilgan. J.U.Rele bilan hamkorlikda argonni kashf etgan (1894). U. Kruks bilan hamkorlikda Yerda geliy mavjudligini isbotlagan (1895). M.U.Travers bilan hamkorlikda neon, kripton va ksenonni kashf qilgan (1898). F. Soddi bilan hamkorlikda radioaktiv elementlarning oʻz-oʻzidan yemirilishi va boshqa elementlarning izotoplariga aylanishini amalda aniqlagan (1903). Ilk bor turli metallarga azarracha taʼsir ettirib, ularni sunʼiy ravishda boshqa elementlarga aylantirishga urinib koʻrgan. Mikrotorozi ixtiro qilgan (1910). D.I.Mendeleyevga bogʻliq boʻlmagan holda koʻmirni yer ostida gazga ailantirish gʻoyasini olgʻa surgan (1912). London kimyo jamiyati prezidenti (1907—09). Nobel mukofoti laureati (1904)[1][2].

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil