Rebeka Kim
Rebeka Kim | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Koreya Respublikasi |
Tavalludi |
27-yanvar 1998-yil Vilnius, Lithuania |
Boʻyi | 1.60 m (5 ft 3 in) |
Sherigi | Kirill Minov |
Uchishni boshlagan | 2006 |
Yakunlagan | 2016 |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) | 137.28 |
Qisqa raqs | 55.33 |
Erkin raqs | 86.02 |
Rebeka Kim (hangulcha: 김레베카; 1998-yil 27-yanvarda tugʻilgan) — Janubiy Koreya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosasi. Sherigi Kirill Minov bilan birga 2016-yilgi Janubiy Koreya milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan. Faoliyatining boshida Kim yakka holda konkida uchish bilan shugʻullangan. U 2009 va 2010-yilgi Toruń Cup turnirining chempioni hisoblanadi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muz ustida raqs
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻsmirlar darajasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kim 2012-yilda Janubiy Koreya vakili boʻlgan Kirill Minov bilan juftlikda muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan. Ularga Irina Juk va Aleksandr Svinin murabbiylik qilgan. Kim / Minov juftligi Avstriya va Xorvatiyada boʻlib oʻtgan 2012 — 2013-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida ishtirok etgan. Kim / Minov juftligi Xorvatiyada boʻlib oʻtgan oʻzining ilk xalqaro musobaqasida 10-o‘rinni egallagan. Ular 2013-yilda Milanda bo‘lib o‘tgan O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 20-o‘rindan joy olgan[1].
Kim / Minov juftligi 2013-yil noyabr oyida 2013 NRW Trophy musobaqasida o‘smirlar o‘rtasida muz ustida raqs bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va bu natija ularni xalqaro musobaqada g‘olib chiqqan muz ustida raqs bilan shugʻullanuvchi birinchi Koreyaliklarga aylantirgan. Juftlik 2014-yilda Sofiyada o‘tkazilgan O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida oltinchi o‘rinni egallagan[2].
Kattalar darajasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kim / Minov juftligi oʻzining ilk yirik mavsumini Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Challenger seriyasida - 2014 Nebelhorn Trophy musobaqasida boshlagan va u yerda 7-oʻrinni egallagan[3]. Juftlik ikki marta Gran-pri bosqichida ishtirok etgan (2014 Rostelekom Cup va 2014 Trophee Eric Bompard). Ular Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Gran-pri musobaqalarida qatnashgan birinchi koreyalik juftlik boʻlgan. Volvo Open Cup musobaqasida Kim / Minov juftligi umumiy hisob bilan 3-o‘rinni egallagan va ular Xalqaro konkida uchish ittifoqi musobaqasining medal sovrindori boʻlgan birinchi Koreya vakillari boʻlgan[4].
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Minov bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2015 — 2016 |
|
|
2014 — 2015 |
|
|
2013 — 2014 |
|
|
2012 — 2013 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Minov bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro | ||||
---|---|---|---|---|
Musobaqa | 2012 — 13 | 2013 — 14 | 2014 — 15 | 2015 — 16 |
Jahon chempionati | 26 | 25 | ||
Toʻrt qitʼa | 9 | 11 | ||
GP Bompard | 7 | |||
GP Rostelecom | 8 | 6 | ||
CS Mordovian | 6 | |||
CS Nebelhorn | 7 | |||
CS Volvo Cup | 3 | 1 | ||
Ice Star | 3 | |||
Xalqaro: Oʻsmirlar | ||||
Jahon chempionati | 20 | 6 | ||
JGP Belarusiya | 4 | |||
JGP Xorvatiya | 10 | |||
JGP Slovakiya | 5 | |||
Bavarian Open | 4-J. | 6-J. | ||
NRW Trophy | 6-J. | 1-J. | ||
Milliy | ||||
Janubiy Koreya chempionati | 1 | |||
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri J. = oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqani tark etgan |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Rebeka KIM / Kirill MINOV: 2013/2014“. International Skating Union. 2014-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Rebeka KIM / Kirill MINOV: 2014/2015“. International Skating Union. 2014-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Rebeka KIM / Kirill MINOV: 2015/2016“. International Skating Union. 2015-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Dailiojo čiuožimo varžybose Torunėje sėkmingai pasirodė Lietuvos atstovės“ (Lithuanian). delfi.lt. 2012-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan.