Robert Toru Kiyosaki
Ushbu sahifani Robert Kiyosaki bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Robert Kiyosaki | |
---|---|
Kiyosaki 2023-yilda | |
Tavalludi |
Robert Toru Kiyosaki 8-aprel 1947-yil |
Ijod qilgan tillari | Yapon tili va Ingliz tili |
Fuqaroligi | AQSh |
Faoliyat yillari |
1973–1994 1997–hozirga qadar |
Turmush oʻrtogʻi |
Kim Meyer (turm. 1986; ajr. 2017) |
Qarindoshlari |
Emi Kiyosaki Beth Kiyosaki John Kiyosaki |
Veb-sayti | |
richdad.com |
Robert Toru Kiyosaki (1947-yil 8-aprelda tugʻilgan) — yapon-amerikalik tadbirkor, biznesmen va yozuvchi[1]. Kiyosaki Rich Global MChJ hamda Rich Dad Company xususiy moliyaviy taʼlim kompaniyasi asoschisi boʻlib, kitoblar va videolar orqali odamlarga shaxsiy moliya va biznes taʼlimini bergan. Kompaniyaning asosiy daromadlari Kiyosaki brendidan foydalangan holda mustaqil shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan Rich Dad seminarlarining franchayzilaridan tushadi. Shuningdek, Kiyosaki kattalar va bolalarga biznes va moliyaviy tushunchalarni oʻrgatish uchun Cashflow doska va dasturiy oʻyinlar yaratuvchisi hisoblanadi[2].
Kiyosaki 26 dan ortiq kitoblar muallifi, shu jumladan, xalqaro shaxsiy moliya tomonidan nashr etilgan Boy ota Kambagʻal ota turkum kitoblari 51 tilga tarjima qilinib, dunyo boʻyicha 41 milliondan ortiq nuxsada sotilgan. Kiyosaki uning seminarlarida qatnashgan boʻlgan odamlar tomonidan qoʻzgʻatilgan sud daʼvosining sababchisi, shuningdek, CBC Canada va WTAE USA tomonidan ikkita tergov hujjatli filmining asosiy mavzusi boʻlgan[3][4]. Kiyosaki kompaniyasi Rich Global MChJ 2012-yilda bankrotlik toʻgʻrisida ariza bergan[5].
Yoshligi va oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiyosaki 1947-yilda Amerikaning Gavayi orollari Hilo shahrida, kelib chiqishi yapon oilasida dunyoga kelgan.
Biznesdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1974-yilda Kiyosaki Erhard EST seminarlarida qatnashgan va uning aytishicha, bu uning hayotini oʻzgartirgan[6][7].
1977-yilda u „Rippers“ kompaniyasini ochgan[8]. Ammo kompaniya bankrotlikka uchragan[8].
Kiyosaki 1978-yilning iyunigacha Xerox kompaniyasida sotuvchi sifatida ishlagan.
1993-yilda Kiyosaki oʻzining "Agar boy va baxtli boʻlishni istasangiz, maktabga bormang" nomli birinchi kitobini nashr etgan. U oʻz kitobida ota-onalarni farzandlarini kollejga yubormaslikka, buning oʻrniga koʻchmas mulk biznesiga kirishishga undagan[9].
1997-yilda Kiyosaki Cashflow Technologies, Inc.,biznes va moliyaviy taʼlim kompaniyasini[10] ishga tushirgan. U Rich Dad va Cashflow brendlariga egalik qilib, ularni boshqaradi[11].
Boshqa biznes va investitsiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiyosakining oldingi ikkita korxonasi (Velcro mahkamlagichlari va futbolkalari boʻlgan sumkalar uchun) bankrot boʻldi[12]. CBC telekanaliga bergan intervyusida Kiyosaki oʻzining kitoblarini qimmatroq seminarlari uchun reklama sifatida taʼriflagan. 2012-yilda Kiyosakining „Rich Global LLC“ kompaniyasi bankrotlik toʻgʻrisida ariza bergan va The Learning Annex hamda uning asoschisiga qariyb 24 million dollar toʻlashga majbur boʻlgan[13][14].
Biznes va moliyaviy maslahat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiyosaki oʻzi toʻliq yoki qisman egalik qiladigan bir qator kompaniyalar orqali va uning nomidan haq evaziga foydalanishga ruxsat berilgan boshqa kompaniyalar bilan franchayzi kelishuvlari orqati ish yuritadi[15]. Bularga Rich Dad MChJ, Whitney Information Network, Rich Dad Education va Rich Dad Academy kabi kompaniyalari kiradi[16].
Kiyosakining moliyaviy va biznes taʼlimotlari „moliyaviy taʼlim“ nomi ostidagi koʻchmas mulk investitsiyalari, bizneslar, aksiyalar va tovarlar kabi biznes va investitsiya imkoniyatlariga eʼtibor qaratish orqali passiv daromad olish, bunday investitsiyalar orqali yolgʻizlikda haqiqiy moliyaviy mustaqillikka erishishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻqitish uslubiga asoslangan[17][18].
Kiyosaki „aktivlar“ atamasini choʻntakka pul keltiradigan narsalar nisbatan ishlatadi[19]. U naqd pulni tejash yoki anʼanaviy ishdan ish haqiga koʻnikib yashash oʻrniga oʻz majburiyatlarini moliyalashtirish uchun, avvalo, aktiv yaratish muhimligini taʼkidlaydi[20].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kiyosaki 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni maʼqullagan va qoʻllab-quvvatlagan[21]. Kiyosaki avvalroq Tramp bilan birgalikda ikkita kitob muallifi boʻlgan[22].
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilda Kanada radioeshittirish korporatsiyasi Kanadadagi Kiyosaki kompaniyasi tomonidan seminarlar niqobi ostida davom etayotgan firibgarliklarini fosh qilgan[23]. „Boy ota“ seminari tashkilotchilarining muvaffaqiyat daʼvolarini kuzatib, bu daʼvolarning yolgʻon ekanini aniqlaganlar. Seminar oʻqituvchilari tomonidan „muvaffaqiyatli“ deb targʻib qilinayotgan treylerlar va treyler parklariga investitsiyalar, aslida, yaroqsiz taqir yerlar ekanligi aniqlangan.
Kiyosaki maslahatlarida latifalarga alohida urgʻu bergani va oʻquvchilarning qanday davom etishi yoki foydalanishi haqida aniq maslahatlar yoʻqligi sababli tanqid qilingan[24].
2006-2007-yillarda Kiyosakining „Rich Dad“ seminarlarida koʻchmas mulkning narxlari tushishidan oldin bunday yerlarni yaxshi investitsiya sifatida targʻib qilish davom ettirilgan[25].
2010-yilda CBS Newsdan Allan Roth Rich Dadning bepul seminarlaridan birida qatnashganida nima sodir boʻlganini hujjatlashtirdi va qoʻllangan baʼzi taktikalarni tahlil qilgan[26]. Uning Kanadadagi seminarlari boʻyicha Bozor ekspozitsiyasi 450 dollarlik seminarlarda nima sodir boʻlganini yashirin kamera orqali, shu jumladan, Kiyosakining ularga javobini koʻrsatgan[27].
Kitoblar muallifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rich Dad Poor Dad – What the Rich Teach Their Kids About Money – That the Poor and Middle Class Do Not! (first published in 1997) Warner Business Books. ISBN 0-446-67745-0.
- Cashflow Quadrant: Rich Dad’s Guide to Financial Freedom (2000). ISBN 0-446-67747-7.
- Rich Dad’s Guide to Investing: What the Rich Invest in, That the Poor and the Middle Class Do Not! (2000). ISBN 0-446-67746-9.
- The Business School for People Who Like Helping People (March 2001). ISBN 99922-67-42-9 – endorses multi-level marketing
- Rich Dad’s Rich Kid, Smart Kid: Giving Your Children a Financial Headstart (2001). ISBN 0-446-67748-5.
- Rich Dad’s Retire Young, Retire Rich (2002). ISBN 0-446-67843-0.
- Rich Dad’s Prophecy: Why the Biggest Stock Market Crash in History Is Still Coming… and How You Can Prepare Yourself and Profit from It! (2002). Warner Books. ISBN 0-641-62241-4.
- Rich Dad’s The Business School: For People Who Like Helping People (2003) ISBN 979-686-729-X.
- Rich Dad’s Who Took My Money?: Why Slow Investors Lose and Fast Money Wins! (2004) ISBN 0-446-69182-8.
- Rich Dad, Poor Dad for Teens: The Secrets About Money – That You Donʼt Learn in School! (2004) ISBN 0-446-69321-9.
- Rich Dad’s Before You Quit Your Job: 10 Real-Life Lessons Every Entrepreneur Should Know About Building a Multimillion-Dollar Business (2005). ISBN 0-446-69637-4.
- Why We Want You to Be Rich: Two Men, One Message (2006) co-written with Donald Trump ISBN 1-933914-02-5.
- Rich Dad’s Increase Your Financial IQ: Get Smarter with Your Money (2008). ISBN 0-446-50936-1.
- Rich Dad’s Conspiracy of the Rich: The 8 New Rules of Money (2009). ISBN 0-446-55980-6
- The Real Book of Real Estate: Real Experts. Real Stories. Real Life. (2009) ISBN 1-4587-7250-0.
- An Unfair Advantage: The Power of Financial Education (2011). ISBN 1-61268-010-0.
- Midas Touch: Why Some Entrepreneurs Get Rich And Why Most Donʼt (2011), co-written with Donald Trump ISBN 1-61268-095-X.
- Why 'Aʼ Students Work for 'C' Students and Why 'B' Students Work for the Government: Rich Dad’s Guide to Financial Education for Parents (2013). ISBN 978-1-61268-076-7.
- The Business of the 21st Century (2010), co-written with John Fleming and Kim Kiyosaki ISBN 81-8322-260-9.
- Second Chance: for Your Money, Your Life and Our World (2015) ISBN 978-1-61268-046-0
- 8 Lessons in Military Leadership for Entrepreneurs: How Military Values and Experience Can Shape Business and Life (2015) ISBN 978-1-4915-8387-6
- Why the Rich are Getting Richer: What is Financial Education…Really? (2017) ISBN 978-1-61268-088-0
- FAKE: Fake Money, Fake Teachers, Fake Assets: How Lies Are Making the Poor and Middle Class Poorer (2019) ISBN 978-1-61268-084-2
- Who Stole My Pension?: How You Can Stop The Looting (2020) ISBN 978-1-61268-103-0
- Capitalist Manifesto: Money for Nothing – Gold, Silver, and Bitcoin For Free. (2022) ISBN 978-161268-114-6
- Ravens: How To Prepare For And Profit From The Turbulent Times Ahead. (2023) ISBN 978-161268-100-9
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Marketwatch - Rich dad's seminar's deceptive marketplace“. CBC. 2023-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-noyabr.
- ↑ „Road to rich dad“. www.cbc.ca. Canadian broadcasting coprporation. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
- ↑ Olen, Helaine. „This Legal Dispute Says Everything About the Shadiness of Personal Finance Gurus“. Slate.com (2016-yil 11-fevral). Qaraldi: 2018-yil 18-iyul.
- ↑ „'Rich Dad' author's seminars cost thousands, but not everyone gets rich“. WTAE Pittsburgh (2013-yil 9-may). Qaraldi: 2018-yil 18-iyul.
- ↑ Kim, Susanna. „'Rich Dad, Poor Dad' Author Files for Bankruptcy for His Company“. ABC news (2012-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 18-iyul.
- ↑ Kioysaki, Robert. „Why was RD Created“. Rich Dad. Qaraldi: 2016-yil 10-yanvar.
- ↑ „What Are You Working For - A Financial Education or a Job?“. Rich Dad Blog. Qaraldi: 2015-yil 6-may.
- ↑ 8,0 8,1 Youn, Jacy. „Robert Kiyosaki“. Hawaii Business. 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-aprel.
- ↑ Kiyosaki, Robert. If You Want to Be Rich & Happy Don't Go to School: Ensuring Lifetime Security for Yourself and Your Children, 2, Aslan publications, 1 April 1993. ISBN 978-0-944031-38-4.
- ↑ „Entity Details – Secretary of State, Nevada“. Nvsos.gov. Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
- ↑ „Trademark Electronic Search System: RICH DAD“. Tess2.uspto.gov. 2013-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
- ↑ Interview with Robert Kiyosaki. CNN Money (2015-yil 1-iyul).
- ↑ „Robert Kiyosaki files for bankruptcy, again“. ABC News (2012-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 13-noyabr.
- ↑ Roth. „Rich Dad, Poor Dad's bankrupt company“. CBS News (2013-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.
- ↑ Jaffe, Chuck. „'Teach Me to Trade' seminar is a lesson in futility“. Market Watch (2006-yil 10-fevral). Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
- ↑ Jaffe, Chuck. „'Rich Dad Academy' a poor choice for investors“. Market Watch (2017-yil 13-iyul). Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
- ↑ Yardney. „Do Robert Kiyosaki's "Rich Dad Poor Dad" lessons still apply? Here's what I learned from my interview with him“. Property Update (2022-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 5-yanvar.
- ↑ Silva. „Robert Kiyosaki - Everything You Need to Know“ (en). SmartAsset (2022-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 5-yanvar.
- ↑ Kiyosaki. „Dear Millennials, Experiences Are Still Liabilities“ (2016-yil 18-oktyabr).
- ↑ Chris Schnabel. „Robert Kiyosaki: Traditional school is useless“. Rappler (2015-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 19-yanvar.
- ↑ Kiyosaki, Robert. „Why America Needs Donald Trump“. Jetset Magazine (2015-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.
- ↑ Trump, Donald. Why we want you to be rich : two men, one message. Rich Press Distributed by Publishers Group West, 2006. ISBN 978-1-933914-02-2. OCLC 71305016.
- ↑ „Road to Rich Dad: Who's getting rich off Rich Dad?“. Marketplace. CBC (2010-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 31-yanvar.
- ↑ Sing, Terrence. „Writer ignores critics of his self-help success“ (2003-yil 13-iyul).
- ↑ Jaffe. „Stupid Investment of the Week“. www.marketwatch.com. Marketwatch. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
- ↑ „Rich Dad Education - The Ultimate Emotional Investment“. CBS News (2010-yil 4-mart). Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
- ↑ „Road to rich dad“. www.cbc.ca. Canadian broadcasting coprporation. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vikiomborda Robert Kiyosaki mavzusiga oid fayllar bor
- Vikiiqtibosdagi Robert Toru Kiyosaki bilan bogʻliq iqtiboslar
- Rasmiy sayti
- Robert Kiyosaki IMDbda
- Robert Kiyosaki Net Worth[sayt ishlamaydi] at Rich People Net Worth