Mykhailo Mudryk
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mykhailo Petrovych Mudryk | ||
Tavallud sanasi | 5-yanvar 2001-yil | ||
Tavallud joyi | Krasnohrad, Ukraina | ||
Boʻyi | 1.75 m[1] | ||
Ampluasi | qanot hujumchisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2010–2014 | Metalist Kharkiv | ||
2014–2016 | Dnipro | ||
2016–2018 | Shakhtar Donetsk | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2018–2023 | Shakhtar Donetsk | 29 | (9) |
2019 | → Arsenal Kyiv (ijara) | 10 | (0) |
2020–2021 | → Desna Chernihiv (ijara) | 10 | (0) |
2023– | Chelsea | 46 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
2016–2017 | Ukraina U-16 | 9 | (3) |
2017–2018 | Ukraina U-17 | 10 | (3) |
2018–2019 | Ukraina U-19 | 12 | (5) |
2019–2023 | Ukraina U-21 | 18 | (3) |
2022– | Ukraina | 23 | (2) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (15-may uchun) |
Mykhailo Petrovych Mudryk (2001-yil 5-yanvarda tugʻilgan) – ukrainalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi va Ukraina terma jamoasida qanot hujumchisi pozitsiyasida oʻynaydi.
Mudryk oʻz faoliyatini Metalist Kharkiv va Dnepr akademiyalarida boshlagan, 2016-yilda esa Shaxtyor Donetsk klubiga oʻtgan. U ikki yildan soʻng professional futboldagi debyutini oʻtkazdi va keyinchalik Arsenal Kyiv and Desna Chernihiv klublariga ijaraga berildi. 2023-yilda u 70 million yevro (62 million funt sterling) evaziga Angliyaning Chelsea klubiga koʻchib oʻtdi va bu orqali eng qimmat ukrainalik hamda Ukraina Premyer-ligasidan transfer qilingan eng qimmat futbolchiga aylandi.
Mudryk Ukrainaning bir necha yosh toifasidagi terma jamoalarda toʻp surgan. 2022-yildan buyon esa Ukraina kattalar terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi va UEFA Yevro 2024 turnirida ham mamlakati sharafini himoya qildi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mykhailo Petrovych Mudryk 2001-yil 5-yanvarda Xarkov viloyatining Krasnohrad shahrida tugʻilgan[1][2][3]. Provaslav nasroniy boʻlgan futbolchi koʻplab oʻyinlarda dinining ramzi hisoblangan belgilar bilan koʻrishimiz mumkin. Mudrykning bir nechta tatuirovkalari bor, lekin u „Only Jesus“ (maʼnosi „Faqat Iso“) deb yozilgan tatuirovkasini eng muhimi deb biladi[4]. Futbolchini doʻstlari va murabbiylari „Misha“ laqabi bilan chaqirishadi[5][6].
Klublardagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karyerasining boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mudryk 2010-yilda Metalist Kharkiv akademiyasida futbol oʻynashni boshlagan, 2014-yilda Dnepr jamoasiga oʻtgan. Turli yosh toifalaridagi koʻrsatgan oʻyini tufayli Mudryk Donetskning Shaxtyor klubi eʼtiborini tortdi va u 2016-yilda klub akademiyasi bilan shartnoma imzoladi.
Chelsea
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yilning 15-yanvarida Mudryk Preymer-liganing Chelsea klubi bilan 70 million yevro (62 million funt sterling) evaziga sakkiz yarim yillik shartnoma imzoladi[7][8]. Bu orqali u Shaxtyor va Ukraina Preymer-ligasi tomonidan sotilgan eng qimmat futbochiga aylanib, Fredning avvalgi rekordini ortda qoldirdi[9].
Mudrykning Liverpool bilan kechgan 0:0 hisobidagi Preymer-liga bahsida yangi jamoasida debyut qildi[10]. futbolchi 4-fevral kuni Fulham klubiga qarshi oʻyinda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. 2-oktabr kuni Mudryk oʻzining londonliklar safidagi 24-uchrashuvida ilk golini kiritdi[11]. 21-oktyabr kuni u Arsenal bilan oʻyinda (2:2) uzoq masofadan yoʻllagan zarbasidan soʻng Stamford Bridge stadionidagi oʻzining birinchi golini urdi[12][13].
Terma jamoadagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yildan 2018-yilgacha Mudryk Ukraina U-17 terma jamoasida o‘ynagan. 2018-yildan 2019-yilgacha oraliqda esa Ukraina U-19 jamoasida to'p surgan, u yerda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol muallifiga aylangan. 2019-yilda futbolchi Ukraina U-21 terma jamoasida debyut qildi, 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini uch bor ishg'ol qildi[14]. 2021-yil 7-sentabrda u Armanistonga qarshi bahsda jarima zarbasidan g‘alaba golini kiritdi. 2021-yil 7-sentabrda u Armanistonga qarshi o‘yinda jarima zarbasidan g‘alaba golini kiritdi[15][16]. 2023-yil 16-iyun kuni Mudryk 2023-yilgi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida ham terma jamoasi sharafini himoya qildi[17]. U musobaqa davomida ikkita o‘yinda maydonga tushdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi[18].
2022-yil aprel oyida Mudryk ilk bor Ukraina terma jamoasiga 2022-yilning aprel-may oylarida Sloveniyada bo‘lib o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini vaqtida chaqiruv oldi[19]. 1-iyun kuni u 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi pley-off bosiqchining yarim finalida u terma jamoadagi debyutini amalga oshirdi[20].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2024-yil 15-may holatiga koʻra
Klub | Mavsum | Liga | Mahalliy kuboklar | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | ||
Shaxtyor | 2018–2019[14] | Ukraina Premyer ligasi | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
2019–2020[14] | Ukraina Premyer ligasi | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | ||
2020–2021[14] | Ukraina Premyer ligasi | 3 | 0 | — | — | 0 | 0 | — | 3 | 0 | ||||
2021–2022[14] | Ukraina Premyer ligasi | 11 | 2 | 1 | 0 | — | 7 | 0 | 0 | 0 | 19 | 2 | ||
2022–2023[14] | Ukraina Premyer ligasi | 12 | 7 | — | — | 6 | 3 | — | 18 | 10 | ||||
Umumiy | 29 | 9 | 2 | 0 | — | 13 | 3 | 0 | 0 | 44 | 12 | |||
Arsenal Kyiv (ijara) | 2018–2019[14] | Ukraina Premyer ligasi | 10 | 0 | — | — | — | — | 10 | 0 | ||||
Desna Chernihiv (ijara) | 2020–2021[14] | Ukraina Premyer ligasi | 10 | 0 | 1 | 0 | — | — | — | 11 | 0 | |||
Chelsea | 2022–2023[21] | Premier League | 15 | 0 | — | — | 2 | 0 | — | 17 | 0 | |||
2023–2024[22] | Angliya Premyer-ligasi | 31 | 5 | 5 | 1 | 5 | 1 | — | — | 41 | 7 | |||
Umumiy | 46 | 5 | 5 | 1 | 5 | 1 | 2 | 0 | — | 58 | 7 | |||
Umumiy | 95 | 14 | 8 | 1 | 5 | 1 | 15 | 3 | 0 | 0 | 123 | 19 |
International
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2024-yil 21-iyun holatiga koʻra[23]
Terma jamoa | Yillar | O'yinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Ukraina | 2022 | 8 | 0 |
2023 | 8 | 1 | |
2024 | 7 | 1 | |
Umumiy | 23 | 2 |
- match played 21 June 2024[23]
No. | Sana | Stadion | O'yin | Raqib | Hisob | Yakuniy natija | Turnir | Man. |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2023-yil 17-oktyabr | National Stadium, Ta' Qali, Malta | 15 | Malta | 3–1 | 3–1 | UEFA Yevro 2024 saralashi | [24] |
2 | 2024-yil 26-mart | Wrocław Stadium, Wrocław, Polsha | 18 | Islandiya | 2–1 | 2–1 | UEFA Yevro 2024 saralashi | [25] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Mykhailo Mudryk: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
- ↑ „Mudryk Mykhailo Petrovych“. Ukrainian Premier League. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
- ↑ Winter, Henry. „Mykhaylo Mudryk: the 'Ukrainian Neymar' with Premier League ambitions“ (2022-yil 24-sentyabr). 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
- ↑ Gott, Tom „Who is Mykhaylo Mudryk? Things to know about the exciting Ukraine winger“. 90min.com (2022-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
- ↑ Miller, Nick; Crafton, Adam. „Is Mykhailo Mudryk – Chelsea's prospective new striker – really worth the hype?“. The New York Times. 2023-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Dean, Sam. „Chelsea beat Arsenal to sign 'Ukrainian Neymar' – but how good is Mykhailo Mudryk?“ (2023-yil 15-yanvar). 2023-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mudryk completes transfer to Chelsea“. Chelsea F.C. (2023-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
- ↑ „Thanks, Mykhailo!“. FC Shakhtar Donetsk (2023-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 15-yanvar.
- ↑ „Manchester United sign Fred from Shakhtar Donetsk“. Sky Sports (2018-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 15-yanvar.
- ↑ „Liverpool 0–0 Chelsea“. BBC Sport (2023-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
- ↑ Holland, Josh „Graham Potter explains Mykhailo Mudryk Chelsea problem after Fulham injury fear“. Football.London (2023-yil 4-fevral). Qaraldi: 2023-yil 14-fevral.
- ↑ „Fulham 0–2 Chelsea: Mykhailo Mudryk & Armando Broja on target for Blues“. BBC Sport (2023-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
- ↑ „Mudryk catches Raya out to double Chelsea lead“. Sky Sports (2023-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 21-oktyabr.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 14,3 14,4 14,5 14,6 14,7 „M. Mudryk: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
- ↑ „Україна U-21 – Вірменія U-21 – 2:1 – відео голів та огляд матчу“. Football 24. Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Михайло МУДРИК: "Дві перемоги – добре, але це тільки початок"“. Sport.ua. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Євро-2023 (U-21). Офіційна заявка молодіжної збірної України на турнір“ (uk). Ukrainian Association of Football (2023-yil 15-iyun). Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
- ↑ „Mykhailo Mudryk | Stats | Under-21“. UEFA. Qaraldi: 2023-yil 10-iyul.
- ↑ „Oleksandr Petrakov: "I asked to assemble a team on April 29"“. Ukrainian Association of Football (2022-yil 15-aprel). 2022-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-avgust.
- ↑ „Мудрик дебютировал за сборную Украины в официальном матче“ [Mudryk made his debut for the Ukrainian national team in an official match] (uk). isport.ua (2022-yil iyun).
- ↑ „Games played by Mykhailo Mudryk in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
- ↑ „Games played by Mykhailo Mudryk in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
- ↑ 23,0 23,1 „Mykhaylo Mudryk: Internationals“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL (2024-yil 27-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-aprel.
- ↑ „Malta vs. Ukraine 1–3: Summary“. Soccerway. Perform Group (2024-yil 6-aprel).
- ↑ „Ukraine vs. Iceland 2–1: Summary“. Soccerway. Perform Group (2024-yil 6-aprel).
- 5-yanvarda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- Ukrainalik erkak futbolchilar
- Chelsea F.C. futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Shaxtyor Donetsk futbolchilari
- Futbolchilar
- Premyer-liga legionerlari
- Erkak futbolchilar pozitsiyalari boʻyicha
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari