Kontent qismiga oʻtish

Renderlash

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bitta 3D sahnada qoʻllangan turli xil renderlash usullari
POV-Ray 3.6 yordamida yaratilgan tasvir

Renderlash yoki tasvir yaratish — bu kompyuter dasturi yordamida 2D yoki 3D modeldan fotorealistik yoki fotorealistik boʻlmagan tasvirni yaratish jarayoni[1]. Olingan tasvir render deb ataladi. Bir nechta modellar toʻplangan sahna oʻz ichiga geometrik modellar, tekstura, yorugʻlik va soyalarni olgan holda tasvir yaratiladi. Soʻng, sahna faylidagi maʼlumotlar qayta ishlash uchun renderlash dasturiga uzatiladi va raqamli tasvir yoki rastr grafik tasvir yaratiladi. Render, shuningdek, video tahrirlash dasturida ishlangandan soʻng yakuniy video natijasini ishlab chiqish uchun ham ishlatiladi.[2]

Renderlash 3D kompyuter grafikasining asosiy sohalaridan biri boʻlib, amalda u kompyuter grafikasi bilan bogʻlangan. Bu modellar va animatsiyalarning yakuniy tasvirini yaratuvchi soʻnggi muhim qadamdir. 1970-yillardan boshlab kompyuter grafikasining murakkablashuvi bilan u yanada dolzarb mavzuga aylandi.

Renderlash arxitektura, videooʻyinlar, simulyatorlar, kino va televideniye vizual effektlarida qoʻllanadi, ularning har biri turli xil xususiyatlar va texnikaviy usullardan foydalanadi. Foydalanish uchun turli xil render qiluvchi dasturlar mavjud. Baʼzilari kattaroq modellashtirish va animatsiya ishlar uchun ishlatiladi, baʼzilari kichik loyihalarda. Render qiluvchi dastur yorugʻlik fizikasi, vizual idrok etish, matematika va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish kabi koʻplab fanlarga asoslangan puxta ishlab chiqilgan dasturlardir.

Qoʻllanilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kino animatsiyalari uchun bir nechta tasvirlar (kadrlar) render qilinishi va ushbu turdagi animatsiyani yaratishga qodir boʻlgan dasturda barcha tasvirlar bitta yagona animatsiya hosil qilinishi kerak. 3D tasvirlarni tahrirlash dasturlari bu kabi animatsiyani amalga oshirishi mumkin.

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Soyalar hosil qilish — yorugʻlik fizikasiga asoslangan holda kerakli qismlarda soya hosil qilish
  • Tekstura — render qilinayotgan model yoki kadrlarda material (tekstura) qoʻllash usuli
  • Bump-tekstura — modelning kerakli yuza (sirt)larida kichik oʻlchamdagi burmalarni simulyatsiya qilish usuli
  • Fokus — tiniq boʻlmagan kadrlar bilan ishlash
  • Soyalar — yorugʻlikka toʻsqinlik qiluvchi taʼsir
  • Kichik soyalar — qisman xiralashgan yorugʻlik manbalaridan kelib chiqadigan oʻzgaruvchan qorongʻulik
  • Refleksiya — oynaga oʻxshash yoki juda shaffof aks hosil qilinishi
  • Shaffoflik (optika) — qattiq jismlar orqali yorugʻlikning sinib oʻtishi
  • Shaffoflik — yorugʻlikning qattiq jismlar orqali juda tarqoq oʻtishi
  • Sinishi — shaffoflik bilan bogʻliq boʻlgan yorugʻlikning egilishi
  • Difraksiya — nurni buzadigan obyekt yoki diafragma orqali oʻtadigan yorugʻlikning egilishi, tarqalishi va interferensiyasi
  • Bilvosita yoritish — toʻgʻridan-toʻgʻri yorugʻlik manbasidan emas, balki boshqa sirtlardan qaytadigan yorugʻlik bilan yoritilgan yuzalar
  • Kaustiklar (bilvosita yoritish usuli) — yorugʻlikni yorqin obyektdan aks ettirish yoki shaffof obyekt orqali yorugʻlikni fokuslash, boshqa obyektda yorqin ranglarni yaratish
  • Fokus yaratish — obyektlar fokuslanayotgan obyekt oldida yoki orqasida (juda uzoqda boʻlsa), xira yoki fokus bilan koʻrinadi
  • Harakat xiralashishi — yuqori tezlikdagi harakat yoki kamera harakati tufayli harakatlanayotgan obyektlar fokus bilan koʻrinadi
  • Fotorealistik boʻlmagan renderlash — rasm yoki chizmaga oʻxshatish uchun moʻljallangan sahnalarni badiiy uslubda koʻrsatish
  1. „A New Trick Lets Artificial Intelligence See in 3D“. wired.com. WIRED. Qaraldi: 1-avgust 2022-yil.
  2. „Renderlash nima?“ (2021-yil 20-iyun). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.