Ratsional tenglama
Qiyofa
Ratsional tenglama — ratsional ifodalardan tuzilgan tenglama. Agar f(x) va g(x) ratsional ifodalar boʻlsa,
tenglama ratsional tenglama deyiladi. Bunda agar f(x) va g(x) butun ifodalar boʻlsa, tenglama butun tenglama deyiladi. Agar f(x), g(x) ifodalardan hech boʻlmaganda biri kasr ifoda boʻlsa, f(x)=g(x) ratsional tenglama yoki kasr tenglama deyiladi. Chiziqli, kvadrat tenglamalar butun tenglamalardir.
Yechish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ratsional tenglamani yechish uchun:
- Barcha kasrlarning umumiy maxraji topiladi;
- Berilgan tenglamaning ikkala tomonini umumiy maxrajga koʻpaytirib, butun tenglamaga keltiriladi;
- Hosil qilingan butun tenglama yechiladi;
- Uning ildizlari ichidan umumiy maxrajni nolga aylantiradiganlari chiqariladi (tashlab yuboriladi).