Rastr
Qiyofa
Rastr (lotincha: raster — xaskash) — parallel yorugʻlik dastasi tuzilishini uzgartirish uchun bir xil tipli elementlar (linzalar, teshiklar, prizmalar va boshqalar)dan tuzilgan toʻr; bir-biriga yelimlab biriktirilgan 2 ta koʻzgu oynasidan iborat optik asbob. Oynaga ok va qora parallel chiziqlardan mayda tur tushirilgan. Ishlatilishiga qarab, shaffof va qaytargichli xillarga boʻlinadi. R. tasvirni koʻpaytirishi, koʻplab elementar qismlar yoyilishi, butun holatdagi tasvirni yaratishi mumkin. R. matbaada (oqqora va rangli tasvirlarni bosishda, stereoskopik tasvirlar hosil qilishda), kinotexnika, videotexnika va boshqalarda foydalaniladi (yana qarang Avtotipiya).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |