Renate Reinsve
Renate Reinsve | |
---|---|
Tavalludi |
24-noyabr 1987-yil |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2011–hozirgi kungacha |
Renate Reinsve (Norvegcha talaffuzi: [ˈrɛ̀nɑːtə ˈræ̀ɪnsvə]; 1987-yil 24-noyabrda tugʻilgan) – norvegiyalik aktrisa. U 2011-yilda „Oslo, August 31st“ filimda oʻzining debyut rolini ijro etdi. 2021-yilda tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan „The Worst Person in the World“ (2021) dramasida oʻzining eng yaxshi rollaridan birini oʻynadi. Ushbu roli orqali u Kann kinofestivalining „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotiga sazovor boʻldi. „Bosh roldagi eng yaxshi aktrisa“ yoʻnalishida BAFTA mukofotiga nomzod boʻldi[1][2]. Undan keyin esa Amerikaning „Presumed Innocent“ serialida va „A Different Man“ (ikkalasi ham 2024-yil) filmida rol oʻynadi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Renate Reinsve 1987-yil 24-noyabrda Solbergelvada tugʻildi. Oslo Milliy sanʼat akademiyasida tahsil olgandan soʻng Reinsve Trøndelag teatriga kelib qoʻshildi[3].
16 yoshida maktabdan haydalgandan soʻng, Reinsve Norvegiyani tark etib, Shotlandiyaga ketdi va Edinburgdagi yotoqxonada yashay boshladi. Pul tugagach, unga menejer tomonidan yotoqxonaning baridan ish berildi[4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilda u Friedrich Dürrenmattning „Der Besuch der alten Dame“ pyesasi asosida sahnalashtirilgan „Besøk av gammel dame“ spektaklidagi roli uchun Hedda mukofotiga sazovor boʻldi. 2016-yildan buyon u Det Norske teatri bilan shartnoma asosida ishlamoqda[3]. Uning rol ijro etgan filmlar orasida „Oslo, August 31st“ (2011), „The Orheim Company“ (2012) va „Welcome to Norway“ (2016) kabilar bor[3]. Televideniyeda esa u „Nesten voksen“ serialida bosh qahramon va „Hvite gutter“ serialida ikkinchi darajali rol ijro etgan[5][6] .
2021-yilda Reinsve Joachim Trierning 2021-yilgi Kann kinofestivalida premyerasi boʻlib oʻtgan va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan „The Worst Person in the World“ nomli romantik komediya-dramasida asosiy qahramon Julie rolini oʻynadi[7][8][9][10]. U Julie roli taklif qilinishidan bir kun oldin, „Late Night with Seth Meyers“ shousida aktrisalik faoliyatini toʻxtatishni oʻylayotganini va zaxira rejasi sifatida duradgorlikni koʻrib chiqqanini aytgan edi[11]. Trier Julie rolini aynan Reinsve uchun yozgan edi[12]. The Guardian muxbiri Piter Bradshou filmga 5 dan 5 baho berib, uni maqtadi va shunday dedi: „Renate Reinsve bu rolni oʻz zimmasiga olgan va ajoyib tarzda ijro etgan. U raketadek parvoz qiladi, oʻzining juda yetuk, sezgir va dardli ijrosi uchun Lily James yoki Alicia Vikander bilan ham raqobatlasha oladi“[13]. Ushbu filmdagi ijrosi uchun u koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, Kann kinofestivalining eng yaxshi ayol roli uchun mukofoti, shuningdek, BAFTA mukofotiga bosh roldagi eng yaxshi ayol roli uchun nomzod boʻldi[14].
Reinsve 74-Berlin xalqaro kinofestivalida ishtirok etgan ikkita filmda rol oʻynadi, birinchisi Aaron Schimbergning Sebastian Stan bilan hamkorlikda suratga olingan „A Different Man“ nomli psixologik dramasi va ikkinchisi Piero Messinaning „Another End“ nomli romantik filmi[15][16]. Ikkinchi filmda u Gael García Bernal bilan birgalikda bosh rolni ijo etdi. Reinsve rejissyor Halfdan Ullmann Tøndel tomonidan suratga olingan „Armand“ filmida ham rol oʻynadi[17]. Film premyerasi 2024-yilgi Kann kinofestivalida boʻlib oʻtdi. 2023-yilda Reinsve Joachim Trier bilan birgalikda „Sentimental Value“ oilaviy dramasida rol oʻynashi eʼlon qilingan edi[18]. Ushbu filmning suratga olish ishlari 2024-yilning kuzida boshlanadi[19].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Renate Reinsvening turli yillardagi suratlari:
-
2018-yil
-
2021-yil
-
2022-yil
-
2024-yil
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hali chiqarilmagan filmni bildiradi |
Yil | Film | Rol(lar) | Izoh |
---|---|---|---|
2011-yil | Oslo, August 31st | Renate | |
2012-yil | The Orheim Company | Lene | |
2015-yil | Women in Oversized Menʼs Shirts | Ane | |
Villmark 2 | Synne | ||
2016-yil | Welcome to Norway | Line | |
2017-yil | Ekspedisjon Knerten | Mor | |
2018-yil | Phoenix | Kristin | |
2021-yil | The Worst Person in the World | Julie | |
2024-yil | Handling the Undead | Anna | |
A Different Man | Ingrid | Ingliz tilidagi film | |
Another End | Zoe / Ava | ||
Armand | Elizabeth | ||
TBA | X | Ingvild | Suratga olinmoqda |
Teleseriallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Teleserial | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2015-yil | Mysteriet på Sommerbåten | Aktuar | |
2015-yil | Unge lovende | — | Epizod: #1.1 |
2018-yil | Nesten voksen | Siri | 3 ta qism |
2018-yil | Roeng | Lena | 10 ta qism |
2018-yil | Best: Før | Anemone | Epizod: „Popup-festival“ |
2018-yil | Hvite gutter | Frida | 5 ta qism |
2022-yil | Ida tar ansvar | Sarah | Epizod: „Et dukkehjem“ |
2024-yil | Presumed Innocent | Carolyn Polhemus | 8 ta qism |
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Mukofot | Yoʻnalish | Nominant | Natija | Manba |
---|---|---|---|---|---|
2016-yil | Amanda Award | Eng yaxshi aktrisa | Welcome to Norway | Nominatsiya | [20] |
2021-yil | Cannes Film Festival | Eng yaxshi aktrisa | The Worst Person in the World | Yutuq | [1][2] |
Los Angeles Film Critics Association Awards | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [21] | ||
European Film Awards | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [22] | ||
Greater Western New York Film Critics Association Awards | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [23] | ||
Online Association of Female Film Critics | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [24] [25] | ||
Portland Critics Association Awards | Eng yaxshi ayol bosh roli | Nominatsiya | [26] | ||
2022-yil | Amanda Awards | Eng yaxshi aktrisa | Yutuq | [27] | |
British Academy Film Awards | Bosh roldagi eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [28] | ||
Satellite Awards | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [29] | ||
Vancouver Film Critics Circle | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [30] | ||
Critics Association of Central Florida | Eng yaxshi aktrisa | Yutuq | [31] | ||
National Society of Film Critics | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [32] | ||
Alliance of Women Film Journalists | Eng jasoratli ijro | Nominatsiya | [33] | ||
Eng yaxshi ijro | Nominatsiya | ||||
DiscussingFilm Critic Awards | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [34] | ||
London Critics Circle Film Awards | Yil aktrisasi | Nominatsiya | [35] | ||
North Dakota Film Critics | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [36] | ||
Online Film Critics Society | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [37] | ||
Seattle Film Critics Society | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [38] | ||
North Carolina Film Critics Association | Eng yaxshi aktrisa | Nominatsiya | [39] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Cannes Film Festival 2021: Full Winners List“. Asia Tatler. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 „Cannes' Palme D'Or goes to Titane“. Cineuropa. 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Bikset, Lillian. "Renate Reinsve". in Bolstad, Erik (Norwegian). Store norske leksikon. Oslo: Norsk nettleksikon. https://snl.no/Renate_Reinsve. Qaraldi: 15 July 2021.
- ↑ The Late Late Show with James Corden. „Olivia Rodrigo Used Her Driver's License to Visit a British Pub“. YouTube (2022-yil 23-mart). 2022-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ "Bare nesten morsomt", Dagbladet 5 January 2018
- ↑ "Frognerfjotter", Dagbladet 9 January 2018
- ↑ Brunstad, Vera. Cannes-debut etter første hovedrolle (no) (2021-yil 8-iyul).
- ↑ Lawson, Richard „'The Worst Person in the World' Is the Best Film at Cannes So Far“. vanityfair.com (2021-yil 10-iyul). 2021-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
- ↑ Bradshaw, Peter „The Worst Person in the World review – Nordic romcom is an instant classic“. theguardian.com (2021-yil 8-iyul). 2022-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
- ↑ „The Worst Person in the World (2021)“. Rotten Tomatoes. 2022-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
- ↑ „Renate Reinsve Decided to Quit Acting the Day Before Landing Her Biggest Role“. YouTube. 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
- ↑ Sheila O’Malley. „The Worst Person in the World: Lost and Found“. Criterion Collection (2022-yil 28-iyun). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ „The Worst Person in the World review – Nordic romcom is an instant classic“. The Guardian. 2021-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
- ↑ „Cannes' Best Actress winner Renate Reinsve is also 'The Worst Person in the World'“. NPR. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
- ↑ Kroll, Justin „Sebastian Stan, Renate Reinsve & Adam Pearson To Star In ‘A Different Man’ For A24“. Deadline Hollywood (2022-yil 21-iyun). 2022-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Renate Reinsve on Going From ‘The Worst Person in The World’ to Sharing the Screen With Sebastian Stan and Gael García Bernal“. The Hollywood Reporter. 2024-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
- ↑ „‘The Worst Person in the World’ Producers, Cannes Breakout Star Renate Reinsve Reteam on ‘Armand’ (EXCLUSIVE)“. Variety. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
- ↑ „Joachim Trier Sets Next Film ‘Sentimental Value,’ a Father-Daughter Drama With ‘Worst Person in the World’ Star Renate Reinsve“. Variety. 2023-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Renate Reinsve on Going From ‘The Worst Person in The World’ to Sharing the Screen With Sebastian Stan and Gael García Bernal“. 2024-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-fevral.
- ↑ „Renate Reinsve | Viennale“ (en). www.viennale.at. 2021-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.
- ↑ „'Drive My Car' and 'The Power of the Dog' Win Top Prizes at L.A. Film Critics Association Awards 2021 (Full List)“ (en-US). finance.yahoo.com. 2021-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „European Film Awards Nominations 2021“ (en-US). European Film Academy (2021-yil 9-noyabr). 2021-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-noyabr.
- ↑ Anderson, Erik. „Greater Western New York Critics go for 'Pig,' 'The Power of the Dog' and 'Judas and the Black Messiah'“ (2021-yil 31-dekabr). 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Online Association of Female Film Critics 2021 Awards – Nominees“ (2021-yil 17-dekabr). 2022-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-yanvar.
- ↑ „Online Association of Female Film Critics 2021 Awards – Winners“ (2021-yil 21-dekabr). 2022-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
- ↑ Anderson, Erik. „Portland Critics Association winners: 'The Green Knight' is Best Pic, 'Dune' wins seven“ (2021-yil 17-dekabr). 2022-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Amanda: Skuespillerpriser til Reinsve og Hagen“. Berlingske Tidene (2022-yil 20-avgust). Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
- ↑ „2022 EE British Academy Film Awards: Nominations“ (en-US). BAFTA (2022-yil 11-yanvar). 2022-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
- ↑ „Power of the Dog, Belfast Lead Nominations for IPA Satellite Awards“ (en-US) (2021-yil dekabr). 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.
- ↑ Neglia, Matt. „The 2021 Vancouver Film Critics Circle (VFCC) Nominations“ (2022-yil 20-fevral). 2022-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Anderson, Erik. „1st Critics Association of Central Florida (CACF) awards names 'The Tragedy of Macbeth' Best Picture“ (2022-yil 7-yanvar). 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ White, Abbey „'Drive My Car' Named Best Picture by National Society of Film Critics“ (en-US). The Hollywood Reporter (2022-yil 8-yanvar). 2022-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.
- ↑ „2021 EDA AWARDS NOMINEES – ALLIANCE OF WOMEN FILM JOURNALISTS“ (en-US). 2022-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.
- ↑ Anderson, Erik. „'Titane,' 'Spencer,' 'Mass' top 3rd DiscussingFilm Critics Association awards“. AwardsWatch (2022-yil 4-yanvar). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Ritman, Alex „London Critics' Circle Film Awards: 'Power of the Dog' Leads Pack of Nominees“ (en-US). The Hollywood Reporter (2021-yil 16-dekabr). 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.
- ↑ Anderson, Erik. „North Dakota Film Critics winners: 'The Power of the Dog,' 'Flee' take top prizes“. AwardsWatch (2022-yil 17-yanvar). 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The Online Film Critics Society Announces the Winners for Its 25th Annual Film Awards“ (en-US). OFCS.org. 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
- ↑ „"The Power of the Dog" Leads the 2021 Seattle Film Critics Society Nominations“. Seattle Film Critics (2022-yil 10-yanvar). 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
- ↑ Anderson, Erik. „North Carolina Film Critics go for 'The Power of the Dog,' 'Dune'“ (2022-yil 5-yanvar). 2022-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Renate Reinsve haqida turkum mavjud |