Kontent qismiga oʻtish

Riley Barber

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Riley Barber
Barber Hershey Bears klubida
Tugʻilgan joyi 7-fevral 1994-yil (1994-02-07) (30 yosh)
Pittsburgh, Pennsylvania, U. S.
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 193 lb (88 kg; 13 st 11 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
NHL (P)
Cur. team
Sobiq jamoalar
Dallas Stars
Texas Stars (AHL)
Washington Capitals
Montreal Canadiens
Detroit Red Wings
Milliy jamoa  AQSh
NHLga kirish drafti 167-oʻrindagi tanlov, 2012
Washington Capitals
Jamoalardagi faoliyat 2015—hozirgacha

Riley Barber (talaffuzi: Rayli Barber) (1994-yil 7-fevralda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey hujumchisi. Riley Barber hozirda Milliy xokkey ligasining (NHL) „Dallas Stars“ xokkey jamoasi safida faoliyat olib bormoqda[1].

Oʻyin faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Riley Barber yoshligida 2006 va 2007-yillarda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida „Pittsburgh Hornets“, keyin esa „Detroit Red Wings“ kichik xokkey jamoalari bilan oʻynagan[2].

Riley Barber Oxford (Ohio) shtatidagi Miami universitetining „Miami RedHawks“ xokkey jamoasida kollej xokkeyi oʻynagan. 2013-yil 22-dekabrda Riley Barber 2014-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionati uchun tuzilgan Qo‘shma Shtatlar o‘smirlar milliy xokkey terma jamoasi sardori etib tayinlangan[3]. Riley Barber 2013-yilgi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan Qoʻshma Shtatlar milliy xokkey terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.

2015-yil 17-aprelda Riley Barber „Washington Capitals“ xokey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Riley Barber klubning AHLdagi filiali „Hershey Bears“ xokkey klubi safiga yuborildi[4]. Riley Barber ilk professional oʻyinini 2015-yil 10-oktyabrda „Springfield Falcons“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:1 hisobida g‘alaba) oʻtkazdi[5].

2017-yil 24-fevralda Riley Barber NHLdagi ilk oʻyinini „Washington Capitals“ xokkey klubi safida „Edmonton Oilers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[6].

2019-yil 1-iyulda Barber „Montreal Canadiens“ xokkey jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi va klub bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi[7]. „Montreal Canadiens“ klubi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashganidan soʻng, Riley Barber 2019-yil 24-sentyabrda klubni tark etdi. Riley Barber 2019—2020-yilgi mavsumda „Laval Rocket“ xokkey klubi safida oʻtkazdi[8].

2020-yil 9-oktyabrda Barber „Detroit Red Wings“ xokey klubi bilan ikki yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[9]. 2021-yil 12-yanvarda „Detroit Red Wings“ xokkey klubi Riley Barberni „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi safiga yubordi[10].

2022-yil 14-iyulda Riley Barber erkin agent sifatida „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[11].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010—2011 Dubuque Fighting Saints USHL 57 14 14 28 48 11 2 0 2 6
2011—2012 U. S. National Development Team USHL 24 5 6 11 59
2012—2013 Miami RedHawks CCHA 40 15 24 39 22
2013—2014 Miami RedHawks NCHC 38 19 25 44 28
2014—2015 Miami RedHawks NCHC 38 20 20 40 12
2015—2016 Hershey Bears AHL 74 26 29 55 34 17 1 3 4 24
2016—2017 Hershey Bears AHL 39 13 14 27 12 12 1 4 5 4
2016—2017 Washington Capitals NHL 3 0 0 0 0
2017—2018 Hershey Bears AHL 60 20 18 38 49
2018—2019 Hershey Bears AHL 64 31 29 60 84 9 3 3 6 4
2019—2020 Laval Rocket AHL 39 13 18 31 19
2019—2020 Montreal Canadiens NHL 9 0 0 0 2
2019—2020 Wilkes-Barre/Scranton Penguins AHL 7 3 3 6 6
2020—2021 Grand Rapids Griffins AHL 32 20 14 34 22
2021—2022 Grand Rapids Griffins AHL 49 28 25 53 24
2021—2022 Detroit Red Wings NHL 4 0 0 0 2
NHL jami 16 0 0 0 4
Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2012-yil Qoʻshma Shtatlar U18 7 6 1 2 3 2
2013-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 1st 7 3 3 6 4
2014-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 5 5 4 2 6 0
2022-yil Qoʻshma Shtatlar WC 4 9 1 0 1 2
Oʻsmirlar safida 18 8 7 15 6
Kattalar safida 9 1 0 1 2
  1. Janes, Chelsea. „Washington Capitals prospect Riley Barber builds on hockey and skating pedigree“. The Washington Post (2013-yil 13-iyul). Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  2. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.
  3. „Miami's Barber named U.S. World Junior Captain“. USCHO.com (2013-yil 22-dekabr). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-dekabr.
  4. „Barber Signs Entry-Level Deal with Capitals“. Miami RedHawks. 2015-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.
  5. Stuccio, Scott. „Hershey Bears get two goals from rookie Riley Barber in season opening win over Springfield“. The Patriot-News (2015-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-oktyabr.
  6. Vogel. „Caps Edge Edmonton, 2-1“. NHL.com (2017-yil 25-fevral). Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  7. „One-year, two-way contract for Right Winger Riley Barber“. Montreal Canadiens (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  8. Zadarnowski. „Riley Barber placed on waivers by Montreal Canadiens“ (en). Eyes On The Prize (2019-yil 24-sentyabr). 2019-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-sentyabr.
  9. Kujawa. „Red Wings add Riley Barber, Kyle Criscuolo and Kevin Boyle“. Detroit Red Wings (2020-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.
  10. „Detroit Assigns 11 to Grand Rapids“. griffinshockey.com (2021-yil 12-yanvar). 2022-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  11. „Stars sign forward Riley Barber to one-year contract“. Dallas Stars (2022-yil 14-iyul). Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.