Kontent qismiga oʻtish

Ro‘zimurod Choriyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ro‘zimurod Qoʻngʻirotovich Choriyev
Tavalludi 5-fevral 1963-yil (1963-02-05) (61 yosh)
Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi muhandis-pedagog
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Ro‘zimurod Qoʻngʻirotovich Choriyev (1963-yil 5-fevral, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2020), professor.

Ro‘zimurod Choriyev 1963-yil 5-fevral Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tugʻilgan[1]. 1980—1985-yillarda Muzrabod tumanidagi qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish texnikumida oʻqigan. 1985—1990-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tahsil olgan. Mutaxassisligi muhandis-pedagog. 1990—1992-yillarda institutning yoshlar tashkiloti kotibi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 1992—1995-yillarda „Yoshlik“ talabalar shaharchasi hokimi, 1995—1998-yillar Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori, 1998—2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot tahlil va tashkiliy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2004—2005-yillarda „Uzluksiz ta’lim“ ilmiy metodik jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, 2005—2011-yillarda „Yoshlik“ talabalar shaharchasi hokimi, 2011—2013-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, 2013—2017-yillarda Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori, 2017—2019-yillarda Surxondaryo viloyatining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari[2] lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yildan „Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori[1].

Rafiqasi Jamilaxon Choriyev. 3 nafar farzandi bor[3].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ro‘zimurod Choriyev 1998-yilda „Injener-pedagoglarning kasbiy-metodik malakalarini shakllantirish“ mavzusida nomzodlik, 2020-yil „Kasb ta’limi mutaxassislarini dual tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Texnika oliy ta’lim muassasalarida „Kasb ta’limi“ yo‘nalishi misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 5 ta monografiya, 10 ga yaqin uslubiy ishlanma va risolalar, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1][3].

  • „Shuhrat“ medali sohibi[3];
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yil“ esdalik nishoni (2001);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yil“ esdalik nishoni (2006);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yil“ esdalik nishoni (2011);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yil“ esdalik nishoni (2021);
  • „O'zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishoni (2017);
  • „O'zbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil“ esdalik nishoni (2022)[1].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet. 
  2. „Surxondaryo viloyati hokimiga ikkita o‘rinbosar tayinlandi“ (2019-yil 20-sentyabr).
  3. 3,0 3,1 3,2 Раҳимбой Жуманиёзов. „РАҲБАРЛИК ҲАМ ФАЗИЛАТ, ҲАМ САНЪАТ“. 2023-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyul.