Rikota
Rikota - italyancha zardobli pishloq.
Rikota soʻzma-soʻz tarjima qilinsa „qayta pishirilgan“ yoki „tozalangan“ degan maʼnoni anglatadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Italiya yarim orolida rikota ishlab chiqarish tarixi bronza davriga toʻgʻri keladi. Miloddan avvalgi II ming yillikda sopol idishlarda sut pishirish yoʻlga qoyila boshlangan. Sopol sut qozonchalar sutni yuqori haroratda qaynatish va uni meʼyorda ushlab turishga moʻljallangan.
Qadimgi rimliklar rikota pishlogʻini tayyorlashgan, ammo Kato Elder, Markus Terentius Varro va Kolumella kabi qishloq xoʻjaligi boʻyicha yozuvchilar bu haqda hech nima yozib qoldirishmagan. Rikota uni ishlab chiqargan choʻponlar tomonidan isteʼmol qilingan deb ehtimol qilishadi. Ammo rasmlar va adabiyotlardan olingan dalillar rikotani Rim aristokratlari ham bilishgan va isteʼmol qilganligini koʻrsatadi.
Keramik sut qozonlari Apennin choʻponlari tomonidan milodiy XIX asrda rikota tayyorlash uchun ishlatilgan. Bugungi kunda metall sutli qozonlardan foydalanilmoqda, ammo ishlab chiqarish usullari zamonlar osha oʻzgargan.
- Pishloqlar roʻyxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- https://www.tasteatlas.com/50-most-popular-foods-in-the-world
- https://italy4.me/cucina-italiana/italyanskie-syry/ricotta.html
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |