Kontent qismiga oʻtish

Rio-de-Janeyro (shtat)

Koordinatalari: 22°54′0″S 43°12′0″W / 22.90000°S 43.20000°W / -22.90000; -43.20000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rio-de-Jeneyro (shtat)dan yoʻnaltirildi)
Rio-de-Janeyro
portugalcha: Rio de Janeiro

Gerb
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi Rio-de-Janeyro
Aholi (2010) 15 989 929 kishi
Zichligi 365,23 kishi./km²
Maydoni 43 780,2 km² (24-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-RJ
Rasmiy sayti http://www.governo.rj.gov.br
Xaritada
Rio-de-Janeyro xaritada
Rio-de-Janeyro, Xarita
22°54′0″S 43°12′0″W / 22.90000°S 43.20000°W / -22.90000; -43.20000

Rio-de-janeyro — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shtat, Atlantika okeani soxilida. Maydoni 43,9 ming km2. Aholisi 15 989 929 kishi (2010), Maʼmuriy markazi — RiodeJaneyro. Yirik shaharlari: Niteroy, NovaIguasu, Kampus, Petropolis va boshqa Braziliya yassitogʻligining janubi-sharqida joylashgan. Iklimi tropik, nam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 20—26°, yillik yogin 1200– 1500 mm. Nam tropik oʻrmonlar bor.

R.deJ. Braziliyaning rivojlangan shtatlaridan. Neft, koks, choʻyan va poʻlat i.ch. boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinda. Yirik metallurgiya, sement, kimyo sanoati rivojlangan. Kemasozlik va kema taʼmirlash, toʻqimachilik, farmatsevtika, yogʻochsozlik korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi. Kofe va qand lavlagi, shuningdek, paxta, makkajoʻxori, sholi, tamaki, kakao, banan ekiladi. Vodiylarda goʻshtsut chorvachiligi va choʻchqachilik bilan shugʻullaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil