Kontent qismiga oʻtish

Serjipi

Koordinatalari: 10°54′36″S 37°04′12″W / 10.91000°S 37.07000°W / -10.91000; -37.07000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Serjipi
portugalcha: Sergipe

Gerb
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi Arakaju
Gubernator Jekson Barreto de Lima
Aholi (2010) 2 068 017 kishi
Zichligi 94,35 kishi./km²
Maydoni 21 918,4 km² (26-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-SE
Rasmiy sayti http://www.se.gov.br
Xaritada
Serjipi xaritada
Serjipi, Xarita
10°54′36″S 37°04′12″W / 10.91000°S 37.07000°W / -10.91000; -37.07000

Serjipi — Braziliyaning shim.sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 22 ming km². Aholisi 1,7 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Arakaju sh. Braziliya yassitogʻligining sharqiy yon bagʻirlarida joylashgan, sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligidan iborat. Iqlimi tropik, passatli, quruq iqlim. Oʻrtacha temperaturasi yanvarda 27°, iyulda 24°. Yillik yogʻin 600–1000 mm. Yirik daryosi — SanFransisku. Gʻarbida savanna va siyrak oʻrmonlar bor. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Sohil boʻyida shakarqamish, apelsin, tamaki, maniok, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, sholi, qurgʻoqchil Braziliya yassitogʻligida paxta ekiladi. Qoramol boqiladi. Kokos yongʻogʻi yigʻiladi. Ip gazlama, paxta tozalash, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor. Asosiy porti — Arakaju.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil