Kontent qismiga oʻtish

Rashid Malikov

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rashid Malikov
Tavalludi 3-iyul 1958-yil (1958-07-03) (66 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor, rejissyor va ssenariynavis
Filmlari „Togʻa“, „Sabot“, „Klinika“ va „Tutqunlik“
Bolalari 2
Mukofotlari [1][2]

Rashid Malikov – oʻzbek aktyori, rejissyori, ssenariynavisi, „Oʻzbekkino“ badiiy kengashi va Rossiya Kinematograflar gildiyasi aʼzosi[3][4][5]. U „Chinor ostidagi duel“ va „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ filmlarida aktyorlik, „Tog‘a“, „Sabot“ va „Tutqunlik“ filmlarida esa rejissyorlik qilgan[6][7][8].

Rashid Malikov 1958-yil 3-iyulda Moskva shahrida shifokorlar oilasida tavallud topgan. Malikovning otasi stomatolog, onasi shifokor boʻlgan. U dastlab, shifokor boʻlishni orzu qilgan va 1975-yil Toshkent tibbiyot institutiga oʻqishga kirgan, 1980-yilda uni tamomlagan[9]. Ammo, u hech qachon tibbiyot sohasida ishlamagan. 1981-1986-yillari Malikov Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakultetida tahsil olgan[10]. 1985-yil „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ va „Suyunchi“ filmlarida kichik epizodlarni ijro etgan. 1986-yil kinematografiya institutini tugatib, Oʻzbekistonga qaytib kelgan[11]. Uning aktyorlik faoliyati 1979-yilda „Chinor ostidagi duel“ filmidagi „Nortoy“ bosh rolini ijro etishdan boshlangan[12]. 1993-yilda Rashid Malikov AQShda Film in USA dasturi doirasida malaka oshirgan[13][14].

1987-yilda Rashid Malikov oʻzi ssenariylashtirgan „Klinika“ badiiy filmiga rejissyorlik qilgan[15].

2013-yilda Malikov Timofey Tribuntsev, Svetlana Ivanova va Ilya Lyubimov qatnashgan „Jenskiy den“ romantik komediya filmiga rejissyorlik qilgan[16][17][18].

2017-yilda suratga olingan „Sabot“ badiiy filmiga Malikov rejissyorlik qilgan[19]. Film 2018-yil Rossiya xalqaro kinofestivalida taqdim etilgan va moskvalik tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻlgan[20][21].

2018-yilda Muhlisa Azizova tomonidan suratga olingan, Rashid Malikov, Abduhamil Sodiqov va Bob Underwoodlar jangari, drama va triller janrlardagi Scorpion filmining ssenariynavislari hisoblanadi[22][23][24][25].

2021-yilda suratga olingan, drama janriga oid Tutqunlik badiiy filmiga Rashid Malikov bosh rejissyorlik qilgan[26].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nom Janr
1986 Pravila xoroshego tona Qisqa metrajli film
1987 Klinika Drama
1989 Neveroyatniy sluchay[27] Fantastika, komediya
1991 Polunochniy blyuz Melodrama, detektiv
1992 Tayna paporotnikov Drama
1992 Qirq quloq siri[28] Drama
1997 Peshiy Drama
2008 Konstantinopol
2008 Planeta pravoslaviya Hujjatli film
2009 Utrenniy veter
2013 Jenskiy den Melodrama, komediya
2014 Togʻa[29][30]
2017 Svideteli Detektiv
2018 Sabot[31][32] Drama
2019 Sumbul
2021 Tutqunlik[33] Drama, jangari, tarixiy film
2024 Paxta[34][35] Drama
2024 Qariqiz[36]
Yil Film Rol Janr
1979 Chinor ostidagi duel[37][38] Nortoy Melodrama
1979 Loshadi pod lunoy Oktam
1980 Afsonaviy qiz Abduvahob Tarixiy film
1982 Suyunchi Student Drama
1984 Kelinlar qoʻzgʻaloni[39][40] Toʻxtasin Melodrama
1986 O tom, chego ne bilo[41] Drama
1989 Vojd na odnu smenu[42] Drama
1992 Nulevoy variant[43] Xodjayev Jangari film
1997 Piyoda Drama
2002 Drongo[44] Jangari film
2007 Sogʻinch soxili Drama

Rashid Malikov 1986-yil „Pravila xoroshego tona“ qisqa metrajli filmi uchun Moskva yosh kinematograflar festivali mukofotini, 1988-yil „Klinika“ filmi uchun Lenin Komsomoli mukofotini, 1991-yil „Tungi blyuz“ filimi uchun Ashxobod xalqaro kinofestivalining bosh mukofotini, 2014-yil „Togʻa“ nomli filmi uchun Rossiyadagi „V krugu semi“ xalqaro kinofestivalining bosh mukofotini, 2018-yil „Sabot“ filmi uchun Rossiya kinematografchilari ittifoqining kinoshunoslar va kinotanqidchilar gildiyasi sovrinini, Kinoklublar federatsiyasi diplomini qoʻlga kiritgan[45][46][47]. Malikov 2019-yil „Sabot“ filmida rejissyorligi uchun „Eng yaxshi rejissorlik ishi“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan[48][49]. 2022-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida Rashid Malikov „Do‘stlik“ ordeni bilan mukofotlangan[50][51].

Rashid Malikovning kinoteatrlarning kelajagi haqida Gazeta.uz muxbiriga bergan intervyusidan:

Mening shaxsiy bashoratim shuki, vaqti kelib kinoteatrlar ommaviy ravishda yopiladi va filmlar Netflix kabi striming platformalariga oʻtadi.


Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rashid Malikov ikki farzandning otasi. Ularning biri qiz, biri oʻgʻil[52].

  1. „Davlat unvoni bilan mukofotlangan kinoijodkorlar e’tirof etildi“. uzbkino.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  2. YouTube logotipi Rashid Malikov “Do‘stlik” ordeni sohibi! YouTubeda
  3. „Интервью с Рашидом Маликовым: «Главное заблуждение — что кино может снимать каждый»“. afisha.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  4. „O'zbekiston Marketing Uyushmasining eksperti Malikov Rashid“. marketing.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  5. „Рашид Маликов“. uzbkino.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  6. „Rashid Malikov: "Qo‘limda bo‘lsa, xontaxta filmlarni man qilardim"“. www.bbc.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  7. „Рашид Маликов“. www.kinomania.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  8. „‘Sabot - Rashid Malikov ’“. bozar.be. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  9. „Рашид Маликов биография“. www.kinoexpert.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  10. YouTube logotipi Рашид Маликов - Современное кино Центральной Азии - Узбекистан [english subtitles (ролик перезалит)] YouTubeda
  11. YouTube logotipi RASHID MALIKOV KINO, YOSHLAR VA O'ZBEK MIGRANTLARI TO‘G‘RISIDA SO‘ZLADI YouTubeda
  12. YouTube logotipi Kino sirlari - Chinor ostidagi duel filmidagi Nortoy nimalar bilan band Rashid Malikov YouTubeda
  13. „Rashid Malikov O‘zbekistonda bir mavzuda film ishlash «moda» bo‘lishi haqida - «Hozir filmlarning 90 foizi tarixiy mavzuda»“. kun.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  14.  Rashid Malikov bilan suhbat(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  15. „Рашид Маликов“. www.vokrug.tv. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  16. „Женский день“. www.vokrug.tv. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  17. „Женский день (2013)“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  18. „Женский день (2013)“. www.kinopoisk.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  19. „Стойкость“. www.vokrug.tv. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  20. „"Sabot": O‘zbekiston kinosining Rossiyaga zafarli qaytishi“. oz.sputniknews.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  21. „Rashid Malikov: “Sabot”ning g‘alabasi butun o‘zbek kinematografiyasiga tegishlidir! (Intervyu)“. zamin.uz. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  22. „“Scorpion”: ishonchsiz va soxta epizodlar, nooriginal g'oya...“. zamin.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  23. „«Scorpion» trilleri o‘zbek kinosida yangi davrni boshlab beradi“. xabar.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  24. „«SCORPION» haqida eshitganmisiz? Filmni kinoteatrda tomosha qilish uchun 5ta sabab“. kun.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  25. „Uzoq kutilgan film: "Scorpion" nega zerikarli, mantiqsiz va tushunarsiz?“. aniq.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  26. „Rashid Malikov: Menga chiroyli fotomodellar kerak emas edi...“. www.facebook.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  27. „Neveroyatnyy sluchay“. moviepilot.de. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  28. „Qirq quloq siri“. imdb.com. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  29. „1980-yillar haqida hikoya qiluvchi “Tog‘a” filmining premyerasi o‘tkazildi“. daryo.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  30. „Tog'a (o'zbek film)“. youtube.com. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  31. „“Sabot” filmi Markaziy Osiyoning onlayn namoyishlarida ishtirok etadi“. yuz.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  32. „Jahon kinosanʼatida hanuz dastxati yoʻq, xato, xulosa va saboq orasidagi oʻzbek kinosi haqida mutaxassis tahlili“. oyina.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  33. „O‘zbek kinoijodkorlari Turkiyada“. zamon.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  34.  “Paxta” filmining tasvirga olish ishlari boshlandi(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  35. „Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan “Paxta” filmini suratga olishning ilk kuni boshlandi.“. instagram.com. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  36.  Shifokorlar haqida yana bir film suratga olinmoqda(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  37.  “Chinor ostidagi duel ” badiiy filmi.(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  38. „Chinor tagidagi duel“. itv.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  39. „Kelinlar qo'zg'oloni (o'zbek film)“. ok.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  40. „Kelinlar qo'zg'oloni“. cinerama.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  41. „О том, чего не было (1986)“. hi-fi.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  42. „Вождь на одну смену“. kinomania.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  43. „Nulevoy variant“. w140.zona.plus. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  44. „Дронго (сериал, 2002)“. film.ru. Qaraldi: 25-oktabr 2024-yil.
  45. „Рашид Маликов“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  46. „Rejissor Rashid Malikov Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan xafsalasi pir bo‘lgani haqida so‘zlab berdi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  47. „Grands prix are ahead of uzbek filmmakers“. uzairways.com. Qaraldi: 23-oktabr 2024-yil.
  48. YouTube logotipi Oltin humo milliy kinotaqdimotida eng yaxshi kinoijodkorlar taqdirlandi YouTubeda
  49. „Rashid Malikov: “Sabot”ning g`alabasi butun o`zbek kinematografiyasiga tegishlidir!)“. darakchi.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  50. „Bayramoldi bir guruh fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat xodimlari unvonlar bilan siylandi“. Qalampir.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  51. „Кино олами“. facebook.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  52. YouTube logotipi MTV Show - Rashid Malikov YouTubeda
  • Matyakubov X.X. Oʻzbekistonning eng yangi tarixi. Toshkent: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2021 — 140-bet. 
  • „Mustaqillik yillari mamlakatimizda kino va milliy qо'shiqchilik sohalarining rivojlanishi“. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xabarlari. Toshkent: O‘zDSMI. 2021.
Ushbu maqolani tinglang (6 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 12-oktyabr, 2024-yil(2024-10-12) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.