Kontent qismiga oʻtish

René Adler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
René Adler
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 15-yanvar 1985-yil (1985-01-15) (39 yosh)
Tavallud joyi Leipzig, Sharqiy Germaniya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991—2000 VfB Leipzig
2000—2003 Bayer Leverkusen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2006 Bayer Leverkusen II 30 (0)
2006—2012 Bayer Leverkusen 138 (0)
2012—2017 Hamburger SV 117 (0)
2017—2019 Mainz 05 14 (0)
Milliy terma jamoa
2000—2001 Germaniya U15 7 (0)
2001—2002 Germaniya U17 15 (0)
2002—2003 Germaniya U18 6 (0)
2003—2004 Germaniya U19 9 (0)
2004—2005 Germaniya U20 8 (0)
2005 Germaniya U21 4 (0)
2008—2013 Germaniya 12 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

René Adler (talaffuzi: Rene Adler)(1985-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, darvozabon sifatida oʻynagan[1][2].

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adler sobiq Sharqiy Germaniya terma jamoasi aʼzosi Yens Adlerning oʻgʻli[3]. Uning amakivachchasi — isroil-amerikalik professional lakroschi Maks Adler[4].

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adler olti yoshida VfB Leipzigning yoshlar jamoasida oʻynagan. Leipzig uchun toʻqqiz yil oʻynagach, Adler 2000-yilda Bayer 04 Leverkusenning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.

Bayer 04 Leverkuzen

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar jamosida oʻynaganidan soʻng, Adler 2002-yilda B jamoasiga qoʻshilgan. U 2002/03-yilgi mavsumda B jamoasida sakkizta oʻyinda maydonga tushgan<ref» Club matches">„René Adler " Club matches“. World Football. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.</ref>. 2003/04-yilgi mavsum boshida u Bundesligada oʻynagan klubning asosiy tarkibiga koʻtarilgan[5].

Adler 2007-yilda Leverkuzen tarkibida

Keyingi yillarda Adler jarohatlar tufayli yangi imzolangan Bernd Leno oʻz oʻrnini egallagunga qadar birinchi darvozabon boʻlib qolgan. U 2008/09-yilgi mavsumda 37[6] 2009/10-mavsumda 33[7] va 2010/11-yilgi mavsumda 44ta oʻyinda maydonga tushgan[8]. 2012-yilning yozida Adler Leverkuzen bilan oʻn ikki yil oʻynagach, erkin agent sifatida klubni tark etgan. U 2011/12-yilgi mavsumda B jamoasida atigi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan[9][10].

Adler 2012-yilda Bundesligadagi raqibi „Hamburger SV“ bilan besh yillik shartnoma imzolagan. U Germaniya kubogida Karlsruher SCga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qilgan[11]. Adler 2012/13-yilgi mavsumni 33 oʻyin[12], 2013/14-yilgi mavsumni 33[13], 2014/15-yilgi mavsumni 15 oʻyin[14], 2015/16 yilgi mavsumni 25 oʻyin bilan yakunlagan[15].

2017-yilning may oyida Adler „Hamburger SV“ bilan shartnomasini uzaytirmasligini va besh yildan soʻng klubni tark etishini eʼlon qilgan[16].

2017-yil iyul oyida Adler Mainz 05 jamoasi tarkibiga qoʻshilgan[17].

2019-yil 1-mayda Adler 2018/19-yilgi mavsumdan soʻng faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan[18]. Umuman olganda, u Germaniya chempionatining 269 uchrashuvida maydonga tushgan[19].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adler Dieter Eilts boshchiligida Germaniya U-21 terma jamoasida toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. U Yevro-2008da ikkinchi oʻrinni egallagan Germaniya terma jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan. Jens Lehmann nafaqaga chiqqanidan va Robert Enke vafot etganidan soʻng, u Jahon chempionati saralash bosqichida birinchi tanlov darvozaboniga aylangan[20]. Adler Germaniya terma jamoasi safida 2008-yilning 11-oktyabrida Rossiyaga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan. Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida tasdiqlangan boʻlsa-da, qovurgʻasidan olgan jarohati tufayli u munidalga bora olmagan. Adler ikki yil davomida terma jamoa safida ishtirok eta olmagan, biroq 2012-yilning noyabrida Hamburger SVga qoʻshilganidan soʻng ajoyib oʻyin koʻrsatgani uchun Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan. Biroq Adler JCh-2014 uchun Germaniya terma jamoasiga chaqirilmagan. 2008—2013 yillar oraligʻida u 12 ta oʻyinda maydonga tushgan[21].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Bayer Leverkusen II 2002—2003 Regionalliga 8 0 8 0
2005—2006 19 0 19 0
2006—2007 1 0 1 0
2011—2012 Regionalliga 2 0 2 0
Jami 30 0 30 0
Bayer Leverkusen 2003—2004 Bundesliga 0 0 0 0 0 0
2004—2005 0 0 0 0 0 0 0 0
2005—2006 0 0 0 0 0 0 0 0
2006—2007 11 0 0 0 4 0 15 0
2007—2008 33 0 1 0 10 0 44 0
2008—2009 31 0 6 0 37 0
2009—2010 31 0 2 0 33 0
2010—2011 32 0 2 0 10 0 44 0
2011—2012 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 138 0 11 0 24 0 173 0
Hamburg 2012—2013 Bundesliga 32 0 1 0 33 0
2013—2014 30 0 3 0 0 0 33 0
2014—2015 12 0 1 0 2 0 15 0
2015—2016 24 0 1 0 25 0
2016—2017 19 0 1 0 20 0
Jami 117 0 7 0 2 0 126 0
Mainz 05 2017—2018 Bundesliga 14 0 3 0 17 0
2018—2019 0 0 0 0 0 0
Jami 14 0 3 0 17 0
Karyerada jami 299 0 21 0 24 0 2 0 346 0
Germaniya
Yil Oʻyin Gol
2008-yil 3 0
2009-yil 5 0
2010-yil 2 0
2013-yil 2 0
Jami 12 0
  1. „Unterschrift gesetzt: Adler ist Mainzer“ (olmoncha). kicker.de (22-iyun 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
  2. „René Adler beendet seine Karriere“ (olmoncha). dfb.de (2019-yil 1-may). Qaraldi: 1-may 2019-yil.
  3. „Rene Adler ist der geerdete Fußball-Star“ (olmoncha). Hamburger Abendblatt (14-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 7-aprel 2015-yil.
  4. „Max Adler“ (inglizcha). Bentley. Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
  5. „René Adler“ (olmoncha). Fussballdaten.de. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  6. „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  7. „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  8. „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  9. „René Adler " Club matches“. World Football. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  10. „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  11. „Alibaz macht's mit Gefühl, Stoll mit Wucht“ (olmoncha). kicker (19-avgust 2012-yil). Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  12. „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  13. „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  14. „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  15. „René Adler“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.
  16. „René Adler verlässt den Hamburger SV“ (olmoncha) (22-may 2017-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  17. „Mainz 05 verpflichtet René Adler“ (olmoncha). 1. FSV Mainz 05 (22-iyun 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.[sayt ishlamaydi]
  18. „René Adler beendet seine Karriere“ (olmoncha). dfb.de (2019-yil 1-may). Qaraldi: 1-may 2019-yil.
  19. Arnhold. „René Adler - Matches in Bundesliga“. RSSSF.com (19-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2019-yil.
  20. „Adler eyes qualifying success“. FIFA (12-mart 2009-yil). 19-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  21. Arnhold. „René Adler - International Appearances“. RSSSF.com (19-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2019-yil.