Richard Petiot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2010-yil "Oklahoma City Barons" klubida
Tugʻilgan joyi 20-avgust 1982-yil (1982-08-20) (41 yosh)
[[|Daysland]], Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 3 in (191 cm)
Ogʻirligi 215 lb (98 kg; 15 st 5 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari Los Angeles Kings
Tampa Bay Lightning
Edmonton Oilers
NHLga kirish drafti 116-oʻrindagi tanlov, 2001
Los Angeles Kings
Jamoalardagi faoliyat 2005—2013

Richard Allan Petiot (talaffuzi: Richerd Elan Petyot) (1982-yil 20-avgustda tugʻilgan)—kanadalik sobiq professional xokkeychi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Los Angeles Kings" xokkey klubi Petiotni 2001-yilda AJHLning „Camrose Kodiaks“ klubi tarkibiga tarbiyalash uchun qoʻshdi. Keyin Richard Petiot Colorado kollejida toʻrt yil kollej xokkeyi oʻynadi. Richard Petiot 2005-yilning 11-avgustida „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[1].

Richard Petiot oʻzining professional debyut oʻyinini 2005—2006-yilgi mavsumda oʻtkazdi va asosan „Kings“ klubining filiali „Manchester Monarchs“ xokkey klubi jamoasida oʻynadi. Richard Petiot 2008-yilning 15-iyulida „Toronto Maple Leafs“ klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashidan oldin, ikki mavsumni „Monarchs“ klubi safida oʻtkazdi[2].

2008—2009-yilgi mavsumda „Leafs“ klubi Petiotni oʻzining filiali „Toronto Marlies“ xokkey klubiga joʻnatdi, soʻng Richard Petiotni Olaf Kolzig, Andy Rogers, Jamie Hewardlar bilan birga 2009-yil 4-martda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubiga almashtirdi[3].

2009-yil 9-iyulda Richard Petiot „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi[4].

2010-yil 2-iyulda Richard Petiot „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzolashga rozilik bildirdi[5].

2011-yil 2-iyulda Richard Petiot sobiq jamoasi „Tampa Bay“ klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[6]. Petiot jarohati tufayli 2011—2012-yilgi mavsumda klubning „Norfolk Admirals“ shoʻbasi bilan atigi 6 ta oʻyinda maydonga tushgan holda oʻtkazdi.

Shundan soʻng, Richard Petiot 2013-yil 9-yanvarda AHLning „St Johnʼs IceCaps“ xokkey klubi bilan professional shartnomasini imzolashdi[7].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Assist Ochko Penalti Oʻyin Gol Assist Ochko Penalti
2000—2001 Camrose Kodiaks AJHL 55 8 16 24 81 8 2 1 3 8
2001—2002 Colorado College WCHA 39 4 6 10 35
2002—2003 Colorado College WCHA 38 1 6 7 86
2003—2004 Colorado College WCHA 39 3 5 8 61
2004—2005 Colorado College WCHA 25 3 5 8 38
2005—2006 Los Angeles Kings NHL 2 0 0 0 2
2005—2006 Manchester Monarchs AHL 63 4 10 14 52 7 1 0 1 6
2006—2007 Manchester Monarchs AHL 13 1 1 2 25 2 0 0 0 2
2007—2008 Manchester Monarchs AHL 40 2 5 7 56
2008—2009 Toronto Marlies AHL 45 3 11 14 59
2008—2009 Norfolk Admirals AHL 1 0 0 0 0
2008—2009 Tampa Bay Lightning NHL 11 0 3 3 21
2009—2010 Rockford IceHogs AHL 80 8 29 37 88 4 0 0 0 4
2010—2011 Edmonton Oilers NHL 2 0 0 0 2
2010—2011 Oklahoma City Barons AHL 66 0 15 15 52 6 0 0 0 4
2011—2012 Norfolk Admrials AHL 6 0 0 0 7
2012—2013 St. Johnʼs IceCaps AHL 24 1 2 3 22
NHL (jami) 15 0 3 3 25

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kings sign Petiot, Clarke, Fukufuji“. kings.nhl.com (11-avgust 2005-yil). 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2009-yil.
  2. „Ondrus, Foster, Sifers, Petiot agree to terms“. mapleleafs.nhl.com (15-iyul 2008-yil). 2008-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2009-yil.
  3. „Leafs trade prospect Petiot to Tampa for Florida handful | CBC Sports“ (inglizcha). CBC.ca (4-mart 2009-yil). Qaraldi: 4-fevral 2021-yil.
  4. „Burke busy reshaping Maple Leafs“. nhl.com (4-mart 2009-yil). Qaraldi: 24-mart 2009-yil.
  5. „Oilers sign Strudwick & Petiot“. Edmonton Oilers (2-iyul 2010-yil). Qaraldi: 14-iyul 2010-yil.
  6. „Lightning sign Free Agent Defenseman Richard Petiot“. Tampa Bay Lightning (2-iyul 2011-yil). Qaraldi: 2-iyul 2011-yil.
  7. „IceCaps recall Carrozzi; sign Lunden and Petiot to PTO's“. St. John's IceCaps (9-yanvar 2013-yil). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2013-yil.