Kontent qismiga oʻtish

Islandiya milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iceland
Shirt badge/Association crest
Tahallusi Strákarnir okkar (Our Boys)
Assotsiatsiya Knattspyrnusamband Íslands (KSÍ)
Konfederatsiya UEFA (Europe)
Bosh murabbiy Åge Hareide[1]
Sardor Aron Gunnarsson
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Birkir Bjarnason (113)
Eng yaxshi toʻpurar Eiður Guðjohnsen
Kolbeinn Sigþórsson (26)
Uy stadioni Laugardalsvöllur
FIFA kodi ISL
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 67 (20 July 2023)[2]
Eng yuqori 18 (February–March 2018)
Eng past 131 (April–June 2012)
Birinchi xalqaro oʻyin
Unofficial
 Farer orollari 0–1 Islandiya 
(Tórshavn, Faroe Islands; 29 July 1930)[3]
Official
 Islandiya 0–3 Daniya 
(Reykjavík, Iceland; 17 July 1946)[4]
Eng yirik gʻalaba
Unofficial
 Islandiya 9–0 Farer orollari 
(Keflavík, Iceland; 10 July 1985)[5]
Official
 Lixtenshteyn 0–7 Islandiya 
(Vaduz, Liechtenstein; 26 March 2023)
Eng yirik magʻlubiyat
 Daniya 14–2 Islandiya 
(Copenhagen, Denmark; 23 August 1967)
Jahon chempionati
Ishtiroki 1 (Ilk marta 2018-yili)
Eng yaxshi natijasi Group stage (2018)
European Championship
Ishtiroki 1 (Ilk marta 2016-yili)
Eng yaxshi natijasi Quarter-finals (2016)


Islandiya milliy futbol terma jamoasi (islandcha: Íslenska karlalandsliðið í knattspyrnu) erkaklar xalqaro futbolida Islandiya sharafini himoya qiladi. Jamoa Islandiya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi va 1947-yildan beri FIFA aʼzosi. 1957-yildan beri UEFA aʼzosi hisoblanadi. Jamoaning laqabi Strákarnir okkar boʻlib, islandcha Bizning yigitlarimiz degan maʼnoni anglatadi.

Jamoa 2010-yillarning ikkinchi yarmida muvaffaqiyatli oʻyinlar koʻrsatdi. 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Islandiya terma jamoasi oʻz guruhidan pley-offga chiqqan va Xorvatiyaga magʻlub boʻlgan. Islandiya 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bahslarida ham bir qancha yorqin oʻyinlar koʻrsatdi. Jumladan, Gollandiya ustidan uy va safarda gʻalaba qozonilganligi tufayli saralash oʻyinlaridan 2016-yilgi Yevropa chempionati finaliga yoʻllanma oldi[6]. 2016-yilgi Yevropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqqan Islandiya 1/8 finalda Angliyani magʻlub etib, chorak finalga yoʻl oldi. Ushbu bosqichda mezbon Fransiyaga 5:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Islandiya milliy futbol terma jamoasi 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan eng kichik davlat (aholi soni boʻyicha)ga aylandi. Dastlabki o‘yinda Argentina bilan durang o‘ynadi, ammo baribir guruh bosqichidan chiqolmadi[7][8].

Islandiya futbol ligasi 1912-yilda tashkil etilgan boʻlsada, mamlakatning birinchi xalqaro oʻyini 1930-yil 29-iyulda Farer orollariga qarshi oʻtkazilgan. Islandiya mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Ammo ikkala jamoaning ham oʻsha paytda FIFAga aloqasi yoʻq edi[9]. FIFA tomonidan rasman tan olingan birinchi oʻyin 1946-yilning 17-iyulida Reykyavikda boʻlib oʻtgan va raqib jamoa Daniyaga 0:3 hisobida yutqazgan. Birinchi xalqaro gʻalaba 1947-yilda Finlandiyaga qarshi oʻyinda qayd etilgan. Islandiya futbol assotsiatsiyasining (KSÍ) dastlabki 20-yilida jamoa FIFA Jahon chempionati yoki UEFA Yevropa chempionati saralashida qatnashmagan. 1954-yilda Islandiya 1954-yilgi Jahon chempionati saralashida ishtirok etish uchun ariza berdi, ammo ariza rad etildi[10]. 1958-yilgi Jahon chempionati saralashida Islandiya 26 ta gol oʻtkazib yuborgan holda oʻz guruhida oxirgi oʻrinni egalladi.

1980-yilda Islandiya Grenlandiya kubogi deb nomlanuvchi oʻrtoqlik turnirining birinchi mavsumida ishtirok etgan va gʻalaba qozongan[11].

1974-yildan buyon jamoa har bir jahon chempionati va Yevropa chempionati saralashlarida ishtirok etib keladi. 1994-yilda jamoa FIFA Jahon reytingida 37-oʻrinni egallagan. 2016-yilda 21-oʻringacha chiqishga muvaffaq boʻldi[12]. 1996-yil 24-aprelda Tallinda Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazgan. Unda Eidur Smári Gudjohnsen otasi Arnorning oʻrniga maydonga tushdi va gol uerdi.

Islandiya milliy futbol jamoasi 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida (Rostov-Don, Rossiya)

2004-yilgi Yevropa chempionati saralashida Islandiya oʻz guruhida Shotlandiyadan bir ochko ortda qolgan holda uchinchi oʻrinni egalladi[13]. Natijada ular pley-off bosqichiga chiqa olmadilar[14].

2008-yilgi Yevropa chempionati saralash bahslarida Shimoliy Irlandiyaga qarshi ikkita (safarda 3:0, 2:1) magʻlubiyatga uchradi. Keyingi oʻyinda ham Ispaniyaga (uyda 1:1 hisobidagi durang va mehmonda 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat) yutqazdi. Latviyaga qarshi (mehmonda 0:4, uyda 2-4) va Lixtenshteynga qarshi oʻyinda(0-3 mehmonda, 1-1 uyindagi durang) natijasini qayd etdi.

Islandiyada qish 8 oy davom etadi. Bu esa futbolchilarga noqulayliklar tugʻdiradi. 2000-yillarda Islandiya futboli haqiqiy inqilobni boshdan kechiradi. Iqtisodiy yuksalish hukumatga sintetik chim stadionlarini rekonstruksiya qilishga imkon beradi. Bu yangi tuzilmalar yoshlarni sportga moyillikni oshirdi va hatto o‘smirlar o‘rtasida spirtli ichimliklar va tamaki isteʼmolining kamayishiga olib keladi[15].

2016-yilgi Yevropa chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islandiya 2015-yilda 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichining A guruhida ikkinchi oʻrinni egallagan. Guruh bosqichida ikkita oʻyinda magʻlub boʻlgan. 2014-yilgi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan Gollandiyani ikki marta magʻlub etib 2016-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi[16]. Saralash bosqichidagi natijalardan soʻng terma jamoa FIFAning Jahon reytingida 23-oʻrinni egalladi. Bu Islandiya milliy futbol terma jamoasi tarixidagi enga yaxshi natija boʻldi. Islandiya final turnirida Portugaliya, Vengriya va Avstriya bilan bir guruhdan joy oldi.

2016-yilgi Yevropa chempionati final oʻyinlarida Islandiya Portugaliya va Vengriyaga qarshi guruh bosqichining dastlabki ikki uchrashuvida 1:1 hisobida durang qayd etdi. Keyin ular Avstriyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, o‘z guruhidan chiqdi. Islandiya 1/8 finalda Angliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng turnirning chorak finaliga yo‘llanma oldi. Bu natijadan keyin Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Hodgsonning sharmandalarcha isteʼfoga chiqishiga sabab bo‘ldi. Biroq, ular chorak finalda mezbon Fransiya terma jamoasi tomonidan magʻlub etildi. Oʻyin 5:2 hisobida yakunlangan[17][18].

2018-yilgi Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islandiya 2017-yil 9-oktyabr kuni Kosovo terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Ushbu natijadan soʻng terma jamoa ilk bor 2018-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi[19]. Bu natija bilan, ular final bosqichiga chiqqan eng kam aholiga ega mamlakatga aylandi. Islandiya koʻpchilik tomonidan „oʻlim guruhi“ deb hisoblangan guruhdan joy oldi. Guruhda Xorvatiya, Argentina va Nigeriya terma jamoalari bor edi[20]. Dastlabki oʻyinda Argentina milliy futbol terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang qayd etildi. Biroq keyingi oʻyinda Nigeriyaga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi. Shundan soʻng guruhdan chiqish imkoniyatlari yomonlashdi. Islandiya guruhdagi soʻnggi oʻyinida Xorvatiyaga magʻlub boʻldi. Argentina Nigeriya ustidan gʻalaba qozongani uchun Islandiya bir ball bilan guruhda oxirgi oʻrinni egalladi.[21][22][23]

2018-yilgi Jahon chempionati (Islandiya jamoasi.

2018—2019-yigi UEFA Millatlar ligasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilgi Yevropa chempionati va 2018-yilgi Jahon chempionatidan soʻng Islandiya 2020-yilgi Yevropa chempionatiga chiqolmadi. Biroq, jamoa yangi musobaqa Millatlar Ligasida ishtirok etdi. Guruhda Shveysariya va Belgiya bilan A ligasining 2-guruhidan joy olgan. Islandiya terma jamoasi guruhda oxirgi oʻrinni egalladi. UEFAning qaroriga koʻra Islandiya 2020—2021-yilgi mavsum uchun ham B ligasida ishtirok etadigan boʻldi.

2020-yilgi Yevropa chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islandiya terma jamoasi Jahon chempionlari Fransiya, Turkiya, Albaniya, Andorra va Moldova bilan 2020-yilgi Yevropa chempionati saralashining H guruhidan joy oldi. Ular safarda koʻp magʻlubiyatga uchradi (Shveytsariyaga qarshi 0-6). Guruhning oxirgi uchta oʻyinda magʻlub boʻlishdi. Albaniyaga qarshi safarda yirik magʻlubiyat qayd etildi (4-2). Biroq, ular turklardan 6 balldan 4 ball qoʻlga kiritdi va guruh bosqichida Turkiyadan magʻlubiyatga uchramagan yagona jamoa boʻldi. Yakuniy natijalarga koʻra jamoa 19 ball bilan Turkiya va Fransiyadan keyin uchinchi o‘rinni egalladi[24].

2022-yilgi Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islandiya 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichini magʻlubiyatlar bilan boshladi. Jumladan, turnir boshida Germaniyaga 0:3 hisobida va Armanistonga 0:2 hisobda magʻlub boʻldi. Keyingi oʻyinda Lixtenshteyn ustidan 4:1 hisobidagi gʻalaba qozondi[25][26]. Keyingi oʻyinlarda Ruminiya va Germaniyani magʻlub etildi. Ammo navbatdagi oʻyinlarda ketma-ket magʻlubiyatlar sababli 9 ball bilan jahon chempionati saralashini 5-oʻrinda yakunladi[27]. 2020-yilgi Jahon chempionati saralash bahslaridagi natijalar bir qancha omillarga bogʻliq edi. Jumladan jamoa tarkibida yosh oʻyinchilar kam edi va OAVdagi bir qancha jinsiy zoʻravonliklar haqidagi xabarlar jamoa ruhiyatiga taʼsir qilgan

Milliy terma jamoa uy ranglari sifatida koʻkdan, ikkinchi rang sifatida oqdan foydalanadi. Uularning tepasida mahalliy folklorida keltirilgan Islandiyaning toʻrtta "qoʻriqchi ruhi " (Landvættir) tasvirlangan. Shuningdek, dev, ajdaho, buqa va burgut ham bor. Jamoa gerbi 2020-yilda qabul qilingan va Reykyavikdagi Bradenburg firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ilgari jamoa Islandiya futbol assotsiatsiyasining islandcha (KSI) qisqartmasidan iborat qalqon koʻrinishidagi ramzni oʻz ichiga olgan jamoa gerbidan foydalngan[28][29].

Islandiya muxlislari 2010-yillarning oʻrtalarida Viking Thunder Clap qoʻshigʻini qoʻllash bilan mashhur boʻldi. Bu qoʻshiqda muxlislar qoʻllarini boshlari uzra qarsak chalib, „ha!“ deb baqirishadi. Bu anʼana Shotlandiyaning „Motherwell FC“ klubidan kelib chiqqan[30].

Jamoa formasini ishlab chiqaruvchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy toʻplam 2020-yildan beri Germaniyaning Puma sport ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Undan oldin toʻplamni yetkazib beruvchilar Umbro (1975), Adidas (1976-1992), ABM (1992-1996), Reusch (1996-2001) va Errea (2002-2020) kabi kompaniyalar boʻlgan.

Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birkir Bjarnason Islandiya terma jamoasi tarixida 113 ta o‘yin o‘tkazgan.
Daraja Futbolchi Ishtirok Gollar Faoliyati
1 Birkir Bjarnason 113 15 2010-hozir
2 Rúnar Kristinsson 104 3 1987-2004
3 Birkir Már Sævarsson 103 3 2007-2021
4 Aron Einar Gunnarsson 100 2 2008-hozir
5 Ragnar Sigurðsson 97 5 2007-2020
6 Kári Árnason 90 6 2005-2021
7 Hermann Hreiðarsson 89 5 1996-2011
8 Eiður Guðjohnsen 88 26 1996-2016
9 Ari Freyr Skúlason 83 0 2009-2021
10 Jóhann Berg Guðmundsson 82 8 2008-hozir

Eng yaxshi toʻpurarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daraja Futbolchi Gollar Ishtirok Nisbat Faoliyati
1 Kolbeinn Sigþórsson 26 64 0.41 2010-hozir
Eiður Guðjohnsen 26 88 0.3 1996-2016
3 Gylfi Sigurðsson 25 78 0.32 2010-hozir
4 Ríkharður Jónsson 17 33 0.52 1947-1965
5 Alfreð Finnbogason 15 63 0.24 2010-hozir
Birkir Bjarnason 15 113 0.13 2010-hozir
7 Ríkharður Daðason 14 44 0.32 1991-2004
Arnór Guðjohnsen 14 73 0.19 1979-1997
9 Þórður Guðjónsson 13 58 0.22 1993-2004
10 Tryggvi Guðmundsson 12 42 0.29 1997-2008
Heiðar Helguson 12 55 0.22 1999-2011

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]
0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1DA Rúnar Alex Rúnarsson 18-fevral 1995-yil (1995-02-18) (29 yosh) 20 0  TUR Alanyaspor
1DA Elías Rafn Ólafsson 11-mart 2000-yil (2000-03-11) (24 yosh) 4 0  DEN Midtjylland
1DA Patrik Gunnarsson 15-noyabr 2000-yil (2000-11-15) (24 yosh) 2 0  NOR Viking
2HM Aron Gunnarsson (Captain) 22-aprel 1989-yil (1989-04-22) (35 yosh) 100 2  QAT Al-Arabi
2HM Hörður Björgvin Magnússon 11-fevral 1993-yil (1993-02-11) (31 yosh) 44 2  GRE Panathinaikos
2HM Sverrir Ingi Ingason 5-avgust 1993-yil (1993-08-05) (31 yosh) 40 3  GRE PAOK
2HM Alfons Sampsted 6-aprel 1998-yil (1998-04-06) (26 yosh) 14 0  NOR Bodø/Glimt
2HM Daníel Leó Grétarsson 2-oktyabr 1995-yil (1995-10-02) (29 yosh) 12 0  POL Śląsk Wrocław
2HM Davíð Kristján Ólafsson 15-may 1995-yil (1995-05-15) (29 yosh) 11 0  SWE Kalmar
2HM Valgeir Lunddal Friðriksson 24-sentyabr 2001-yil (2001-09-24) (23 yosh) 4 0  SWE Häcken
3YH Birkir Bjarnason (vice-captain) 27-may 1988-yil (1988-05-27) (36 yosh) 113 15  TUR Adana Demirspor
3YH Jóhann Berg Guðmundsson 27-oktyabr 1990-yil (1990-10-27) (34 yosh) 82 8  ENG Burnley
3YH Arnór Sigurðsson 15-may 1999-yil (1999-05-15) (25 yosh) 25 2  SWE Norrköping
3YH Jón Dagur Þorsteinsson 26-noyabr 1998-yil (1998-11-26) (26 yosh) 24 4  BEL OH Leuven
3YH Mikael Anderson 1-iyul 1998-yil (1998-07-01) (26 yosh) 18 2  DEN AGF
3YH Aron Elís Þrándarson 10-noyabr 1994-yil (1994-11-10) (30 yosh) 17 1  DEN OB
3YH Ísak Bergmann Jóhannesson 23-mart 2003-yil (2003-03-23) (21 yosh) 17 3  DEN Copenhagen
3YH Þórir Jóhann Helgason 28-sentyabr 2000-yil (2000-09-28) (24 yosh) 16 2  ITA Lecce
3YH Stefán Teitur Þórðarson 16-oktyabr 1998-yil (1998-10-16) (26 yosh) 15 1  DEN Silkeborg
3YH Mikael Egill Ellertsson 11-mart 2002-yil (2002-03-11) (22 yosh) 10 0  ITA Spezia
3YH Hákon Arnar Haraldsson 10-aprel 2003-yil (2003-04-10) (21 yosh) 7 0  DEN Copenhagen
4HJ Sveinn Aron Guðjohnsen 12-may 1998-yil (1998-05-12) (26 yosh) 17 1  SWE Elfsborg
4HJ Andri Guðjohnsen 29-yanvar 2002-yil (2002-01-29) (22 yosh) 12 2  SWE Norrköping

FIFA reytingi tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba:[31]

1992 1993 1994 1995 1996 1997 1998 1999 2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
46 47 39 50 60 72 64 43 50 52 58 58 93 94 93 90 83 92 112 104 90 49 33 36 21 22 37 39 46 62
  1. „Åge Hareide nýr þjálfari A landsliðs karla“ (is). KSÍ (2023-yil 14-aprel). 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  2. „The FIFA/Coca-Cola World Ranking“. FIFA (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
  3. Courtney, Barrie „Faroe Islands – List of International Matches“. RSSSF (2008-yil 16-may). 2022-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-noyabr.
  4. Nygård, Jostein „International matches of Iceland“. RSSSF (2008-yil 16-may). 2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-noyabr.
  5. Nygård, Jostein „International matches of Iceland“. RSSSF (2008-yil 16-may). 2022-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-oktyabr.
  6. „Iceland become smallest nation ever to qualify for World Cup finals“. The Guardian (2017-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 10-oktyabr.
  7. „Lionel Messi penalty saved by Halldórsson as Iceland hold Argentina“. The Guardian (2018-yil 16-iyun). Qaraldi: 2019-yil 19-oktyabr.
  8. „Iceland bow out of World Cup after defeat by Croatia in final group game“. The Guardian (2018-yil 26-iyun). Qaraldi: 2019-yil 19-oktyabr.
  9. „Icelandic Premier League – Úrvalsdeild / Pepsi-deildin (Review)“. Blog.fieldoo.com/ (2014-yil 19-mart). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  10. „Iceland – Member associations“. Uefa.org (2016-yil 20-may). 2016-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  11. „Greenland Cups 1980-84“. www.rsssf.com. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  12. Allied Newspapers Ltd. „An Icelandic summer“. Timesofmalta.com (2014-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  13. „BBC SPORT | Football | Euro 2004 | Euro 2004 Qualifying Group Five“. BBC News (2003-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  14. „BBC SPORT | Football | Internationals | Germany reach Euro 2004“. BBC News (2003-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  15. „L'Islande, tout sauf un miracle“. lequipe.fr. 2017-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  16. Motez Bishara. „Euro 2016: Iceland's incredible rise to Europe's top - CNN.com“. Edition.cnn.com (2016-yil 6-iyun). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  17. Allied Newspapers Ltd. „An Icelandic summer“. timesofmalta.com. Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  18. Gonzalez, Roger „FIFA rankings: Argentina No. 1, USA below Iceland, Mexico, Algeria“. CBSSports.com (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  19. Ough, Tom. „Iceland 2–1 Austria, Euro 2016: Rearguard action and late winner set up England tie for competition's smallest nation“. Telegraph (2016-yil 22-iyun). 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  20. Wallace, Sam. „England 1 Iceland 2, Euro 2016 – Humiliation as Joe Hart clanger sees Roy Hodgson's men crash out in Nice“. Telegraph (2016-yil 27-iyun). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  21. FIFA.com „2018 FIFA World Cup Russia™ - Matches - Iceland - Croatia - FIFA.com“ (en-GB). www.fifa.com. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-iyun.
  22. „World Cup 2018: Iceland out after defeat by group winners Croatia“ (en-GB). BBC Sport (2018-yil 26-iyun). Qaraldi: 2018-yil 28-iyun.
  23. Smyth, Rob. „France 5–2 Iceland: Euro 2016 quarter-final – as it happened“. The Guardian (2016-yil 3-iyul). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  24. „Euro 2020 play-offs: Hungary fightback stuns Iceland, North Macedonia qualify“. www.theguardian.com (2020-yil 12-noyabr).
  25. „L'Islande face à un scandale d'agression sexuelle, Sigthorsson dans le viseur“. So Foot (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  26. „Un joueur d'Everton suspecté d'abus sexuels sur mineurs“. So Foot (2021-yil 20-iyul). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  27. „Islande : démission collective à la Fédération après un scandale d'agression sexuelle, Sigthorsson dans le viseur“. L'Équipe (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  28. Steven, Rachael. „Iceland's national football team gets a new identity“. Creative Review. Qaraldi: 2020-yil 6-iyul.
  29. „Iceland's Goalkeeper-Film Director Makes Reveal Video for Bold New Crest“. Sports Illustrated. ABG-SI LLC (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2020-yil 6-iyul.
  30. West, Jenna. „What Does Iceland's Skol Viking Clap Mean?“. Sports Illustrated. ABG-SI LLC (2018-yil 15-iyun). Qaraldi: 2020-yil 6-iyul.
  31. „FIFA“.