Rayhon Saparova
Qiyofa
Rayhon Saparova (1948.15.7, Nukus) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1971). 1971—86 yillar Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida, 1986-yildan Qoraqalpogʻiston yosh tomoshabinlar teatrida aktrisa (1986—2000-yillar badiiy rahbar). Asosiy rollari: Turdigul ("Jumagul"), Xoisha ("Suymaganga suykanma"), Hurliqo ("Oshiq Gʻarib"), FatmaIsmoil ("Abu Rayhon Beruniy"), Zumrad ("Uz arizasiga koʻra"), Klementino ("Oti oʻchsin"), Bahor ("Yurak oʻti soʻnmasin"), Oysha ("Kelin"), Gulziyra ("Onalar"), Zubarjat ("Oy tutilgan tunda").[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |