Kontent qismiga oʻtish

Rhea Chakraborty

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rhea Chakraborty
Tavalludi 1-iyul 1992
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi
  • Aktrisa
  • Mediya vakili
  • Model
Faoliyat yillari 2009-yildan hozirgi kungacha

Rhea Chakraborty (1992-yil 1-iyulda tugʻilgan)[1] - hind aktrisasi va VJ (vidjey).[2][3] U oʻz faoliyatini MTV India telekanalida VJ (vidjey- didjeyga oʻxshash kasb) sifatida boshlagan.[4] U 2012-yilda telugu filmi "Tuneega Tuneega" deb nomlangan filmda aktyorlik debyutini qildi va keyinchalik hind filmi „Mere Dad Ki Maruti“ filmida paydo boʻldi.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rhea Chakraborty bengal oilasida tugʻilgan.[5] Karnataka shtatidagi Bangalor shahrida voyaga yetgan. Uning otasi Hindiston armiyasi zobiti edi.[6] U oʻqishni Ambaladagi Ambala Kantt harbiy maktabida olgan.[7]

Rhea televizion karyerasini 2009-yilda MTV Indianing telekalanida „TVS Scooty Teen Diva“ koʻrsatuvida qatnashishdan boshlagan. Keyinchalik u MTV Dehlida VJ boʻlish uchun tanlangan. U bir nechta MTV shoularini, jumladan Pepsi MTV Wassup, TicTac College Beat va MTV Gone in 60 Seconds kabi koʻrsatuvlarni oʻtkazgan.

2012-yilda u telugu filmi Tuneega Tuneega bilan filmda debyut qildi va u yerda Nidhi rolini oʻynadi. 2013-yilda u Bollivudda Mere Dad Ki Maruti filmida Jaslin rolida debyut qildi. 2014-yilda u Sonali Cableda Sonali rolini oʻynadi.[8]

2017-yilda u YRF ning "Bank Chor" filmida paydo boʻldi.[9] U shuningdek, „Half Girlfriend“ va "Dobaara: See Your Evil" filmlarida kameo (taniqli kinoqahramonning postanovkali rolda (kinoekranda, teatral postanovkada, videooʻyinda va boshqalar) epizodik paydo boʻlishi) rollarini ijro etdi.[10] 2018-yilda u "Jalebi" filmi sujetida debyutant Varun Mitraga qarama qarshi rolda ijod qildi.[11]

U 2020-yilda "The Times of India" jurnalining “Eng orzu qilingan ayollari” roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi.[12]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chakraborty.

Chakraborty aktyor Sushant Singh Rajput bilan 2019-yil aprel oyida uchrasha boshlagan.[13][14] U 2019-yil sentabrida akasi va Rajput bilan hamkorlikda Vividrage Rhealityx nomli sun’iy intellekt kompaniyasiga asos solgan.[15][16] Er xotin 2019-yil dekabr oyida yangi uyga birga koʻchib oʻtdi.[14] 2020-yil 14-iyun kuni Rajput koʻchib ketganidan olti kun oʻtib Mumbayning Bandra shahridagi uyida oʻz joniga qasd qilib vafot etdi.[17]

Sushant Singh Rajputning oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

25-iyul kuni Rajputning oilasidan otasi, oʻzi yashaydigan Patna politsiyasiga Chakraborty va boshqa bir qancha shaxslarni oʻz joniga qasd qilish, noqonuniy harakatlar, noqonuniy garovga olish, oʻgʻirlik, ishonchni suistemol qilish va turli xil jinoyatlar boʻyicha aldashda ayblab, dastlabki ayblov arizasini beradi.[18] Rajputning otasi arizada, qizini singlisiga Chakraborty tomonidan tibbiy kvitansiyalarni oshkora qilish va uning aqldan ozganini isbotlash bilan tahdid qilgani haqida gapirganini keltirilgan. Chakraborty erining otasini arizasi boʻyicha erining oʻlimida ayblangan.[19] 7-avgust kuni majburiy ijro boshqarmasi (Hindistonda qisqacha ED deyiladi) Chakraborty va uning ukasini pul yuvish ayblovlari boʻyicha soʻroq qildi.[20] 19-avgust kuni Hindiston Oliy sudi politsiyaga tergovni oʻz nazoratiga olishga ruxsat berdi.[21] Giyohvand moddalarni nazorat qilish byurosi (NCB), Hindistonning giyohvand moddalarga qarshi kurash boʻyicha milliy agentligi 8-sentabr kuni Chakrabortyni, u va uning akasi Rajputga marixuana yetkazib berishga sabab boʻlganlikda ayblab hibsga oldi.[22][23]

6-oktabr kuni Mumbay Sessions sudi Chakrabortyning hibsda saqlash muddatini 20-oktabrgacha uzaytirdi.[24] Biroq bir kundan keyin unga Bombay Oliy sudi tomonidan garov puli evaziga erkinlik berildi. "Uning jinoiy javobgarligi yoʻqligi sababli, - dedi oliy sud, „u garovda boʻlganida hech qanday jinoyat sodir etmasligiga ishonish tufayli“ erkinlikka chiqariladi deb aytgan oʻz izohida. Bundan tashqari, oliy sud NCBning Chakraborty Rajputning giyohvandlikni qoʻllab-quvvatlagani va moliyalagani haqidagi ayblovni rad etdi va buning oʻrniga u ishda ishtirok etgan giyohvand moddalar sotuvchilari zanjirining bir qismi emasligini aniqladi. „U pul yoki boshqa foyda olish uchun oʻzi sotib olgan giyohvand moddalarni boshqa birovga yubormagan“, deb yozgan adliya vakili Sarang Kotval.[25]

OAV yoritilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 27-avgustda, BBC yangiliklarida Rajput vafotidan keyin Chakraborty oʻzini Hindistonning eng taniqli jurnalistlari va ijtimoiy media trollari boshchiligidagi salbiy axbarot tarqatuvchilar ichida qolganini aytib oʻtgan. Chakrabortyni ommaviy axborot vositalarida har kuni turli ayblovlar bilan ayblab chiquvchi jurnalistlar maqolalari bilan toʻlib toshib ketadi.[26][27] Shunda Chakraborty suddan unga nisbatan qoʻllanilayotgan ayblov ishini ommaviy axborot vositalarida asossiz ravishda yoritilmasligini soʻragan va sud uning iltimosini ijobiy hal qilgan.

2020-yil sentabr oyida jurnalist Sushant Singh „Rajputning oʻz joniga qasd qilishi“ nomli maqolasida ushbu ishlarga chuqur toʻxtalib oʻtgan.[28][29] Boshqa taniqli jurnalistlarning ham xulosasiga koʻra, uning boʻyniga qoʻyilayotgan ayblovlari atrofida yuzaga ommaviy axborot vositalaridagi axborotlar atay uyishtirilgan va koʻpirtirilgan deb topildi.

2020-yil 7-oktabrda Chakraborti qariyb bir oylik tergov hibsxonasidan soʻng garov evaziga qoʻyib yuborilganida, South China Morning Post gazetasi “Hindistonning yirik telekanallari Hindistonning Covid-19 qarshi kurashish jarayonlarini yoritishdan ham koʻra bu ishga koʻproq vaqt ajratgan.[30] Uzoq davom etgan tergovlardan keyin bu mish-mishlar kamaydi va Chakraborty ozod qilindi.[31]

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Sarlavha Rol Izohlar Ref.
2012 Tuneega Tuneega Nidhi Telugu
2013 Mere Dad Ki Maruti Jasleen
2014 Sonali Cable Sonali Dattaram Tandel
2017 Dobaara: See Your Evil Tanya
Half Girlfriend Anshika
Bank Chor Gayatri Ganguli
2018 Jalebi Aisha
2021 Chehre Anna [32]
Yil Sarlavha Rol
2009 TVS Scooty Teen Diva Musobaqa ishtirokchisi
Pepsi MTV Wassup Xost
2010 Gone in 60 Seconds
2011 TicTac College Beat
  1. „Rhea Chakraborty News“. The Times of India. 1-iyul 2022-yil (23-iyun 2022-yil).)
  2. „Rhea Chakraborty wants to do meaningful roles“. The Times of India. Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  3. „Rhea Chakraborty sizzles in bikini on the beaches of Maldives. See pics“ (inglizcha). Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  4. „Female VJs giving tough competition to their male counterparts“ (inglizcha). dna (17-may 2010-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  5. „Everyone thinks I am Punjabi: Rhea Chakraborty“. The Times of India. Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  6. „Truly Unstoppable: Rhea Chakraborty“. FHM. 27-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2020-yil.
  7. „Photos: Meet Rhea Chakraborty, a VJ-turned-actress“ (inglizcha). Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
  8. „Sonali Cable: The story behind Ali and Rhea's crackling chemistry“. The Times of India. Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  9. „Rhea Chakraborty heats up the action in Bank Chor!“. The Times of India. Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  10. „Rhea Chakraborty bags a role in 'Half Girlfriend'“. The Times of India. Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  11. „'Jalebi' First Look Poster: Love in an Age of Bewilderment“ (inglizcha). The Quint. Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  12. न्यूज. „Times Most Desirable Women: कैटरीना कैफ और जैकलीन को पछाड़ नंबर वन बनीं रिया चक्रवर्ती, यहां देखिए Top 10 की लिस्ट“ (hi). abplive.com (8-iyun 2021-yil). Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.
  13. Guha, Kunal. „Actress with limited prospects“. Bangalore Mirror (29-iyul 2020-yil).
  14. 14,0 14,1 „Inside Rhea Chakraborty's Year Of Love, Friendship And Loss“ (inglizcha). HuffPost India (25-avgust 2020-yil). Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
  15. „VIVIDRAGE RHEALITYX PRIVATE LIMITED – Company, directors and contact details | Zauba Corp“. www.zaubacorp.com. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
  16. „Sushant Singh Rajput case: 'Got to know about his mental illness during Europe trip', says Rhea Chakraborty“. businesstoday.in. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
  17. „Why Rhea left Sushant's house before he died, her lawyer reveals“ (inglizcha). India Today. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
  18. Express News Service. „Sushant Singh Rajput's family files FIR against actor Rhea Chakraborty, claims she used his credit cards“. The Indian Express (28-iyul 2020-yil). Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
  19. „Rhea Chakraborty threatened to frame Sushant Singh Rajput, used his credit cards, says his father in FIR“. Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
  20. „Rhea Chakraborty reaches ED office with brother Showik to record her statement in money laundering case“. Hindustan Times (7-avgust 2020-yil).
  21. „Sushant Singh Rajput family vs Rhea Chakraborty case verdict: SC allows CBI to take control of investigation“. India Today (19-avgust 2020-yil). Qaraldi: 19-avgust 2020-yil.
  22. „Rhea Chakraborty arrested by NCB in drug probe linked to Sushant Singh Rajput's case“. Live Mint (8-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2020-yil.
  23. Manish K Pathak; Aloke Tikku. „Rhea Chakraborty, Accused No 10 in drug case, arrested. Bihar DGP takes a swipe“ (inglizcha). Hindustan Times (8-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2020-yil.
  24. „Sushant Singh Rajput case: Rhea Chakraborty's judicial custody extended till October 20“. Mumbai Mirror (6-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 6-oktabr 2020-yil.
  25. Baghel, Sunil. „Rhea Chakraborty bail order highlights: Bombay High Court says she is not part of chain of drug dealers“. Mumbai Mirror (7-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
  26. „Actor Sushant death case: Press Council asks media not to carry out its own 'parallel trial'“ (28-avgust 2020-yil). Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  27. „Rhea Chakraborty: Bollywood speaks up for 'vilified' actor“. BBC News (8-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2020-yil.
  28. Akbar, SZ; Sharma, A; Negi, H; Panda, A; Pal, J (2020). "Anatomy of a Rumour: Social media and the suicide of Sushant Singh Rajput". arXiv:2009.11744 [cs.SI]. 
  29. „Joyojeet Kunal Pal“. University of Michigan (2020). Qaraldi: 3-oktabr 2020-yil.
  30. Sarkar, Sonia. „After Rajput death, Bollywood drugs probe of Rhea Chakraborty and other actresses sparks feminist anger“. South China Morning Post (7-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
  31. Ramachandran, Naman. „Is India's Media Frenzy Over Sushant Singh Rajput's Death a Bollywood Circus or a Political Distraction?“. Variety (7-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
  32. „Krystle D'souza on lockdown and the release of her debut film Chehre“. Eastern Eye (22-may 2020-yil). Qaraldi: 2-avgust 2020-yil.