Renta shartnomasi
Renta shartnomasi – fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan biri, unga koʻra bir tomon (renta oluvchi) boshqa tomon (renta toʻlovchi)ga mulkni foydalanish uchun beradi, renta toʻlovchi esa olingan mulk oʻrniga renta oluvchiga muayyan pul mablagʻi shaklida renta toʻlab turish yoki uni taʼminlash uchun boshqa shaklda mablagʻ berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi. Renta shartnomasi boʻyicha rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchining umri davomida (umrbod renta) toʻlash majburiyatini belgilash mumkin. Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyxatidan ham oʻtkazilishi kerak. Renta munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy holatlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi (32 bob)da bayon qilingan[1]. Renta aynan koʻchmas mulklarga nisbatan emas balki transport vositalari shuningdek mayda mulklarga nisbatan ham foydalaniladi. Renta shartnomasida renta oluvchi foydasiga garov qoʻyishi kerak. Bu kelajakda yuz berishi mumkin boʻlgan fors-major holatlarida zararni qoplash uchun beriladi. Renta oluvchi renta toʻlovchiga shartnomaning bandlariga oʻzining talablarini ham qoʻyishi mumkin. Xususan koʻchmas mulk boʻlsa xona ichini oʻzgartirmaslik, taʼmirlamaslik, daraxtlarni kesmaslik, buzmaslik kabi oʻzining shartlarini qoʻyishi mumkin yoki aksincha boʻlishi mumkin ushbu shartlar. Renta shartnomasining qiymati mulkning umumiy bahosidan kelib chiqib qoʻyiladi va bu shartnomada keltirib oʻtiladi. Renta shartnomasida shuningdek toʻlovni toʻlash muddati ham keltiriladi. Agar nizo kelib chiqqan taqdirda Fuqarolik kodeksiga asoslanib Fuqarolik va Iqtisdoiy sudlarda koʻrib chiqiladi. Bu holat ham shartnomada keltirib oʻtiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik KodeksiFuqarolik huquqi
Fuqarolik kodeksi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |