Robert Sánchez
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Robert Lynch Sánchez[1] | ||
Tavallud sanasi | 18-noyabr 1997-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Cartagena, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.97 m[2] | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Brighton & Hove Albion | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Escuela de Fútbol de Santa Ana | |||
Cartagena FC | |||
Ciudad Jardín | |||
2010—2013 | Levante | ||
2013—2018 | Brighton & Hove Albion | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2018— | Brighton & Hove Albion | 78 | (0) |
2018—2019 | → Forest Green Rovers (ijara) | 17 | (0) |
2019—2020 | → Rochdale (ijara) | 26 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2021— | Ispaniya | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 13-noyabr uchun) |
Robert Lynch Sánchez (talaffuzi: Robert Linch Sanches; 1997-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi. U Premyer-liganing Brighton & Hove Albion klubi va Ispaniya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. Sánchez Albionning yoshlar akademiyasida futbol oʻynashni oʻrgangan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sánchez Murcia viloyatining Cartagena shahrida tugʻilgan[1]. U 2010-yilda Levantega qoʻshilishdan oldin dastlabki faoliyatini Escuela de Fútbol de Santa Ana, Cartagena FC va Ciudad Jardín[3] jamoalarida oʻtkazgan[4].
Brighton & Hove Albion
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sánchez 15 yoshida Brighton & Hove Albion bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga koʻchib oʻtdi va birinchi professional shartnomasini 2015-yil iyun oyida imzoladi[5][6]. U 2018-yilning aprel oyida klub bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi[7].
Ijaradagi mavsumlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil iyun oyida Sánchez 2018—2019-yilgi mavsum uchun Forest Green Roversga ijaraga oʻtdi[8]. U mavsumning ochilish oʻyinida maydonga tushdi va Grimsbyga qarshi oʻyinda debyut qildi, unda Rovers 4:1 hisobida gʻalaba qozondi[9]. Sánchez 2019-yil yanvar oyida dastlabki klubi Brighton tomonidan Albion futbolchisi Mathew Ryan Avstraliyaga Osiyo kubogiga chaqirilgani sababli klubni himoya qilish uchun chaqirib olingan edi[10]. U oʻsha mavsumda Forest Green safida 17 ta oʻyinda maydonga tushdi va barchasida ligada qatnashdi[9].
2019-yilning 24-iyulida Sánchez 2019—2020-yilgi mavsum uchun ijara asosida Rochdalega qo‘shildi[11]. U klubdagi debyutini safarda Tranmere Rovers ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻtkazdi[12].
Brighton safiga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 1-noyabrda Sánchez Brightonda debyut qildi va Tottenham Hotspurga qarshi Premyer-liga oʻyinida 2:1 hisobida magʻlub boʻldi[13][14]. 2021-yilning 23-fevralida Sánchez Brighton bilan 2025-yilning iyunigacha mo‘ljallangan to‘rt yarim yillik yangi shartnoma imzoladi[15].
Sánchez 6-noyabr kuni Newcastle Unitedga qarshi o‘yinda, 2021—2022-yilgi mavsumdagi Brightonning o‘n birinchi o‘yinida gol urish imkoniyati boʻlgan Callum Wilsonga qo‘pollik qilgani uchun maydondan chetlatilgan edi[16]. U 2022-yil 7-may kuni Manchester United ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va Brightonga rekord darajadagi eng yuqori pog‘onadagi g‘alabasini qo‘lga kiritishiga yordam berdi, uning uzoq masofadan uzatmasi Pascal Grosning gol urishida hal qiluvchi rol o‘ynadi[17].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sánchez Ispaniyada ingliz otasi va ispan onasi oilasida tugʻilgan[18]. U Ispaniya terma jamoasiga ilk bor 2021-yilning mart oyida, 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Gretsiya, Gruziya va Kosovoga qarshi oʻyinlar uchun chaqiruv oldi[19].
Sánchez 2021-yil may oyida kechiktirilgan UEFA Euro 2020 turniri uchun Ispaniya terma jamoasi tarkibiga tanlangan edi[20]. U va David de Gea Unai Simonning o‘rinbosarlari bo‘lib qolishdi va 6-iyul kuni Wembley stadionida boʻlib oʻtgan yarim finalda Ispaniya Italiyaga qarshi oʻyinda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lganligi sababli, maydon yuzini ko‘rishmadi[21].
Sánchez xalqaro debyutini 2021-yil 5-sentyabrda Jahon chempionati saralashining ikkinchi yarmida, Badaxosda Gruziyaga qarshi 4:0 hisobida kechgan g‘alabali oʻyinda Simonning o‘rniga maydonga tushgan holda o‘tkazdi[22].
Sánchez oktyabr oyida 2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi final bosqichida Ispaniya terma jamoasi tarkibining a’zosi edi[23]. U zaxirada qolgan va yarim finalda Italiya ustidan qozonilgan gʻalabada ham, Fransiyaga qarshi soʻnggi magʻlubiyatli o‘yinda ham maydonga tushmagan va Ispaniya ligada ikkinchi oʻrinni egallagan[24][25].
2022-yil 11-noyabrda Sánchez Ispaniya terma jamoasining 2022-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun 26 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi[26].
Oʻyin uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sánchez ispaniyalik darvozabonlar Iker Casillas va David de Geadan oʻrnak olishini aytgan[6].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 13-noyabr holatiga koʻra:
Klub | Mavsum | Liga | FA kubogi | EFL kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Brighton & Hove Albion U23/U21 | 2016—2017[27] | — | — | — | 3 | 0 | 3 | 0 | ||||
2017—2018[28] | — | — | — | 2 | 0 | 2 | 0 | |||||
Jami | — | — | — | 5 | 0 | 5 | 0 | |||||
Brighton & Hove Albion | 2018—2019[9] | Premyer-liga | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | ||
2019—2020[29] | Premyer-liga | 0 | 0 | — | — | — | 0 | 0 | ||||
2020—2021[30] | Premyer-liga | 27 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 27 | 0 | ||
2021—2022[31] | Premyer-liga | 37 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 38 | 0 | ||
2022—2023[32] | Premyer-liga | 14 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 14 | 0 | ||
Jami | 78 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 79 | 0 | ||
Forest Green Rovers (ijara) | 2018—2019[9] | Ikkinchi liga | 17 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 17 | 0 |
Rochdale (ijara) | 2019—2020[29] | Ikkinchi liga | 26 | 0 | 6 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 35 | 0 |
Faoliyati jami | 121 | 0 | 7 | 0 | 3 | 0 | 5 | 0 | 136 | 0 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 17-noyabr holatiga koʻra[33]:
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Ispaniya | 2021-yil | 1 | 0 |
2022-yil | 1 | 0 | |
Jami | 2 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ispaniya
- UEFA Millatlar ligasi 2-oʻrin: 2020—2021[34]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Robert Sánchez: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „Robert Sánchez: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ Serrano. „El cartagenero Robert Sánchez debuta en la Premier League inglesa“ (es) (2020-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Robert Sánchez, de las categorías inferiores del Levante a la selección“. ElDesmarque Valencia (2021-yil 15-mart).
- ↑ „Profile“. Brighton & Hove Albion F.C.. Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
- ↑ 6,0 6,1 Andy Naylor. „Revealed: Everything you need to know about Brighton and Hove Albion's new kid on the block Robert Sanchez“ (2017-yil 12-iyul). Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
- ↑ Andy Naylor. „Albion keeper Robert Sanchez signs new contract“ (2018-yil 20-aprel). Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
- ↑ „Robert Sanchez: Forest Green Rovers sign Brighton goalkeeper on loan“. BBC Sport (2018-yil 15-iyun). Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 „Games played by Robert Sanchez in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Robert Sánchez returns to Brighton“. Forest Green Rovers F.C. (2019-yil 4-yanvar). 2019-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-avgust.
- ↑ „Robert Sanchez: Rochdale sign Brighton goalkeeper on loan“. BBC Sport (2019-yil 24-iyul). Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
- ↑ „Tranmere 2–3 Rochdale“. BBC Sport. Qaraldi: 2019-yil 13-avgust.
- ↑ „Tottenham Hotspur 2–1 Brighton & Hove Albion: Gareth Bale scores his first goal since re–joining Spurs“. BBC Sport (2020-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
- ↑ „Sanchez says he only had 'good nerves' before Premier League debut“.
- ↑ „Sanchez signs new Brighton deal until June 2025“. Sky Sports (2021-yil 23-fevral). Qaraldi: 2021-yil 26-fevral.
- ↑ „Brighton & Hove Albion 1–1 Newcastle United: Magpies fight back to draw as Eddie Howe watches from the stands“. BBC Sport (2021-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
- ↑ „Brighton 4-0 Manchester United: Big defeat ends United's Champions League hopes“. BBC Sport (2022-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 7-may.
- ↑ „Cádiz CF: Robert Sánchez, el flamante portero que empezó de la mano de Jorge Cordero“ (es). La Voz Digital (2021-yil 24-mart). Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
- ↑ „Sanchez named in Spain squad“. Brighton & Hove Albion F.C. (2021-yil 15-mart). Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
- ↑ „Sergio Ramos left out of Spain's Euro 2020 squad“. The Independent (2021-yil 24-may).
- ↑ „Euro 2020: Italy beat Spain on penalties to reach final – BBC Sport“. BBC Sport (2021-yil 7-iyul).
- ↑ „Robert Sánchez debuta con España“. Mundo Deportivo (2021-yil 5-sentyabr).
- ↑ „Albion players in international action“. Brighton & Hove Albion F.C. (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Italy 1–2 Spain: La Roja end Azzurri's long unbeaten run to reach Nations League final“. BBC Sport (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „France beat Spain to become second Nations League winners“. BBC Sport (2021-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „World Cup 2022: Laporte and Rodri in squad but Thiago and De Gea miss out“. BBC Sport (2022-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.
- ↑ „Games played by Robert Sanchez in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Games played by Robert Sanchez in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ 29,0 29,1 „Games played by Robert Sanchez in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Games played by Robert Sanchez in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „Games played by Robert Sanchez in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
- ↑ „Games played by Robert Sanchez in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
- ↑ „Robert Sánchez“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
- ↑ „France beat Spain to become second Nations League winners“. BBC Sport (2021-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.